Professional boksning super yarim o‘rta (-69,85 kg) vazn toifasida harakat qilayotgan Isroil Madrimov (4-0, 4 KO) 1-mart tongida AQShda navbatdagi jangini o‘tkazadi.
Madrimov Texas shtatida bo‘lib o‘tadigan boks kechasida venesuelalik Charli Navarroga (29-9, 22 KO) qarshi ringga ko‘tariladi. Jang 10 raunddan iborat bo‘ladi. Ushbu bellashuv g‘olibi WBA chempionlik kamari uchun birinchi raqamli da’vogarga aylanadi.
Mazkur jang oqshomi tonggi soat 05:00 da boshlanadi. Isroil esa soat 05:00—06:00 orasida ringga ko‘tariladi.
Eslatib o‘tamiz, Madrimov so‘nggi bor oktabr oyida meksikalik Alexandro Barrerani (29-6, 18 KO) texnik nokautga uchratib, WBA Intercontinental chempionlik kamarini birinchi marta himoya qilgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)