• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.71
    • RUB160.18
    • EUR14821.7
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login

    Noqulay jurnalist. Vlad Listyev nega o‘ldirib ketilgan edi?

    1995-yilning birinchi martida Rossiyaning taniqli jurnalisti Vladislav Listyev otib ketilgan edi. “Daryo” kolumnisti Nurbek Alimov an’anaviy tarix ruknida haligacha oshkor bo‘lmagan ushbu qotillik haqida hikoya qiladi.

    90-yillarning eng dahshatli buyurtma qotilliklaridan biri sodir bo‘lganiga 25 yil bo‘ldi. Ko‘p yillar oldin Rossiya o‘zining taniqli telejurnalisti Vladislav Listyevni yo‘qotdi. Huquq-tartibot idoralarining tergov yakunlanayotgani haqida ko‘plab bayonotlariga qaramay, qotillar ham, jinoyatchilar ham hanuz topilmadi. Ish bo‘yicha da’vo muddati esa 2010-yilda tugab bo‘lgan.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Yangi TV asoschisi

    VID telekompaniyasining asoschilaridan biri, ORT bosh direktori va rus ko‘ngilochar ko‘rsatuvlarining yaratuvchisi Vladislav Listyev Rossiyada tubdan yangi televizion tasavvurni hosil qilgan shaxslardan biri edi.

    U ko‘plab televizion dasturlarning, shu jumladan, tomoshabin ekranda odatiy ko‘radigan dasturlardan tubdan farq qiladigan “Vzglyad” dasturining muallifi va boshlovchisi bo‘lgan. Kapital-shou “Pole chudes”, “Tema” va “Chas pik” tok-shoulari ham shular jumlasidandir. Listyev juda mashhur edi.

    Qotillik

    1995-yil 1-mart kuni kechqurun, “markaziy kanal” bosh direktori etib tayinlanganidan 34 kun o‘tgach, jurnalist vahshiylarcha o‘ldirildi. Listyev “Chas Pik” teledasturini suratga olishdan qaytib, Novokuznetskaya ko‘chasidagi uyining podyezdiga kirib, o‘z kvartirasiga ko‘tarila boshlaydi. Bu paytda jinoyatchilar uni zinalar orasidagi o‘tish joyida kutib turishgan. Ular to‘pponcha va avtomatlardan o‘q uzadi. Jurnalist voqea joyida vafot etdi. Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, o‘lim sababi o‘ng qo‘lning old qismini o‘q teshib o‘tishi va boshiga otilgan o‘q.

    Listyevning dafn marosimiga o‘n minglab insonlar tashrif buyurdi, 2-mart kuni mamlakatda televizion eshittirishlar to‘xtatildi – barcha kanallarda jurnalistning portreti va “Vladislav Listyev o‘ldirildi” degan so‘zlar namoyish etildi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Listyev tomonidan yaratilgan televizion dasturlar haqiqiy xalq muhabbatiga sazovor bo‘ldi. Ba’zi birlari, masalan, “Pole chudes” va “Ugaday melodiyu” dasturlari hali ham namoyish etilmoqda. Uning sharafiga Krasnodar o‘lkasi, Armavir shahridagi ko‘cha va xiyobon va hatto 4004-asteroidga nom berilgan.

    Moskva prokuraturasi Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 103-moddasi “Qasddan odam o‘ldirish” bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi va ertasi kuni jinoyatni tergov qilish uchun tezkor shtab tuzdi. Bir necha kun o‘tgach, ish Bosh prokuraturaga olib borildi – u yerda esa o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tergovchi Boris Uvarov shug‘ullandi. 1995-yil avgustda Uvarov to‘satdan Listyev ishidan chiqarib olindi – materiallar boshqa huquq-tartibot xodimiga yuborildi.

    Tergov

    Tergov davomida oligarx Boris Berezovskiy, Sergey Lisovskiy, Sergey Mixaylovlar ham so‘roq qilindi. Tergovchilar turli xil jinoiy avtoritetlarni hibsga oldi va hatto bir professional qotil aybni o‘z bo‘yniga oldi. Lekin eng qizig‘i, ularning hech biriga ayblov qo‘yilmadi.

    1996-yilda Bosh prokuratura qotillikni uyushtirishda tadbirkor Igor Dashdamirov turganini ma’lum qildi. O‘sha yilning yozida u bir necha bor hibsga olindi va so‘roq qilindi. Biroq barchasi tez tugadi. Dashdamirovdan keyin tadbirkor Sergey Mixaylovni so‘roq qilishdi - u ham natija bermadi.

