• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12589.35
    • RUB157.64
    • EUR14656.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Daryo” oqshomi: Xitoy koronavirusni yengmoqda, dunyoda vaziyat qanday? Koronavirus bo‘yicha 4-martning asosiy xabarlari

    Xitoyda koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun qurilgan vaqtinchalik kasalxonalardan biri yopildi. Mutaxassislarga ko‘ra, Xitoy dunyo bo‘ylab vahimaga sabab bo‘lgan kasallikka qarshi kurashishda hal qiluvchi pallaga chiqib oldi, infeksiya sabab “tushib” ketgan iqtisodiy ko‘rsatkichlarini ham tiklab olishga muvaffaq bo‘ldi.

    Biroq endi koronavirus infeksiyasi Xitoydan tashqarida avj olmoqda. Yevropa mamlakatlarida kasallanganlar soni ortib bormoqda, Yaqin Sharqda esa COVID-19 bilan kurashishga harbiylar jalb qilindi.

    Kasallanganlar va vafot etganlar

    Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasining xabar berishicha, mamlakatda yangi turdagi COVID-19 koronavirusi bilan kasallangan bemorlarning qariyb 50 ming nafari davolanishga muvaffaq bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan bir sutka davomida mamlakatda virus oqibatida vafot etish bo‘yicha 38 holat qayd etilib, 119 kishi kasallikka chalingan. Shu bilan birga 2652 nafar bemorga shifoxonadan javob berilgan. Xitoy hududida koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 80 270 kishiga yetdi. Vafot etganlar soni 2981 kishini tashkil etmoqda.

    Himoya kostyumlarini kiyib olgan harbiylar Seuldagi do‘konlar joylashgan ko‘chani dezinfeksiya qilmoqda.

    Himoya kostyumlarini kiyib olgan harbiylar Seuldagi do‘konlar joylashgan ko‘chani dezinfeksiya qilmoqda.
    Foto: Reuters

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 90 870 kishiga yetgan bo‘lib, 3110 kishi virus oqibatida vafot etgan. Janubiy Koreyada 516 ta yangi holat qayd etilib, 5328 kishida koronavirus aniqlangan bo‘lsa, vafot etganlar soni 32 kishini tashkil etmoqda. Italiyada ushbu ko‘rsatkich tegishli ravishda 2502 va 79 nafarga teng. Eronda esa 2,9 ming kishida virus aniqlangan bo‘lib, 92 kishi vafot etgan. 552 kishi davolanishga muvaffaq bo‘lgan. Diamond Princess sayohat kemasini qo‘shib hisoblaganda Yaponiyada 1000 kishida koronavirus aniqlangan, vafot etganlar soni 12 kishiga yetgan.

    O‘zbekistondagi vaziyat

    O‘zbekistonda koronavirus tarqalgan 14 davlatdan kelgan fuqarolarni karantinga olish haqida qaror qabul qilindi. Karantinni buzganlar javobgarlikka tortiladi. Qarorga ko‘ra, Xitoy, Janubiy Koreya, Eron, Italiya, Afg‘oniston, Yaponiyadan to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki boshqa davlatlar orqali, bir vaqtda uyushgan holda kirib kelgan fuqarolar 14 sutkaga karantinga olinadi.

    Foto: Uzbekistan Airways

    Namangan viloyatining Uychi tumaniga bir guruh xitoyliklar kirib kelgani va do‘konlarda bemalol bozor-o‘char qilib yurgani haqida ma’lumotlar tarqaldi. Ushbu xabarlar tasdiqlanmadi, deb xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev.

    O‘qishni qat’iy tavsiya qilamiz: Namanganga kirib kelgan xitoyliklar “do‘konlarda bozor-o‘char qilib yurgani” tasdiqlanmadi

    2020-yil oxirida O‘zbekiston iqtisodiyoti koronavirus tarqalganligi tufayli Xitoy va boshqa mamlakatlar bilan manfaatli savdo munosabatlarida 960 million dollardan ko‘proq zarar ko‘rishi mumkin.

    Foto: The New York Times

    Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston budjeti bir nechta jihat bo‘yicha zarar ko‘radi. Importga qo‘shilgan soliq tushumlari kutilgan 2,9 foizni tashkil qilmay, aksincha, 1,5 foizgacha tushishi, davlat bojlari 0,4 dan 0,2 foizgacha, aksiz solig‘i esa YaIMga nisbatan hisoblaganda 0,1 dan 0,05 foizgacha tushib ketishi mumkin. 2019-yilda respublikadagi YaIM 58,3 milliard dollar bo‘lganini inobatga olib, 2020-yildagi zarar miqdori 960 million dollar (YaIMning 1,65 foizi) atrofida bo‘lishi taxmin qilingan.

    Yanvar oyida ijtimoiy tarmoqlarda banan mevalarining O‘zbekistonga Xitoydan olib kirilishi va ularda koronavirus infeksiyasi borligi haqida xabarlar tarqalgandi. Mish-mishlar ta’sirida mamlakatda banan narxi arzonlashgan. Davlat Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, fevral oyida bananlar 5,5 foizga arzonlashgan.

