Fitnes-bilaguzuklar va aqlli soatlar smartfon hamda simsiz quloqchinlarni ortda qoldirib, 8-martda eng ko‘p sovg‘a qilinadigan texnologik sovg‘alar bo‘ldi, deya ma’lum qildi RIA Novosti.
“Xalqaro xotin-qizlar kuniga hadya etiladigan eng texnologik sovg‘alar aqlli aksessuarlar (32 foiz) — fitnes-bilaguzuklar va aqlli soatlar bo‘ldi. Ulardan keyingi o‘rinni smartfonlar (22 foiz) va simsiz quloqchinlar (20 foiz) va robot-changyutgichlar egallamoqda”, — deyiladi erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalarida.
So‘rovnomada ishtirok etgan erkaklarning har beshinchisi, ya’ni 22 foizi 8-martga rafiqasiga gadjet sovg‘a qilishni rejalashtirmoqda.
So‘rovnomada qatnashgan erkaklarning 16 foizi esa onasi, singlisi yoki buvisiga texnika sovg‘a qilishni bildirgan.
Ushbu so‘rovnoma 25-fevraldan 2-martga qadar 15 637 nafar rossiyalik erkak o‘rtasida o‘tkazilgan.
Izoh (0)