• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Dehlida musulmonlar va hinduiylar o‘rtasida yuz bergan qonli to‘qnashuvlar haqida fotohikoya

    Hindiston poytaxti Dehlida 23-fevral — dushanba kunidan boshlangan to‘qnashuvlar oqibatida hafta davomida 38 kishi halok bo‘ldi. Reuters agentligi to‘qnashuvlar qanday sodir bo‘lgani, shuningdek, undan omon qolgan guvohning hikoyalarini keltirdi.

    Dehlida yuz bergan to‘qnashuvlar oqibati.

    Dehlida yuz bergan to‘qnashuvlar oqibati.
    Foto: Reuters

    Barchasi 2019-yil dekabrida Hindiston parlamenti tomonidan fuqarolik to‘g‘risidagi qonunga kiritilgan tuzatishlardan so‘ng boshlandi. Unga ko‘ra Afg‘oniston, Pokiston va Bangladesh kabi qo‘shni mamlakatlardan qochib kelgan musulmon bo‘lmagan shaxslar, agar ular o‘z vatanlarida tahqirlashlarga uchrayotgan bo‘lsa, Hindiston fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda olishi mumkin.

    Dehlida yuz bergan to‘qnashuvlar oqibati.

    Dehlida yuz bergan to‘qnashuvlar oqibati.
    Foto: Reuters

    Muxolifot vakillarining fikricha, tuzatishlar kiritilgan qonun kamsituvchi mazmunga ega, chunki mamlakat aholisi (1,3 milliard kishi)ning 10 foizdan ko‘prog‘i islom diniga e’tiqod qilayotgan bir vaqtda musulmonlarning fuqarolik olish imkoniyatlarini cheklaydi.

    24-fevral kuni Dehlida fuqarolik to‘g‘risidagi qonunni qo‘llab-quvvatlovchilar unga qarshilarga tegishli joylarni buzib tashlamoqda.

    24-fevral kuni Dehlida fuqarolik to‘g‘risidagi qonunni qo‘llab-quvvatlovchilar unga qarshilarga tegishli joylarni buzib tashlamoqda.
    Foto: Reuters

    Shundan so‘ng hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi. Dastlabki to‘qnashuvlar asosan namoyishchilar va politsiya o‘rtasida kuzatildi. Dekabrda Uttar-Pradesh shtatidagi to‘qnashuvlarda 25 kishi halok bo‘ldi. O‘tgan hafta Dehlida kuzatilgan to‘qnashuvlar esa hinduiylar va musulmonlar o‘rtasida kechdi va eng qonli to‘qnashuvlardan biriga aylandi. Bir necha kun ichida 38 kishi halok bo‘ldi, yuzlab odamlar jarohatlandi.

    Qonun tarafdorlari tomonidan kaltaklangan ayolga politsiyachi yordam bermoqda.

    Qonun tarafdorlari tomonidan kaltaklangan ayolga politsiyachi yordam bermoqda.
    Foto: Reuters

    Qonunga qarshi uni qo‘llab-quvvatlovchilar va politsiya tomon turli buyumlar uloqtirmoqda.

    Qonunga qarshi uni qo‘llab-quvvatlovchilar va politsiya tomon turli buyumlar uloqtirmoqda.
    Foto: Reuters

    Mavzuga doir: Fotoreportaj: Hindistonda musulmonlarni kamsituvchi qonun tufayli yuz bergan to‘qnashuvlar

    Temir va tayoq bilan qurollangan odamlar boshqa din vakillarining uylariga o‘t qo‘yib, mulklarini taladi. Hinduiylar va musulmonlar zich yashovchi Brijpuri okrugida masjidga o‘t qo‘yilib, dorixona vayron qilindi.

    “Politsiya ikkala tomonni ham himoya qilishi kerak edi, ammo ular faqat bir tomonga yordam berdi”, — dedi musulmon Muhammad Orif.

    To‘qnashuvlar vaqtida hujumga uchragan maktab.

    To‘qnashuvlar vaqtida hujumga uchragan maktab.
    Foto: Reuters

    Bir necha yuz kishidan iborat musulmonlar ham masjiddan uncha uzoq bo‘lmagan joydagi maktab xonalarini yoqib yubordi. Sinfxonalardan olib chiqilgan partalar tashqariga uloqtirildi.

    Maktab hovlisidagi erkak binoning shikast yetgan joylarini ko‘rsatmoqda.

    Maktab hovlisidagi erkak binoning shikast yetgan joylarini ko‘rsatmoqda.
    Foto: Reuters

    Maktab sinfxonalaridan birining doskasi va devori yorig‘idan qo‘shni xonadagi erkak ko‘rinmoqda.

