Eron parlamentining 100 nafar a’zosi COVID-19 aniqlash uchun test topshirishgan, ularning 5 nafarida tahlil natijalar ijobiy chiqqan. Bu haqda Eron Qonunchilik prezidiumi raisi Asadullo Abbosiy ma’lum qildi. OAV tomonidan parlament deputatlaridan biri — Muhammad Ali Ramazoniy Dastak koronavirusdan vafot etgani haqida xabarlar tarqagan.
So‘nggi ma’lumotga ko‘ra, Eronda 593 kishi koronavirusni yuqtirib olgan, 43 kishi vafot etgan.
Ma’lumot uchun, Eron hukumat vakillari orasida koronavirus epidemiyasi sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Iraj Xarirchidan boshlangan edi. Shundan so‘ng Eron vitse-prezidenti Ma’suma Ebtekarda ham koronavirusga chalingani xabar qilindi.Avvalroq, Eronning Vatikan va Eron davlatlaridagi sobiq elchisi Xadi Xisravshohiy koronavirus bilan kasallanib vafot qilgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)