• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    29-fevral – “ortiqcha” kun: sana tarixi va qiziqarli faktlar

    Har to‘rt yilda fevral 29 kun kelishini va bu kabisa yili deb atalishini yaxshi bilamiz. Xo‘sh, nega shunday? Fevral kalendari qanday hisob-kitob qilingan? Tarixiy misollar va fevral irimlari haqida “Daryo” kolumnisti Muzaffar Qosimov ma’lumot beradi.

    Gap shundaki, Yerning Quyosh atrofida aylanish davri, aslida, 365 kunga teng emas va u aniq 366 kun ham emas, balki 365 kundan 6 soatga ko‘proq, 366 kundan esa 18 soatga kamroqdir. Soat, daqiqa va soniyalarigacha hisoblaydigan bo‘lsak, Yer Quyosh atrofini 365 kun, 5 soat 48 daqiqa va 46 soniyada to‘liq aylanib chiqib bo‘ladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    5 soat va 48 daqiqa “ortiqcha” vaqtni esa biz odatiy kalendarimizda hisobga olmay ketamiz. Aslida, deyarli olti soatga teng vaqt anchagina bo‘lib, u bir sutkaning chorak qismi demakdir. Ya'ni, shunaqadan to‘rttasi bir sutkani tashkil qiladi. Hisobga olinmay qolayotgan vaqtni o‘rniga qaytarish uchun taqvimda har to‘rt yilda bitta “ortiqcha” kun – 29-fevral sanasi qo‘shiladi. Bu yil “kabisa” yili deb ataladi. Ma’nosi ham aynan “ortiqcha” deganidir.

    Yil hisobi to‘liq 365 kun emasligini dastavval qadimgi Rim munajjimlari sezib qolishgan deyiladi. Eramizdan avvalgi 46-yilda imperator Yuliy Sezar tomonidan, iskandariyalik astronom Sozigenga yangi, aniq taqvim ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berilgan. Bungacha rimliklar ancha chalkash kalendardan foydalanishgan. Xususan, ularda musulmon taqvimiga o‘xshash 354 kunlik taqvimlar ham bo‘lgan va yil davomiyligi 355 kunga teng deb belgilanib, har ikki yoki uch yilda yil hisobiga 13-oyni ham qo‘shadigan ajabtovur taqvim ham bo‘lgan. 13-oydagi kunlar soni 22 kundan iborat bo‘lgan. Tabiiyki, bu ijtimoiy-siyosiy jihatdan juda chalkash murakkabliklarga olib kelgan.

    Sozigen yangi taqvimni Yuliy Sezar topshirig‘iga binoan ishlab chiqqani bois, taqvimga “Yulian” deb nom bergan. Yulian taqvimi eramizdan avvalgi 45-yildan e’tiboran kuchga kirgan. O‘tgan 2065 yildan buyon insoniyat taqvimida har to‘rt yilda 29-fevral sanasi qo‘shimcha belgilab kelinadi.

    Ortiqcha sana nega aynan fevralga qo‘shildi? Chunki Sezar zamonasida yangi yil 1-martdan boshlab hisoblangan. Rim taqvimiga ko‘ra bir oydagi kunlar soni 31 ga teng bo‘lsa, keyingi oy 30 kun tartibida belgilangan. Yil 365 kun bo‘lganda, bu tartibga ko‘ra, eng oxirgi oy – fevralga faqat 29 kun qolgan. Sezar kabisa yilidagi ortiqcha bir kunni fevral oyiga qo‘shilishini istagan va o‘sha paytlarda kabisa yilida fevral 30 kun kelar edi.

