O‘zbekistonga 2—3-mart kunlari Xitoy Xalq Respublikasi Kommunistik partiyasi markaziy qo‘mitasi siyosiy byurosi a’zosi, XKP MQning Tashqi ishlar bo‘yicha komissiyasi kanselyariyasi rahbari Yan Szechi boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyuradi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Bo‘lajak muzokaralarda oliy va yuqori darajalardagi uchrashuvlar chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning borishi hamda ikki tomonlama hamkorlikni, jumladan, xalqaro tashkilotlar doirasidagi munosabatlarni rivojlantirishning istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
Izoh (0)