• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Daryo” oqshomi: Jahon bo‘ylab ship-shiydam bo‘layotgan do‘konlar, dunyoning 85 mamlakatiga tarqalgan infeksiya. Koronavirus bo‘yicha 6-martning asosiy xabarlari

    Jahon bo‘yicha koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 100 ming kishiga yaqinlashdi, vafot etganlar esa 3 mingdan oshdi. Xitoy koronavirusi bo‘yicha 6-martning asosiy xabarlari.

    Kasallanganlar va vafot etganlar

    Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra, 6-mart, juma kuni, Xitoyda koronavirusga chalingan 143 kishi qayd etilib, kasallik oqibatida vafot etayotganlar soni esa 30 kishigacha kamaygan. Umumiy hisobda Xitoyda 80 552 kishida koronavirus aniqlangan. Mamlakat bo‘ylab kasallik oqibatida vafot etganlarning umumiy soni 3042 kishini tashkil etmoqda.

    Xitoyda koronavirusdan davolanishga muvaffaq bo‘lganlar soni 53 726 kishiga yetib, ularga shifoxonadan javob berilgani haqida xabar berildi.

    Foto: Getty Images

    South China Morning Post’ning ma’lumotlariga ko‘ra, jahonning boshqa davlatlarida 2098 kishida koronavirus aniqlanib, kasallikni yuqtirib olganlarning jami soni 99 805 mingdan oshib ketdi.

    Koronavirus Xitoydan tashqari dunyoning 85 mamlakatida tarqalgan, yuqtirib olganlar soni esa 14,7 ming kishidan oshib ketdi.

    O‘qishni qat’iy tavsiya qilamiz: Tomoshabinlarsiz o‘tgan konsert, fermerga qo‘ng‘iroq qilgan Mirziyoyev, vertolyotda uchgan bug‘ular

    Buyuk Britaniyada koronavirus bilan kasallangan bemorlar soni 115 nafardan oshgan. Mamlakatda birinchi o‘lim holati qayd etildi.

    So‘nggi bir kun ichida Italiyada koronavirus qurbonlari soni 148 kishiga yetdi. 5-mart holatiga ko‘ra, mamlakatda umumiy hisobda 3 296 kishi kasallangan. Shuningdek, Vatikanda ilk marta koronavirus bilan kasallanish holati aniqlandi.

    Foto: Unian

    Fransiyada deputat koronavirusga chalindi. U og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi. Ma’lum bo‘lishicha, Jan-Lyuk Reytser 25-fevral kuni o‘tkazilgan parlament yig‘ilishida bo‘lgan. Kasallik parlament bufeti xodimida aniqlangan. U uy karantinida saqlanmoqda.

    O‘zbekistondagi vaziyat

    O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari koronavirus tufayli 15-martdan ta’tilga chiqishi haqidagi xabarga aniqlik kiritildi. Qayd etilishicha, o‘quvchilar o‘tgan yillarda bo‘lganidek 21-mart kunidan navbatdagi ta’tilga chiqadi. Ta’til yetti kun davom etadi.

    Sog‘liqni saqlash vazirligi Vazirlar Mahkamasida bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov boshchiligida mamlakatga koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi a’zolari ishtirokida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgani haqida xabar berdi.

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, “Yuksalish“ umummilliy harakati raisining o‘rinbosari Bobur Bekmurodov koronavirus xavfining oshib borayotgani sababli O‘zbekistondan tibbiy niqoblarni eksport qilishni taqiqlashni taklif qildi. “Ortiqcha vahimaga hojat yo‘q, lekin yangi koronavirus bilan kasallanish holatlari 70 dan ziyod davlatda tasdiqlandi va kasallanganlar soni 100 mingga yaqinlashib qoldi. Globalizatsiya sharoitida virusdan izolyatsiyada qolish imkoniyati mavjud emasligi tobora oydinlashib bormoqda”, — deb yozadi deputat.

    Foto: “Daryo”

    O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi 1-martdan boshlab Tehron shahridagi O‘zbekiston elchixonasi huzurida ishchi guruh tuzilgani, u Eronda koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqarorlashguniga qadar tun-u kun faoliyat yuritishini ma’lum qildi. Eronda ayni paytda 50 nafar O‘zbekiston fuqarosi bor.

    Shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi Italiyaning Rim shahridagi elchixonasi huzurida operativ shtab tuzilgani haqida xabar berdi. 6-mart, juma kuni, ertalabki holatga ko‘ra, Italiyada O‘zbekiston fuqarolari orasida koronavirus yuqtirganlar qayd etilmagan.

    Foto: “RIA Novosti”

    “O‘zbekiston pochtasi” koronavirus sabab Xitoydan pochta jo‘natmalari kechikib kelishidan ogohlantirdi. Kechikishlarga asosan ushbu davlat bilan havo transporti parvozlarining vaqtincha to‘xtatilishi sabab bo‘layotganligi aytilmoqda.

    Turoperatorlar koronavirus tufayli O‘zbekistonda soliq ta’tili e’lon qilishni taklif qildi.

    Jahondagi vaziyat

    O‘qishni qat’iy tavsiya qilamiz: Iqtisodiyot, siyosat va koronavirus: Xitoyning muvozanati buzilyaptimi?

    Rossiyalik siyosatshunos, Yaqin Sharq bo‘yicha ekspert Mixail Magid “Daryo” uchun tayyorlagan maqolasida bu haqda fikr yuritadi.

    Saudiya Arabistoni podshohligi koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida mamlakat fuqarolari va doimiy istiqomat qiluvchi xorijliklar (rezidentlar)ga ham Umra amalini taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilgani haqida xabar berilgandi.

