Futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 26-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar koronavirus sabab tomoshabinlarsiz o‘tkaziladi.
A Seriya qaroriga ko‘ra, 26-turning beshta o‘yini bo‘sh stadionlarda o‘tkaziladi. Ular qatoridan turning markaziy bahsi “Yuventus” — “Inter” uchrashuvi ham o‘rin olgan.
Quyidagi uchrashuvlar tomoshabinlarsiz o‘tadi:
“Udineze” — “Fiorentina” (29-fevral)
“Yuventus” — “Inter” (1-mart)
“Milan” — “Jenoa” (1-mart)
“Sassuolo” — “Breshia” (1-mart)
“Parma” — SPAL (1-mart)
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Inter” Yevropa Ligasi 1/16 final javob bahsi doirasidagi “Ludogorets”ga qarshi o‘yinni bo‘sh arenada o‘tkazgandi.
Italiya shimolida 580 dan ortiq kishi koronavirusga chalingan, shuningdek, 17 nafar odam vafot etgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)