Osiyo Chempionlar Ligasining 3-turidan o‘rin olgan “Al-Hilol”—“Paxtakor” uchrashuvi noma’lum muddatga qoldirildi. Bu haqda OFK matbuot xizmati ma’lum qildi.
Mazkur bahs 3-mart, seshanba kuni Saudiya Arabistonida o‘tkazilishi kerak edi. Biroq koronavirus sabab Saudiya Arabistoni chet elliklarga viza berishni to‘xtatib qo‘ygan.
Shuningdek, avvalroq Toshkentda o‘tkazilishi ma’lum qilingan “Sepaxon” — “An-Nassr” uchrashuvi ham boshqa kunga qoldirilgan.
OFK tez orada maxsus yig‘ilish o‘tkazib, kelgusidagi rejalar haqida qaror qabul qiladi.
Eslatib o‘tamiz, OChL “B” guruhida “Paxtakor” va “Al-Hilol” klublari 2-turdan keyin 6 ochkodan jamg‘argan holda peshqadamlikni bo‘lishib turibdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)