    Keyinchalik yil boshi hisobi yanvarga ko‘chirilgan bo‘lsada, tartib saqlanib qoldi. Yulian taqvimida yozning ikkinchi oyi – iyulning nomi ham aynan Yuliy Sezar nomiga qo‘yildi. Sezardan keyin taxtga chiqqan imperator Oktavian Avgust ham o‘z nomini yil oylaridan biriga qo‘yilishini istadi va “sekstiliy” deb nomlangan yozning uchinchi oyini “avgust” deb familiyasiga moslab o‘zgartirdi. Qarasaki, Yuliy Sezar nomiga qo‘yilgan oyda 31 kun, o‘z nomiga qo‘yilgan oyda esa 30 kun ekan (yuqorida aytilgan tartibga ko‘ra, Sezar davrida hech qachon ikkita oy ketma-ket 31 kun kelmagan, avgust ham 30 kun bo‘lgan). Shunda Oktavian janoblari o‘zini kamsitilgan deb his qilmaslik uchun, fevraldagi bir kunni olib avgustga qo‘shib qo‘yadi va yana bechora fevral 28 kun bo‘lib qoladi.

    Shu sababli Oktavian davridan beri fevrallar 28 kun keladi va kabisa yilida endi fevral 30 kun emas, 29 kunni tashkil qiladi. Bu hikoya shunchaki mif ham bo‘lishi mumkin, ayrim manbalarda Oktavian ortiqcha bir kunni sentyabrdan olib avgustga qo‘shib qo‘ygan ham deyilgan. Xullas, bu mujmal mavzu.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Yulian taqvimida yil hisobi 365 kun va 6 soat deb aniq belgilab olingan edi. Lekin yulian taqvimi ham naq 11 daqiqaga adashgan. Taqvim qabul qilinganidan bir necha asr o‘tib esa o‘z salbiy oqibatini ko‘rsatgan. Xususan, yulian taqvimida har 128 yilda 1 kun xatolik yuz beradi va 1500-yillarga kelib, nasroniylarning erta bahorda nishonlaydigan bayramlari, xususan, pasxa va boshqa sanalar bahorgi tengkunlikka nisbatan oldinga siljib qolganini odamlar yaqqol payqay boshlaydi.

    Masalan, 1582-yilda bahorgi tengkunlik 21-martda emas, balki, 11-martda keladigan bo‘lib qolgan. Shu sababli Rim papasi Grigoriy XIII maxsus hay’at tuzib, kalendarni yana isloh qilishga qaror qiladi va o‘shandan buyon, yil davomiyligi 365 kun 5 soat va 48 daqiqa deb qabul qilingan. Yevropaning aksar mamlakatlarida 1582-yildan e’tiboran qabul qilingan ushbu taqvimni biz bugunda “grigorian taqvimi” deb nomlaymiz va u papa Grigoriy XIII nomiga atalishini sezgan bo‘lsangiz kerak.

    Grigorian taqvimi 1582-yildan amalga joriy etilgan bo‘lsada, dunyoning barcha mamlakatlari bunga birdaniga o‘tmadi. Germaniya 1583-yil, Vengriya 1587-yil, Prussiya 1610-yil, Daniya 1700-yil, Angliya 1752-yil va Yaponiya 1753-yillarda o‘tdi. Ko‘p mamlakatlar to XX asrgacha ham yulian taqvimidan foydalanishda davom etdi. Bu paytga kelib, yulian taqvimi xatoligi allaqachon 13 kunga yetib qolgan edi.

    Rossiya faqat yangi taqvimiga 1918-yilda o‘tdi (Shu sababli, ruslarda “eski yangi yil” 13-yanvarda nishonlanadi). Grigorian taqvimiga oxirgi bo‘lib, Yunoniston (1923), Turkiya (1926) va Misr (1928) o‘tib, yulian taqvimini endilikda butunlay tarixda qoldirdi.

    Lekin grigorian taqvimini ham to‘la mukammal va aniq deb bo‘lmaydi. Chunki unda ham 26 soniyaga xatolik bor va yillar, asrlar o‘tib u ham albatta o‘z nishonasini ko‘rsatadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, grigorian kalendari har 10000 yilda 3 kunga (3332 yilda 1 kunga) xato qiladi. Shu sababli, grigorian kalendariga ham ba’zan tuzatishlar kiritib turish zarur.