    Bir necha yil o‘tdi – tergovchilar jurnalist o‘ldirilishining to‘rtta asosiy versiyasini e’lon qildi. Ular turli fitnalarga duch keldi – qamoqda 10 ga yaqin kishi Listyevning o‘ldirilganini tan oldi. Biroq tekshiruvlar ularning jinoyatda aybsiz ekanini isbotlaydi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Shuningdek, yollangan qotil Andrey Chelishyevning ushbu jinoyatni tan olgani aniqlangan, ammo u tergovchilarni asosiy versiyadan chalg‘itishga uringani ma’lum bo‘ldi. Professional qotilning soxta izidan so‘ng tergov Vladislav Listyevning o‘limi besh kishi tomonidan amalga oshirilganini aytdi, ularning orasida sobiq harbiy xizmatchilar ham bor edi – buyurtmachilar aynan ularni ishni bajaruvchilar sifatida yollagan.

    Tergov 1995-yil 1-martda voqealarini qayta tikladi. Shu kuni jinoyatchilar jurnalistni mashinada kuzatib turgan. Ulardan ikkitasi binoga jurnalistdan oldin kirgan - sheriklari ularga Listyevning kelganini aytgan. Keyinchalik qotillar chet elga - Isroil va Chexiyaga qochib ketgan.

    Rossiya Ichki ishlar vazirligi va Isroil rasmiylari o‘rtasidagi muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Oradan biroz vaqt o‘tgach, Tel-Avivda yollangan qotillardan biri Aleksandr Ageykinning jasadi topilgani ma’lum bo‘ldi. Rasmiy versiyaga ko‘ra u giyohvand moddalarning haddan tashqari ko‘p dozasidan vafot etgan.

    Yana tergov

    2001-yil boshlangan tergovning eng real versiyalaridan biri Vladislav Listyevning ORT bosh direktori sifatidagi faoliyati edi. Bir yil o‘tgach, Ichki ishlar vazirligi xodimlari tez orada jurnalistning qotillarini qo‘lga olishlarini aytdi. Keyin ular jinoyatni sodir etganlar to‘g‘risida ma’lumotga ega ekanliklarini bildirdi - o‘sha paytda huquq-tartibot idoralariga ko‘ra ular xalqaro qidiruvda bo‘lgan.

    Ishning yuzdan ortiq jildlari, 2 ming nafar guvohlar, boshqa jinoyatlarning fosh etilishi - bular 2002-yil natijalari edi. Har yili Rossiya Bosh prokuraturasi Listyevning o‘ldirilishi bo‘yicha tergov davom etayotgani to‘g‘risida xabarlar berib keldi.

    “Men tergovchilar ishlayotganini bilaman va ular vijdonan ishlamoqda, ammo ular bu ishni ochishadimi yoki yo‘qmi bir narsa deya olmayman”, degan edi 2005-yilda Bosh prokuror Vladimir Ustinov.

    2009-yil 3-aprelda prokuratura tergov qo‘mitasi Listyevning o‘ldirilishi bo‘yicha tergovni to‘xtatdi. Fojiali kundan boshlab 14 yil ichida birinchi marta bunday qaror qabul qilindi. To‘xtatib turish sababi “jinoiy javobgarlikka tortish mumkin bo‘lgan shaxsning aniq emasligi” edi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    2010-yilda Listyevning o‘ldirilishi uchun da’vo muddati tugadi. O‘sha paytda ish materiallari hajmi 200 tomdan ortiq edi.

    Biroq uch yil o‘tgach, Tergov qo‘mitasi jinoyatni tergov qilish tugallanmaganini e’lon qildi. “Ushbu ishga nuqta qo‘yishga hali juda erta, uni to‘xtatish mumkin emas. Jinoyat ishini tergov qilish to‘xtatildi, tezkor xizmatlarga buyruq berildi va muhim ma’lumotlar paydo bo‘lishi bilan tergov yana davom ettiriladi, shunda ish davom etadi”, - dedi Rossiya Federatsiyasi IIV rasmiy vakili Vladimir Markin 2013-yil 15-yanvar kuni.

