Sirdaryo viloyatida, 29-fevral kuni “Bir million daraxt” shiori ostida daraxt ekish aksiyasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Sirdaryo viloyati axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi xabar berdi.
Hokimlikning ma’lum qilishicha, aksiya davomida viloyatning turli qismlarida archa, sosna daraxtlari ekilgan, viloyat bo‘yicha 40 mingdan ortiq hasharchilar qatnishib, 1 million ko‘chat ekish rejalashtirilgan.
“Xalqimizda azaldan ko‘chat ekib, bog‘ yaratish, tevarak-atrofni obod qilish, manzil va makonlarimizni ko‘kalamzorlashtirish an’anasi davom etib kelmoqda. Ota-bobolarimiz ta’kidlaganlaridek, ‘Yaxshidan bog‘ qoladi’ », – deyiladi hokimlik xabarida.
Izoh (0)