Yaponiyaning 47 ta prefekturasining yarmida COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holati tasdiqlandi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Qayd etilishicha, kasallanganlarning umumiy soni 942 kishini tashkil etayotgan bo‘lib, ularning 705 nafari Diamond Princess kruiz kemasidan tushgan fuqarolardir.
Kasallanganlarining aksariyati — 67 nafari mamlakat shimolida joylashgan Xokkaydo prefekturasida aniqlangan. Tokioda esa koronavirusga chalinishning 36 ta holati tasdiqlangan. Bugungi kunga kelib ulardan 11 nafari vafot etgan.
Xabarda aytilishicha, virus sababli Yaponiyada ommaviy tadbirlar bekor qilingan, istirohat bog‘lari, davlat kutubxonalari, tomosha maydonchalari va muzeylar yopilgan. Maktablar, sport to‘garaklari va qo‘shimcha mashg‘ulot markazlari ham yopilmoqda.
Avvalroq Yaponiyada davlat idoralariga xodimlarini uy sharoitida ishlashga o‘tkazish buyurilgani xabar berilgan edi.
Izoh (0)