    O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurashish uchun Xitoyga gumanitar yordamning ikkinchi partiyasini yubordi. Unda eng zaruriy tibbiy anjomlar, xususan, bir marta qo‘llaniladigan steril qo‘lqoplar, himoyalovchi ust kiyim, niqob va boshqalar mavjud.

    Foto: Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati

    Koronavirus xavfi sabab O‘zbekistondagi o‘qituvchi va talabalarning xorijga chiqishi chegaralandi. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tegishli qarorni qabul qilgan.

    Shunigdek, O‘zbekistondagi barcha bog‘chalarda koronavirusga qarshi nazorat tardbirlari kuchaytiriladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Maktabgacha ta’lim vazirligi qo‘shma qaror qabul qilgan.

    Ijtimoiy tarmoqlarda koronavirus haqida asoslanmagan audiosi tarqalgan fuqaro Farg‘onadagi “Ruxsor” radiosining xodimi bo‘lib, u xabarni do‘stlariga hazillashib jo‘natgan. Biroq audio do‘stlari tomonidan ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yuborilgan.

    Bu esa aholi orasida vahima va turli bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Yuqoridagi xabar ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari va aholi orasida tarqalib bo‘lgach jurnalist yolg‘on xabar tarqatganligi uchun xalqimizdan uzr suradi.

    Sog‘liqni saqlash vazirligi

    Jahondagi vaziyat

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Gebreyesus koronavirusga qarshi kurashish uchun har oy 89 million tibbiy niqob zarurligini ma’lum qildi. JSST dunyo bo‘ylab kasalxonalarga har oy 76 million dona tibbiyot qo‘lqopi va 1,6 million dona himoya ko‘zoynagi kerak bo‘lishini hisoblab chiqqan.

    Shuningdek, Tedros Gebreyesus yangi turdagi koronavirusning o‘lim darajasi mavsumiy gripp o‘lim darajasi bilan taqqoslanib, COVID-19 koronovirusidan vafot etganlar 2,4 foizga yuqorilaganini ma’lum qildi.

    Butun dunyoda koronavirus qayd etilgan holatlarning 3,4 foizi o‘lim bilan yakunlangan. Taqqoslash uchun, mavsumiy gripp odatda kasallanganlarning 1 foizidan kamrog‘ining o‘limiga sabab bo‘ladi.

    Tedros Gebreyesus, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori

    AliExpress internet-maydoni xaridorlarni COVID-19 koronavirusi infeksiyasining tarqalganligi tufayli buyurtmalarni qabul qilib olishda bir oz kechikishlar bo‘lishi haqida ogohlantirdi.
    Biz sizning buyurtmangizni iloji boricha tezroq yetkazishga harakat qilamiz, ammo koronavirus tufayli kechikishlar kuzatilishi mumkin.

    AliExpress’ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari

    Kremlda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning atrofida koronavirus tarqalishining oldini olish uchun barcha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Bu haqda Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov xabar bergan. “Gap Rossiyaning istalgan fuqarosi qilishi mumkin bo‘lgan gigiyenik choralar haqida ketmoqda”, — deydi Dmitriy Peskov.

    Foto: “TASS”

    Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko Moskvaga Italiyadan qaytib kelganidan keyin koronavirus aniqlangan bemorning holati qoniqarli ekanligini ma’lum qildi. “Bu bemor o‘zini qoniqarli his qilmoqda. Vaziyat juda yaxshi”, — deb ta’kidlagan Mixail Murashko.

    Rossiya hukumati mamlakatdan tibbiyot mahsulotlarini, xususan, niqoblar, kimyoviy himoya kiyimlari va respiratorlarning olib chiqib ketilishiga vaqtincha taqiq qo‘ydi. Taqiq 2020-yilning 1-iyuniga qadar amalda bo‘ladi.

    AQSh Federal zaxira tizimi koronavirus tarqalishi va bozorlardagi pasayish munosabati bilan favqulodda choralarni ko‘rishga kirishdi. U favqulodda yig‘ilishda stavkalarni pasaytirdi. Bu 2008-yilgi jahon moliyaviy inqirozidan beri birinchi marta stavkalarning rejadan tashqari tushirilishi bo‘ldi. Pasaytirilgan foiz stavkalari moliyaviy tizimdagi stressni yengillashtirishga va investorlarning kayfiyatini yaxshilashga yordam beradi.

    Kodonyo shahrida tez yordam mashinasi oldidagi himoya kiyimlaridagi tibbiyot xodimlari.

    Kodonyo shahrida tez yordam mashinasi oldidagi himoya kiyimlaridagi tibbiyot xodimlari.
    Foto: Reuters

    Jahon banki dunyoning 60 ga yaqin davlatida tarqalgan yangi turdagi COVID-19 koronavirusiga qarshi kurashish uchun 12 milliard dollar ajratadi. Ushbu mablag‘lar sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlash, tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash va rivojlanayotgan mamlakatlarda kuzatuvni kuchaytirishga yo‘naltiriladi.