    Qabul qilingan qoidaga ko‘ra, agar yil ikkita nol bilan tugallansa, (masalan, 1900, 2100) va ushbu yil 400 ga yo 4 ga emas, 100 ga karrali bo‘lsa, o‘sha yil kabisa yili bo‘lmaydi va unda fevral odatdagidek, 28-kuni kelaveradi. Qoidaga binoan, 1900-yil kabisa yili bo‘lmagan; shuningdek, 2100-yilda ham shunday holat kuzatiladi. Boshqacha aytganda, grigorian kalendari har 400 yilda 97 ta kabisa yiliga ega bo‘ladi.

    Kabisa yili tarixi ana shunaqa qiziq tarix. 29-fevral kalendardagi noyob sana bo‘lgani uchun, odamning ushbu sanada tug‘ilish ehtimoli ham juda kam. Statistikaga ko‘ra, 29-fevralda tug‘ilish atigi 0,066 foizni tashkil qiladi. Yer sharining atigi 0,069 foiz aholisining tug‘ilgan kuni shu sanada nishonlanadi.

    Avvallari, ayniqsa, moliya tizimida 29-fevral bilan bog‘liq qator irimlar mavjud bo‘lgan. Bu sana faqat 4 yilda takrorlanishi sababli banklar qarz bermagan va tashkilotlar ham shartnoma imzolashdan tiyilgan. Chunki turli qallobliklar va kelib chiqishi mumkin bo‘lgan keyingi noxush yuridik jarayonlarni oldini olish uchun shunday qilingan.

    An’analarga zid ayrim narsalarni qilishga ham ruxsat berilgan. Shotlandiya va Irlandiyada 29-fevral kuni ayollar erkaklarga turmush qurishni taklif qilishi mumkin edi (hozir ham qisman saqlanib qolgan). Agar ayol erkakka yoqmasa va u turmush qurishni istamasa, erkak yaxshigina jarima to‘lashi zarur bo‘lardi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Mutaxassislarning aytishicha, 29-fevralda tug‘ilgan chaqaloqlarning ota-onasi juda ko‘p holatda, farzandining tug‘ilgan kunini yoki 28-fevral, yoki, 1-mart qilib belgilanishini istashar ekan. Bu, albatta, bolaning keyinchalik tug‘ilgan kunini nishonlashda o‘ksimasligi niyati bilan qilinadi. New York Daily gazetasining yozishicha, Norvegiyadagi Xenriksenlar oilasida, 1960, 1964 va 1968-yillarda uchta aka-uka 29-ferval sanasida tug‘ilgan ekan. Xuddi shunday holat amerikalik Esteslar oilasida ham ro‘y bergan. Ularning farzandlari 2004, 2008 va 2012-yillarning 29-fevralida dunyoga kelgan.

    29.02.2020, 16:13   Izoh (0)   123913
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ispaniyada erkak gazli suvdan bir qultum ichib, oshqozoni va qizilo‘ngachini kuydirdi

    Dunyo | 9 may, 17:40

    Shri Lankada o‘nlab harbiy xizmatchilar bo‘lgan vertolyot halokatga uchradi

    Dunyo | 9 may, 17:25

    Tramp Zelenskiy bilan telefonda suhbatlashdi

    Dunyo | 9 may, 17:10

    “Qizimni xavf ostiga qo‘yishni istamayman” — Toni Kroos nega Germaniyaga qaytishni istamaydi?

    Sport | 9 may, 17:00

    Olimlar insonning tashqi qiyofasi uning ismiga qarab o‘zgarishini isbotladi

    Dunyo | 9 may, 16:45

    Quyoshdan himoya qiluvchi SPF kremni to‘g‘ri tanlash va ishlatish haqida bilishingiz kerak bo‘lgan 5 muhim fakt

    Layfstayl | 9 may, 16:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.