    Foto: AFP

    Shu munosabat bilan Ka’ba tavof etiladigan asosiy maydonga ziyoratchilarning kirishi cheklangan. Cheklov Umraga ruxsat berilguniga qadar amalda bo‘lishi aytilmoqda.

    Tojikistonda koronavirus sababli masjidlar yopilgani, maktablar esa yopilmagani sababi tushuntirildi. 4-mart, chorshanba kuni, Tojikiston ulamolari kengashi imom-xatiblarga masjidlarda jamoat namozlarini vaqtincha o‘tkazmaslik tavsiyasi bilan murojaat qilgan. Shundan keyin respublikadagi barcha masjidlar yopilgan.

    Foto: Sputnik

    Falastin prezidenti koronavirus tufayli mamlakatda favqulodda holat e’lon qildi.

    Moskva meri Sergey Sobyanin tegishli qaror bilan shaharda koronavirus tarqalishi xavfi sabab yuqori shaylik rejimini joriy etdi. Qarorda ko‘rsatilishicha, Xitoy, Janubiy Koreya, Italiya, Eron, Fransiya, Germaniya va Ispaniyaga borib-qaytgan fuqarolar 14 kun davomida o‘zlarini uy sharoitida mustaqil izolyatsiya qilishi kerak — ishga, o‘qishga va jamoat joylariga borishdan tiyilishlari lozim.

    Foto: “RIA Novosti”

    Sankt-Peterburgdagi Mechnikov nomidagi davlat tibbiyot universitetining 700 nafardan ortiq talabasi karantinga olindi. Bunga italiyalik talabada koronavirus kuzatilgani sabab bo‘lgan. Universitet prorektorining so‘zlariga ko‘ra, talabaning isitmasi ko‘tarilgach, ma’muriyat tezkor choralarni ko‘rgan va italiyalik talaba kasalxonaga yotqizilgan. “Shundan keyin ‘Rosbotrebnadzor’ karantin chora-tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi va biz kechadan boshlab barcha ishlarni amalga oshirdik. Karantinga olingan hudud ichkarisiga odamlar kiritilmayapti”, — degan prorektor.

    Tokiodagi do‘kon, 2020-yil 1-mart.

    Tokiodagi do‘kon, 2020-yil 1-mart.
    Foto: AFP/Meduza

    Koronavirus epidemiyasi uch mingdan ortiq odamning o‘limiga, fond bozorlarining qulashiga va chegaralarning yopilishiga sabab bo‘ldi, bundan tashqari xarid vahimasini ham keltirib chiqardi. Fevralda Osiyoda boshlangan vahima, virusning tarqalishidan kelib chiqib, asta-sekin Yevropa va Shimoliy Amerikaga ham ko‘chdi. Butun dunyo bo‘ylab odamlar mahsulot taqchiligi yuz berishidan xavotirlanib, hojatxona qog‘ozi, dezinfeksiya vositalari, dori va oziq-ovqat zaxirasini yaratib qo‘yay deb, do‘kon peshtaxtalarini bo‘shatib tashlayapti.

    Britaniyaning Flybe aviakompaniyasi koronavirus sabab inqirozga uchradi. U yiliga 8 million nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatardi.

    Foto: Yahoo News

    Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Fransiyada COVID-19 koronavirusining tarqalishi epidemiyaga aylanishi muqarrar ekanligini aytgan.

    Italiya moliyaviy gvardiyasi “Koronavirus-shop” deya ataluvchi kasallikdan himoya vositalarini sotadigan do‘konni yopdi. “Koronavirus-shop”da qimmat narxlarda virusdan himoya vositalari, jumladan, ionizatorlar, niqoblar, kombinzonlar, ko‘zoynaklar, qo‘lqop, dezinfeksiya vositalari, respiratorlar, bioqo‘shimchalar va boshqa buyumlar 1000 yevrodan sotilgan.

    Foto: Google Images

    “Inter” klubi Milan shahridagi koronavirusni o‘rganish ishlari olib borayotgan “Luiji Sakko” shifoxonasining biotibbiyot tadqiqotlar o‘tkazuvchi bo‘limiga 100 ming yevro xayriya qildi.

    06.03.2020, 20:57   Izoh (0)   99119
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qashqadaryolik 53 yoshli erkak jiyanining 3 yoshli qizini 2 mln so‘mga sotishga urindi

    06.03.2020, 20:19

    Shavkat Mirziyoyev harbiy xizmatga chaqirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi

    06.03.2020, 19:56

    Elyor G‘aniyev Boeing vitse-prezidenti bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    06.03.2020, 19:42

    “O‘zbekiston pochtasi” koronavirus tufayli Xitoydan pochta jo‘natmalari kechikib kelishidan ogohlantirdi

    06.03.2020, 19:27

    IIV ayollar “samosud”i aks etgan videodagi voqea qayerda sodir bo‘lganini aniqladi

    06.03.2020, 18:40

    “O‘zgidromet” dam olish va bayram kunlarida qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

    06.03.2020, 18:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Real” “Borussiya D”ni mag‘lub etib, yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi (video)

    Sport | 6 iyul, 09:50

    O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘iston energetika kompaniyalari qo‘shma korxona tashkil etdi

    O‘zbekiston | 6 iyul, 09:40

    Arzon narxdagi “dacha”ga oldindan to‘lov qilmang — Ichki ishlar bosh boshqarmasi

    O‘zbekiston | 6 iyul, 08:56

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” 9 kishi bo‘lib “Bavariya”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 23:06

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.