    Eron koronavirusga qarshi bir qator choralarni ko‘rmoqda. Xususan, juma namozlari bekor qilindi va Xitoy fuqarolari uchun mamlakatga kirish taqiqlandi. Bundan tashqari, Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi koronavirus bilan kurashish uchun shtab tashkil etilganini ma’lum qildi.

    Foto: “RBK”

    Ukrainada birinchi marta koronavirus bilan kasallanish holati qayd etildi. Aeroportdagi tekshiruvlar bemorda kasallik belgilarini ko‘rsatmagandi. Kasallangan erkak Ukrainaga Italiyadan Ruminiya orqali kelgan.

    Xorijiy mamlakatlar va Rossiya olimlarining tadqiqotlari natijasida koronavirusni yuqtirishga kimlar kamroq moyil ekanligini ma’lum qilindi. Tadqiqotlarga ko‘ra, Xitoyning 2019-nCoV koronavirusi bilan eng kam bolalar va o‘smirlar kasallanmoqda.

    Facebook asoschisi Mark Sukerberg ijtimoiy tarmoq fuqarolarni koronavirus epidemiyasi haqida xabardor qilish yuzasidan sog‘liqni saqlash sohasidagi xalqaro va davlat tashkilotlariga faol yordam berayotgani haqida so‘zlab berdi. Kompaniya milliy sog‘liqni saqlash vazirliklari, Jahon sog‘liqni saqash tashkiloti (JSST) va UNICEF tashkilotlariga cheklanmagan miqdorda reklama uchun joylarni taklif etmoqda.

    Mavzuga doir: Bo‘m-bo‘sh ko‘chalar, fidoyi dorixonachi, “ispan grippi” tufayli yopilgan bar. Italiyaning “qizil zonasi”dan suratlar

    Koronavirusning sportga ta’siri:
    • Fransiya sog‘liqni saqlash vaziri Olivye Veran koronavirus sabab Fransiyada futbol uchrashuvlari qoldirilishi mumkinligini ma’lum qilgan.
    • Futbol bo‘yicha Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasining 1/8 finalidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar koronavirus sabab tomoshabinlarsiz o‘tishi mumkin.
    Ispaniya sog‘liqni saqlash vazirligi Chempionlar Ligasi doirasidagi “Barselona”—“Napoli” va “Valensiya”—“Atalanta” uchrashuvlarini bo‘sh stadionda o‘tkazishni tavsiya qilgan.

    Har kuni kechqurun faqat bitta xabar jo‘natamiz. “Daryo” oqshomi — kun davomida ro‘y bergan barcha voqea-hodisalar dayjesti Telegram-kanali: @daryooqshomi

    04.03.2020, 20:36   Izoh (0)   140456
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Zulayho Mahkamova To‘raqo‘rg‘on tumaniga hokim etib tayinlandi. U O‘zbekistondagi beshinchi ayol hokim bo‘ldi

    04.03.2020, 19:03

    O‘zbekistonda 5-mart kuni qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi

    04.03.2020, 18:47

    O‘zbekistondagi barcha bog‘chalarda koronavirusga qarshi nazorat tardbirlari kuchaytiriladi

    04.03.2020, 18:17

    O‘zbekistondagi temiryo‘l vokzallariga mobil tasdiqlash uskunalari o‘rnatilishi mumkin

    04.03.2020, 17:17

    Nukus, Urganch va Xiva atrofida “yashil belbog‘” — himoya daraxtzorlari barpo etilishi mumkin

    04.03.2020, 16:34

    O‘zbekistonda voyaga yetmaganlarni hisobga qo‘yish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

    04.03.2020, 16:19
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Olimlar kuyish va yaralarni davolash uchun “suyuq” teri yaratdi

    Dunyo | 13 avgust, 00:10

    “Shtat ulkan rus merosini saqlab qolmoqda” — Alyaskaning sobiq vitse-gubernatori

    Dunyo | 12 avgust, 23:50

    Janubiy Koreya sudi sobiq prezidentning rafiqasini qamoqqa olish uchun order berdi

    Dunyo | 12 avgust, 23:40

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish bo‘yicha testlar qachon o‘tkazilishi maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 23:30

    Isroil G‘azoni bombardimon qilishni kuchaytirdi. Bir sutkada 89 kishi halok bo‘lgan

    Dunyo | 12 avgust, 23:15

    Ispaniya va Portugaliyada o‘rmon yong‘inlari avjiga chiqmoqda

    Dunyo | 12 avgust, 23:00

    Zelenskiy 22 yoshgacha bo‘lgan ukrainaliklar uchun chegaradan o‘tishni soddalashtirishni topshirdi

    Dunyo | 12 avgust, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.