Professional boksning og‘ir vaznida WBA, IBF, WBO kamarlari sohibi Entoni Joshua (23-1-0, 21 KO) joriy yilning 20-iyunida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi.
Joshuaga bu jangda bolgariyalik Kubrat Pulev (28-1-0, 14 KO) raqiblik qiladi. Bu haqida Entonining promouteri Eddi Hirn ma’lum qildi.Ushbu jang Joshuaning IBF kamari uchun kechadi. Jang 20-iyun sanasida Londondagi “Tottenhem” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, Joshua o‘zining so‘nggi jangini 2019-yil 7-dekabrida Endi Ruisga qarshi o‘tkazib, raqibini ochkolar hisobiga mag‘lub etgandi.
Izoh (0)