29-fevral kuni Dohada AQSh va “Tolibon” o‘rtasida tinchlik kelishuvi imzolandi. Kelishuvni imzolash marosimida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya ham qatnashdi.
Abdulaziz Komilov Dohada Afg‘oniston bo‘yicha muzokaralar natijalari haqida “O‘zbekiston 24” telekanaliga intervyu berdi.
“‘Tolibon’ vakillari uchrashuvda ‘Biz hech qachon O‘zbekistonga qandaydir xavf keltiradigan, xavfsizligini buzadigan harakatlarga yo‘l qo‘ymaymiz, va u sohada birga ishlashga tayyormiz’, dedi. Bu O‘zbekiston uchun juda katta yutuq”, — deydi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri.
“Bundan tashqari, bizning o‘z pragmatik manfaatlarimiz bor. Biz endilikda o‘z mahsulotlarimizni Janubiy Osiyo mamlakatlariga olib chiqishimiz mumkin. Hindiston, Eron, Pokiston va boshqa davlatlar eksport uchun juda muhim”, — deya so‘zlarini davom ettiradi Abdulaziz Komilov.
Izoh (0)