    Maktab sinfxonalaridan birining doskasi va devori yorig‘idan qo‘shni xonadagi erkak ko‘rinmoqda.
    Foto: Reuters

    Hinduiyga tegishli binolardan biriga o‘t qo‘yilgandi. “Agar politsiya kelmaganida, biz tirik qolmasdik”, — dedi Sudama.

    24-fevral, dushanba kuni, 37 yoshli Muhammad Zubayr masjiddan uyga qaytayotganida olomonga duch kelgan. U yerosti yo‘li orqali qochib ketishga uringan, ammo buning uddasidan chiqa olmagan. Bir necha soniyadan so‘ng u olomon ichida boshini qo‘llari bilan berkitgan holda yerda yotardi. Hinduiylar tayoq va xipchin bilan uni savalardi. Zubayr tirik qolishiga ishonmagan.

    Olomon o‘rtasida kaltaklanayotgan Muhammad Zubayr.

    Olomon o‘rtasida kaltaklanayotgan Muhammad Zubayr.
    Foto: Reuters

    Olomon o‘rtasida kaltaklanayotgan Muhammad Zubayr.

    Olomon o‘rtasida kaltaklanayotgan Muhammad Zubayr.
    Foto: Reuters

    Zubayrning so‘zlariga ko‘ra, olomon uning ust-boshi va soqolini ko‘rib, musulmon ekanligini tushungan. U hozir Dehlining boshqa burchagidagi qarindoshining uyida davolanmoqda.

    Boshi doka bilan o‘ralgan Muhammad Zubayr.

    Boshi doka bilan o‘ralgan Muhammad Zubayr.
    Foto: Reuters

    Hindiston hukmron partiyasi “Bharatiya Janata” (BJP) vakili Pal Singh Bagganing aytishicha, muxolifot partiyalari Hindiston imijiga putur yetkazish uchun AQSh prezidenti Donald Trampning tashrifi vaqtida ataylab janjal keltirib chiqargan.

    “Bu 100 foiz oldindan rejalashtirilgan”, — dedi Bagga. U, shuningdek, BJP partiyasi zo‘ravonlikni qoralashini ma’lum qildi.

    To‘qnashuvlar vaqtida yoqib yuborilgan avtoturargohlardagi mashinalar.

    To‘qnashuvlar vaqtida yoqib yuborilgan avtoturargohlardagi mashinalar.
    Foto: Reuters

    To‘qnashuvlar vaqtida yoqib yuborilgan mashina.

    To‘qnashuvlar vaqtida yoqib yuborilgan mashina.
    Foto: Reuters

    52 yoshli hindiuy Santosh Garg ismli ayol 24-fevral kuni bo‘lgan voqealarni haligacha tushunolmayotganini aytadi.

    “Men bu yerda 35 yildan beri yashayman. Musulmon qo‘shnilarim bilan hech qachon muammo chiqmagan, ularga nisbatan ham shikoyatim bo‘lmagan. Men haligacha nima sodir bo‘lganini tushunolmayapman”, — dedi Garg.

    Ayolning uyiga musulmonlar tomonidan o‘t qo‘yilgan vaqtda u balkon orqali ikki nevarasini pastda turgan politsiyachilar qo‘liga tashlagan. O‘zi esa ayvon tomiga sakrab, yonayotgan uyidan qochgan.

    To‘qnashuvlar yuz bergan hududdagi masjid yaqinida 28-fevral, juma kuni, qo‘riqchilik qilayotgan politsiyachilar.

    To‘qnashuvlar yuz bergan hududdagi masjid yaqinida 28-fevral, juma kuni, qo‘riqchilik qilayotgan politsiyachilar.
    Foto: Reuters

    To‘qnashuvlar yuz bergan hududda juma namozini o‘qiyotgan musulmonlar.

    To‘qnashuvlar yuz bergan hududda juma namozini o‘qiyotgan musulmonlar.
    Foto: Reuters

    Bir necha yuz metr naridagi musulmonlar dahasida Rubina Bano hukumatga qarshi namoyishlar vaqtida politsiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llagani, hindiuylar esa tosh otganini yodga oladi. Homiladorlikning uchinchi oyidagi Bano ismli ayol politsiyachi tomonidan kaltaklangani, boshiga 20 ta chok tushganini aytdi.

    “Bu turli din vakillarining birga yashashini istamagan siyosatchilarning ishi”, — deydi Bano.

