• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Daryo” oqshomi: Xitoy koronavirusi bo‘yicha 28-fevralning asosiy xabarlari

    Xitoydagi vaziyat

    Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasining ma’lum qilishicha, mamlakat bo‘ylab virusni yuqtirib olganlar soni 78 824 kishini tashkil qilib, 32 495 kishi davolanishga muvaffaq bo‘ldi. Koronavirus bilan kasallanish oqibatida vafot etganlar soni 2858 kishiga yetdi.

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 27-fevral holatiga ko‘ra, jahonning 48 mamlakatida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, umumiy hisobda 82 249 kishi virusni yuqtirib olgani haqida ma’lum qildi.

    Shuningdek, Xitoy davlat sog‘liqni saqlash qo‘mitasi mamlakatda koronavirusning yangi turini yuqtirganlarning qariyb 46 foizi tuzalgani va kasalxonadan chiqarilgani haqida xabar berdi.

    Xitoy rasmiylari katta pul mukofotlarini va’da qilib, aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tishga jalb qilmoqda. Syantszyan shahri rahbariyati shifokor qabuliga kelgan har bir kishiga bir ming yuan, organizmida koronavirus aniqlangan har biri kishiga esa 10 ming yuan taklif qilmoqda.

    Foto: Instagram/Jackiechan

    Xitoylik taniqli aktyor, rejissor, kaskadyor va ssenariynavis Jeki Chan o‘zining koronavirus bilan kasallangani haqida tarqalgan xabarlarga izoh berdi. “Hammaga men haqimda qayg‘urishgani uchun tashakkurimni izhor etaman. Iltimos, xavotirga tushmang, men karantinda emasman. Qolganlar ham xavfsiz yerda, sog‘-salomat bo‘lishni tilayman!” — deb yozgan Jeki Chan Instagram’da.

    O‘zbekistondagi vaziyat

    O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri koronavirus muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi. Vazirlik O‘zbekistonda koronavirusning oldini olishda amalga oshirilayotgan ishlar xotirjam bo‘lishga asos bo‘lmasligi, ogoh bo‘lishga, jumladan, shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqirmoqda.

    Ko‘rishni qat’iy tavsiya qilamiz: Makkadagi niqob taqqan ziyoratchilar, haroratni o‘lchovchi robot, yongan daraxtdan chiqqan kurtak. 27-fevralning eng qiziqarli suratlari

    O‘zbekiston koronavirus infeksiyasi tarqalishi munosabati bilan Xitoydan kelishi mumkin bo‘lgan minglab sayyohlardan ayrilgani haqida avval xabar berilgan edi. Xitoyning bir necha shaharlari bilan muntazam reyslarning to‘xtatilishi O‘zbekiston turizm sohasiga ta’sir ko‘rsatgan yagona salbiy omil sifatida ko‘rsatilgan edi. Xitoylik sayyohlarning kelmasligi ortidan paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan zararlar o‘rnini Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qo‘shni mamlakatlar bilan aloqani mustahkamlash hisobiga to‘ldirmoqchi. Xususan, Rossiya, Qozog‘iston, Turkmaniston va Tojikistondan sayyohlik oqimi o‘sishi kutilmoqda. Shuningdek, qo‘mita O‘zbekistonni koronavirusdan xoli mamlakat sifatida targ‘ib qilmoqchi.

    Foto: Reuters

    Biroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus hech bir davlat koronavirusdan xoli ekanligiga o‘zini ishontirmasligi kerakligini ma’lum qildi. “Mamlakatda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holati umuman bo‘lmasligini taxmin qilish tom ma’noda halokatli xato hisoblanadi”, — deydi Gebreyesus.

    Makkadagi Al-Harom masjidida namoz o‘qiyotgan ziyoratchilardan biri koronavirusdan himoyalanish uchun niqob taqib olgan.

    Makkadagi Al-Harom masjidida namoz o‘qiyotgan ziyoratchilardan biri koronavirusdan himoyalanish uchun niqob taqib olgan.
    Foto: Reuters

    Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toshkentdan Jidda va Madinaga bo‘lgan barcha qatnovlari 2020-yilning 27-fevralidan boshlab vaqtinchalik to‘xtatildi. Bunga 25 ta davlat, jumladan, O‘zbekistondan kelgan turist va ziyoratchilarning Saudiya Arabistoniga kirishi vaqtinchalik man etilgani sabab bo‘lgan. Saudiya hukumati ushbu qarorni mamlakat COVID-19 koronavirusi tarqalishining xavfini oldini olish zarurligi bilan izohlagan. Shuningdek, Saudiya Arabistoni yana 7 ta davlat fuqarolariga sayyohlik vizasini berishni to‘xtatib qo‘ydi. Bular — Xitoy, Yaponiya, Singapur, Janubiy Koreya, Malayziya, Italiya va Qozog‘iston davlatlaridir.

    Jahondagi vaziyat

    Janubiy Koreyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 2 ming kishidan oshib ketdi. Koronavirus bilan kasallangan yana 256 ta yangi holat qayd etildi.

