AQSh va “Tolibon” harakati o‘rtasida tinchlik kelishuvi imzolandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Qatar poytaxti Dohada kelishuvni AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod hamda “Tolibon” yetakchisining o‘rinbosari, harakatning Qatardagi ofisi rahbari mulla Abdulla G‘ani Barodar imzoladi.
Kelishuvga ko‘ra, Vashington, uning ittifoqdoshlari va koalitsiya 135 kun ichida AQShning Afg‘onistondagi kontingentini 8600 kishiga tushirish, shuningdek, koalitsiya va ittifoqdoshlarning qo‘shinlari sonini ham proporsional tarzda kamaytirish hamda beshta harbiy bazadan olib chiqishi kerak.
Bundan tashqari, Vashington va uning ittifoqdoshlari agar “Tolibon” o‘ziga yuklatilgan majburiyatlarga amal qilsa, keyingi 9,5 oy ichida qo‘shinning qolgan qismini ham olib chiqishga tayyorligini bildirdi.
Izoh (0)