    Bir muddat avval Dehlida o‘tkazilgan mahalliy saylovda “Bharatiya Janata” partiyasining ba’zi vakillari katta qismini musulmonlar tashkil qiluvchi namoyishchilarni “sotqinlar” deb atagandi.

    To‘qnashuvlar yuz bergan hududdagi ochiq kanalizatsiyadan shaxsi noma’lum erkak jasadi topildi.

    To‘qnashuvlar yuz bergan hududdagi ochiq kanalizatsiyadan shaxsi noma’lum erkak jasadi topildi.
    Foto: Reuters

    Chand Bagxlik musulmon Qalam Ahmed Xonning so‘zlariga ko‘ra, politsiya to‘qnashuvlarning oldini olish uchun yetarlicha chora ko‘rmagan. “Bularning bari politsiyaning burni ostida sodir bo‘ldi”, — deydi u.

    Qurbonlar soni o‘sib boraverganidan so‘ng hukumat vaziyatni nazorat qilish uchun harbiylashtirilgan tuzilmalarni jalb etdi.

    Yonib ketgan transport vositalari oldidagi kuch tuzilmalari xodimlari.

    Yonib ketgan transport vositalari oldidagi kuch tuzilmalari xodimlari.
    Foto: Reuters

    To‘qnashuvlar yuz bergan hududda nazorat o‘rnatgan politsiyachilar.

    To‘qnashuvlar yuz bergan hududda nazorat o‘rnatgan politsiyachilar.
    Foto: Reuters

    To‘qnashuvlar yuz bergan hududda patrullik qilayotgan kuchishlatar tuzilmalar xodimlari oldidan o‘tayotgan ayol.

    To‘qnashuvlar yuz bergan hududda patrullik qilayotgan kuchishlatar tuzilmalar xodimlari oldidan o‘tayotgan ayol.
    Foto: Reuters

    Politsiya bergan ma’lumotga ko‘ra, 28-fevral kuni holatiga ko‘ra zo‘ravonliklarda ishtirok etgan 600 dan ortiq odam qo‘lga olingan.

    Musulmonlar ko‘pchilikni tashkil etuvchi Chand Baghda yashovchi 23 yoshli qiz Savitri Prasadning aytishicha, 25-fevral, seshanba kuni, uning nikoh to‘yi bo‘lishi kerak edi. Biroq shu kuni uning ko‘chasida yuz bergan to‘qnashuvlar sababli qiz to‘y ko‘ylagida bezangan holda uyida yig‘lab o‘tirgan. Oila to‘y marosimini bekor qilishga majbur bo‘lgan.

    Savitri Prasad.

    Savitri Prasad.
    Foto: Reuters

    To‘qnashuvlar 26-fevral, chorshanba kuni, sekinlashgan, biroq savdo do‘konlari yopiq bo‘lgan va odamlar to‘qnashuvlardan qo‘rqib, uyidan chiqmagan. Savitri otasining aytishicha, u kichik marosim o‘tkazishga qaror qilgan.

    Savitrining otasi Bhoday Prasadning so‘zlariga ko‘ra, musulmon qo‘shnilar uning oilasidek bo‘lib qolgan hamda u musulmonlar bilan birga ekanligidan xursand bo‘lgan. Savitri to‘y marosimi kuni uning uyiga tashrif buyurgan Reuters muxbirlariga “Mening musulmon akalarim bugun meni himoya qilmoqda” deb aytgan.

    Kelin va kuyov.

    Kelin va kuyov.
    Foto: Reuters

    Kuyov kelinnikiga kelganda hamda to‘y marosimi bo‘lib o‘tayotgan vaqtda musulmon qo‘shnilar ikki yoshga baxt tilash uchun yig‘ilgan. Hinduiy ruhoniy muqaddas she’r o‘qigan, kuyov va kelin uy ichida yoqilgan olov atrofida aylangan.

    “Biz hinduiy akalarimiz bilan tinch yashamoqdamiz. Biz ular uchun hamma narsamiz. Doim shunday bo‘lgan. Biz bu yerda ular uchun turibmiz”, — deydi uyning tashqarisida bir necha kishi bilan birga qo‘riqchilik qilib turgan Amir Malik ismli musulmon erkak.

    Al-Hind shifoxonasi.

    Al-Hind shifoxonasi.
    Foto: Reuters

    Asosan musulmonlar yashovchi Mustafoboddagi Al-Hind shifoxonasi to‘qnashuvlar markazida qoldi. Kichik kasalxona jarohatlangan bemorlarga to‘lib ketdi. Uyi yonib ketgan odamlar uchun ham shifoxona boshpana vazifasini o‘tadi.