    Eronda xotin-qizlar va oila masalalari bo‘yicha vitse-prezident Ma’suma Ebtekar COVID-19 koronavirusini yuqtirib olganini tan oldi. Ebtekar Eron islom respublikasida yangi turdagi virus qayd etilgan birinchi siyosatchi emas. Topshirilgan test natijalari Eron Majlisining milliy xavfsizlik masalalari qo‘mitasi rahbari Mujob Zonnur, deputat Mahdum Sodiqiyda ham ijobiy natija ko‘rsatgan. Shuningdek, Eronda sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Iroj Xarirchi ham koronavirus bilan kasallangan. Eronning Vatikan va Eron davlatlaridagi sobiq elchisi Xadi Xisravshohiy esa koronvairus bilan kasallanib vafot etdi.

    Ma’suma Ebtekar.

    Ma’suma Ebtekar.
    Foto: EPA

    JSST ma’lumotlariga ko‘ra, Eronda 245 nafar odam koronavirus bilan kasallangan, shundan 26 ta vaziyatda o‘lim holati kuzatilgan.

    AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens Oq uyning koronavirus tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha koordinatori lavozimiga Debbi Birksni tayinladi, u avval OIV/OITS epidemiyasiga qarshi kurashish muammolari bo‘yicha hukumat siyosatini olib borgan.

    Shveysariyada koronavirus sabab Jeneva avtosaloni bekor qilindi. Shveysariyada 28-fevral holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq 15 ta holat aniqlandi.

    Fransiyada sog‘liqni saqlash vaziri Olivye Veranga ko‘ra, COVID-19 koronavirusi bilan kasallangan bemorlar soni qariyb ikki baravar ko‘payib, 27-fevral holati bo‘yicha 38 nafarni tashkil qilmoqda.

    Mavzuga doir: Koronavirus Yevropa bo‘ylab tarqalishda davom etmoqda

    Belarusda koronavirus bilan kasallangan birinchi bemor qayd etildi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi. Koronavirus mamlakatga Erondan kelgan talabada aniqlangan. U Belarusga Bokudan uchib kelgan. Shuningdek, Litvada ham koronavirus bilan kasallanishning birinchi holati aniqlangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, fuqaro Italiyaning Verona shahridan 24-fevral, dushanba kuni, mamlakatga qaytib kelgan. Ayni vaqtda bemor izolyatsiya qilingan, ahvoli og‘ir emas.

    Foto: “TASS”

    Ozarbayjonda Rossiya fuqarosida koronavirus aniqlandi. Bu koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq Ozarbayjondagi ilk holatdir.

    Bank of America yil so‘ngida oxirgi iqtisodiy inqirozdan ham og‘ir damlar kelishini taxmin qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, iqtisodiy o‘sish sur’atlari yil oxirida 2,8 foizgacha pastlaydi, 2009-yildan beri ushbu ko‘rsatkich muntazam ravishda o‘sib kelayotgandi va doim 3 foizdan yuqori bo‘layotgandi. Bunday pastlashning asosiy sabablaridan biri sifatida koronavirus epidemiyasi oqibatida Xitoy iqtisodiyotidagi sekinlashuv kuzatilgani deb baholanmoqda.

    Reuters nashrining yozishicha, Nigeriyada ham koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha birinchi holat qayd etilgan. Virus mamlakatga uch kun oldin kelgan Italiya fuqarosida aniqlangan.

    Futbol

    Koronavirus sabab “Yuventus”—“Inter” va A Seriyaning yana to‘rtta o‘yini tomoshabinlarsiz o‘tadi. Koronavirus sabab “Paxtakor”ning OChLdagi o‘yini qoldirildi.

    Foto: “Paxtakor” matbuot xizmati

    Mazkur bahs 3-mart, seshanba kuni, Saudiya Arabistonida o‘tkazilishi kerak edi. Biroq koronavirus sabab Saudiya Arabistoni chet elliklarga viza berishni to‘xtatib qo‘ygandi.

    28.02.2020, 20:13   Izoh (0)   130883
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Abrol Vahobov Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi rahbari etib tayinlandi

    28.02.2020, 20:05

    “Yashnobod yashnab turishi kerak”. Shavkat Mirziyoyev yashnobodlik faollar bilan uchrashdi

    28.02.2020, 19:48

    Jizzaxda maktabda o‘quvchilarining sochi chizg‘ich bilan o‘lchab chiqildi (foto)

    28.02.2020, 19:34

    Shavkat Mirziyoyev Yashnoboddagi 22 ta kasbga o‘rgatadigan “Ishga marhamat” markazini borib ko‘rdi

    28.02.2020, 19:19

    Buxoro hokimi O‘ktam Barnoyev O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi

    28.02.2020, 19:04

    O‘zbekistonda qishning oxirgi kunida qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi

    28.02.2020, 18:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Salomatlik haqidagi zamonaviy tibbiyot allaqachon inkor qilgan yanglish fikrlar

    Salomatlik | 13 iyul, 08:39

    Putin Eronni yashirincha uranni boyitishdan voz kechishga chaqirdi

    Dunyo | 13 iyul, 08:25

    O‘zbekistonda muomalaga chiqarilgan bank kartalari soni keskin o‘sdi

    Iqtisodiyot | 13 iyul, 08:00

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.