Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Toshkentda “Transport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Qaror loyihasiga ko‘ra, Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti, Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti va Toshkent davlat texnika universitetining aviakosmik texnologiyalari fakulteti negizida Toshkent transport universiteti tashkil etiladi.
Universitet rektorining birinchi o‘rinbosari yuqori malakali xorijiy mutaxassis bo‘ladi.
Quyidagilar Universitet faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilanadi:
- O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
- o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag‘lar;
- xo‘jalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushgan tushumlar;
- jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik va xayriya mablag‘lari;
- xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari;
- qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Izoh (0)