Andijon viloyati hokimining matbuot kotibi Mirzohid Botirov ishdan ketgan. Biroq xabar rasman tasdiqlanmagan, deb yozmoqda “Xabar.uz” nashri. Iste’fo uning ijtimoiy tarmoqlarda tarqagan yozishmalariga bog‘liq yoki bog‘liq emasligi ham noma’lum.
Bir muddat avval, ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati hokimi matbuot kotibi Mirzohid Botirovga tegishli ekani aytilgan yozishmalarning nusxasi (skrinshot) tarqalgani haqida xabar berilgan edi. Mirzohid Botirov haqorat-u uyatsiz gaplarga to‘la yozishmalarida “...osmonga chiqayotgan blogerni joyini ko‘rsatib qo‘ygani”ni alohida ta’kidlab, “15 kunda mulla bo‘lgani”ga urg‘u bergandi. Shuningdek, yozishmalarda o‘sha bloger “asakalik” ekani, “hokim tiq” degani uchun “tiqilgani”ni haqoratlar bilan bayon qilgandi.
Mavzuga doir: Bloger Xurshid Daliyevni haqorat qilgan Andijon shahar hokimi matbuot kotibi ishi sudga oshirildi
Izoh (0)