Futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 26-turidan o‘rin olgan beshta uchrashuv koronavirus tufayli boshqa muddatga qoldirildi. Bu haqda liga matbuot xizmati xabar berdi.
Shu tariqa bugungi “Udineze” — “Fiorentina”, ertangi “Yuventus” — “Inter”, “Milan” — “Jenoa”, “Parma” — “SPAL” va “Sassuolo” — “Breshia” bahslari 13-may kuniga ko‘chirildi.
Avvalroq Liga mazkur o‘yinlarning tomoshabinlarsiz o‘tkazilishi haqida ma’lum qilgandi. Shuningdek, Yevro—2020 musobaqasi va Tokio mezbonlik qiladigan 2020-yilgi yozgi Olimpiada o‘yinlarining o‘tkazilishi ham so‘roq ostida turibdi.
Mavzuga doir: Koronavirus sabab “Bavariya” futbolchilariga muxlislar bilan suratga tushish taqiqlandi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)