    To‘qnashuvlar vaqtida uyini tark etgan 30 yoshli musulmon Imron Xon o‘z bolasi bilan Al-Hind shifoxonasida qolmoqda.

    To‘qnashuvlar vaqtida uyini tark etgan 30 yoshli musulmon Imron Xon o‘z bolasi bilan Al-Hind shifoxonasida qolmoqda.
    Foto: Reuters

    Dushanba va seshanba kunlari o‘nlab yaralanganlar shifoxonaga olib kelingan. 15 ta karavoti bor ikki qavatli shifoxona to‘lib ketgan. Ko‘plab dorilar va kislorod zaxiralari tugagan, ammo bemorlar kelishi to‘xtamagan.

    “Ularni davolayotganimizda hammamiz yig‘lardik. Umrimning oxirigacha bu kunlarni boshimdan chiqarib tashlolmayman. Eshiklarni yopishga majbur ham bo‘ldik, chunki ortiq odam qabul qilolmasdik”, — deydi ko‘zda yosh bilan doktor Mehroj Ikrom.

    To‘qnashuvlarda jarohatlangan erkaklarga Al-Hind shifoxonasida shifokorlar yordam ko‘rsatmoqda.

    To‘qnashuvlarda jarohatlangan erkaklarga Al-Hind shifoxonasida shifokorlar yordam ko‘rsatmoqda.
    Foto: Reuters

    “Hammasi yo‘q bo‘ldi. Bolalarimning kelajagi qanday bo‘ladi? Mening ko‘rsatadigan hujjatlarim ham yo‘q”, — dedi shifoxonada qolayotgan Irshad.

    25-fevral kuni 26 yoshli musulmon ayol Shabana Parvinni o‘z uyida homilador holiga qaramay kaltaklashgan. O‘sha kuni unda to‘lg‘oq boshlangan. Hinduiy qo‘shnisi uni xavfsiz joyga olib borgan.

    Al-Hind shifoxonasida tug‘ilgan Shabana Parvinning bolasi.

    Al-Hind shifoxonasida tug‘ilgan Shabana Parvinning bolasi.
    Foto: Reuters

    “Olomon meni uyimga bostirib keldi va tayoqlar bilan qornimga urdi. Bola tirik qoladi deb o‘ylamagandim. Qayerga borishimni bilmayman. Biz barchasini yo‘qotdik”, — deydi Parvin.

    02.03.2020, 17:05   Izoh (0)   81635
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qozog‘iston prezidenti koronavirus tufayli 8-mart konsertini bekor qildi

    02.03.2020, 14:52

    Video: Filippinda qurollangan shaxs savdo markazida 30 kishini garovga oldi

    02.03.2020, 12:30

    Janubiy Koreya KXDR tomonidan 2020-yilda birinchi marta snaryadlar otilganini ma’lum qildi

    02.03.2020, 10:51

    Turkiya Suriya qo‘shinlarining Aleppodagi aerodromiga zarba berdi

    02.03.2020, 10:35

    Bag‘doddagi “yashil hudud” raketalar zarbasiga uchradi

    02.03.2020, 10:22

    Iroq bosh vaziri Vazirlar Mahkamasini shakllantira olmagani uchun iste’fo so‘radi

    02.03.2020, 09:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Fonon zargarlik uyi "Brilliantlar olamiga sayohat" mavzusida navbatdagi master-klassni Intercontinental mehmonxonasida o‘tkazdi  


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    TENET butik-developer debyut loyiha — Stellar Residence sotuvi boshlanganini e’lon qiladi


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Marvel’ning yovuz qahramonlari grim va kompyuter grafikasisiz qanday ko‘rinishga ega?

    Kino | 12 may, 13:01

    AQSH va Xitoy bojlarni 90 kunga pasaytiradi

    Dunyo | 12 may, 12:58

    Munosib qarshilik, asabiy kechgan o‘yin va bahs taqdirini hal qilgan penalti: “Navbahor” va “Xorazm” o‘yinidan fotogalereya

    Sport | 12 may, 12:32

    O‘zbekistonda 10 mingdan ortiq obunachiga ega blogerlar reklama orqali daromad topganda soliq to‘laydi

    O‘zbekiston | 12 may, 12:29

    BAAda ajrashish uchun rekord miqdorda tovon puli belgilandi

    Dunyo | 12 may, 12:10

    Mbappe “Real”ning 30 yillik natijasini takrorladi

    Sport | 12 may, 11:47
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.