    2013-yil aprel oyining boshida, Rolling Stone jurnalining muxbiri Yevgeniy Levkovich o‘zining “Snob” portalidagi blogida Birinchi kanal bosh direktori Konstantin Ernest bilan nashr etilmagan intervyusini e’lon qildi.

    Ernestning Listyevga qilingan suiqasd buyurtmachisi, 90-yillarning reklama bozoridagi yetakchilardan biri, tadbirkor Sergey Lisovskiy bo‘lgani haqidagi gaplari eng katta rezonansga sabab bo‘ldi. Keyinchalik “Exo Moskvы” gazetasining bosh muharriri Aleksey Venediktov bilan suhbatda Ernest bu ma’lumotni rad etdi.

    Ikki yil o‘tgach, 2015-yil fevral oyida Tergov qo‘mitasi vakili Markin qotillik yuzasidan tergov davom etayotganiga va huquq-tartibot idoralari xodimlari buyurtmachilarni qidirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solayotganiga yana bir bor ishontirdi.

    2015-yil mart oyida Birinchi kanal bosh direktori Konstantin Ernest Meduza bilan suhbatda Listyevning o‘ldirilishi haqida izoh berdi. “Men buni kim va nima uchun qilganini tushunaman deb o‘ylayman, ammo qonuniy dalillarim yo‘qligi sababli ayta olmayman. Ular natijaga erishdilarmi? Vaqtinchalik - ha, strategik jihatdan - yo‘q”, dedi u. Bularning barchasi hali ham “sir” sarlavhasi ostida qorong‘ulikda yashiringan.

    Listyevning vafotidan keyin VID telekompaniyasining bosh direktori lavozimini egallagan jurnalist Aleksandr Lyubimov Ozodlik radiosiga 2016-yil 1-mart kuni bergan intervyusida qotillikning buyurtmachilarini bilmasligini aytdi. “Odamlar Vladni kim o‘ldirganini bilaman deyishsa men hayron bo‘laman. Chunki bu haqiqat bo‘lsa, u holda, bu haqda gapirish kerak. Agar o‘z fikringizni, shubhalaringizni aytmasangiz, unda siz tergov idoralari ishiga qarshi chiqyapsiz. Mening ham o‘z versiyalarim bo‘lishi mumkin. Ammo ular dalilsiz”, dedi u.

    Uning ta’kidlashicha, Listyev jamoat arbobi bo‘lgani sababli, uning minglab odamlar bilan aloqalari bo‘lgan. “Shunday qilib, versiyalar ko‘payib bormoqda, ularni intellektual jihatdan tushunish va mantiqiy xulosaga kelish juda qiyin”, dedi Lyubimov.

    Tergov yana davom etishi kerak

    2020-yil 20-fevral kuni Jurnalist Aleksey Pivovarov ushbu sirli qotillikka bag‘ishlangan o‘z filmini namoyish etdi. Jurnalistlar Kseniya Sobchak, Aleksey Pivovarov va Rodion Chepel Tergov qo‘mitasi va Bosh prokuratura boshliqlari Aleksandr Bastrikin va Igor Krasnovga qo‘shma videomurojaat yozib, 1995-yil 1-martda teleboshlovchi Vladislav Listyevning o‘ldirilishi bo‘yicha tergovni davom ettirishni talab qildi.

    https://www.youtube.com/watch?v=Txv1m5GA8zU

    05.03.2020, 09:24   Izoh (0)   99999
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    USAID’ning faoliyati butunlay tugatildi

    Dunyo | 3 iyul, 09:06

    Hansi Flik “Barselona” rahbariyatiga ikki futbolchini “sotilmaydigan” deb e’lon qilgan

    Sport | 3 iyul, 09:03

    AQSH Isroilga bunkerga qarshi bombalar yetkazib bermoqchi

    Dunyo | 3 iyul, 08:34

    O‘zbekistonda avtomobil ta’miri xizmatlariga talab eng yuqori bo‘lgan hudud aniqlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 00:10

    Olimlar Fransiyada minglab dinozavr tuxumlarini topdi

    Dunyo | 2 iyul, 23:50

    Ukraina AQSH yordamisiz qancha vaqt Rossiyaga qarshi tura olishi ma’lum qilindi

    Dunyo | 2 iyul, 23:35

    JSST dunyo mamlakatlarini tamaki va alkogol narxlarini oshirishga chaqirdi

    Dunyo | 2 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 2-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 2 iyul, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.