• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Tennisga hayotimni bag‘ishladim, ammo...”. Katta tennisdan ketishini e’lon qilgan Mariya Sharapovaning xayrlashuv maktubi

    Rossiyalik afsonaviy tennis ustasi Mariya Sharapova tennischilik faoliyatiga yakun yasashini ma’lum qildi. Vanity Fair esa sportchining muxlislarga yo‘llagan xayrlashuv maktubini e’lon qildi. “Daryo” ushbu maktubning tarjimasini to‘liqligicha taqdim etadi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    O‘zing uchun qachondir yagona hayot deb bilgan narsang bilan qanday qilib xayrlashish mumkin? Bolalikdan beri shug‘ullanib kelgan kortlardan (tennis maydoni), quvonch va ta’riflab bo‘lmas baxtni taqdim etgan o‘yindan qanday ketish mumkin? Sport, sening ortingda 28 yil davomida tog‘ bo‘lib kelgan muxlislarni qayerdan topding?

    Men bunda yangiman, shunday ekan kechirarsan meni. Tennis, kechir meni!

    Oxiriga yetishdan oldin hammasini avvalo boshidan boshlashga ruxsat bergaysiz. Tennis kortini birinchi marta unda otam o‘ynayotgan vaqtda ko‘rganman. O‘shanda 4 yoshda edim. Bu holat Sochida ro‘y bergandi. Shu qadar kichkina edimki, oyoqlarim maydon chetida o‘tirgan o‘rindig‘imdan osilib turardi. Hatto yonimdagi raketka ham mendan 2,5 baravar katta edi. 6 yoshimda dunyoning yarmini kesib o‘tib otam bilan Florida (AQSh)ga keldik. O‘shanda butun dunyo ko‘zimga ulkan ko‘ringandi. Samolyotlar, aeroportlar, Amerikaning bepoyon hududi. Hammasi ajoyib edi — xuddi ota-onamning men uchun qilgan qurbonligi kabi.

    Tennis o‘ynashni boshlagan vaqtimda tennis to‘rining narigi tarafidagi raqibalarim mendan katta, bo‘yi uzun va kuchli bo‘lgan. O‘shanda televizorda ko‘rgan buyuk tennischilarim menga yetib bo‘lmas marradek tuyulgan. Lekin sekin-asta har kunlik mashg‘ulotlardan so‘ng ushbu afsona real haqiqatga aylana bordi.

    Birinchi tennis kortlarim xira chiziqlar tortilgan, notekis betondan iborat bo‘lgan. Shundan so‘ng u kir tuproq, keyin esa yam-yashil maysali maydonga aylandi. Unga oyoq qo‘yishning o‘zi kifoya edi. Ammo shunisi aniqki, yovvoyi orzularimda ham eng katta musobaqalarning barchasida g‘olib bo‘la olishimni tasavvur qilmagan edim.

    Hammasini boshlash uchun “Uimbldon” eng ma’qul joy edi. U vaqtlarda hali ham markalar yig‘adigan, g‘alabalar ta’mini his qilmagan, katta bo‘lishga ulgurmagan 17 yoshli qizaloq edim. Buni o‘sha vaqtda anglamaganimdan esa hozir juda ham xursandman.

    Ustunligim shunda ediki, o‘zimni hech qachon boshqa o‘yinchilardan bir bosh baland his qilmasdim. Negaki doim o‘zimni har doim pastga sho‘ng‘ib ketish mumkin bo‘lgan chegarada turgandek his etardim. Shu boisdan doim kortga qaytardim. Nima uchun? Qanday qilib hammasini ortga qaytarishni o‘ylab, anglab olish uchun.

    US Open esa hamma kutayotgan va chalg‘itadigan narsalarni qanday qilib yengish mumkinligini o‘rgatdi. Agar Nyu-Yorkdagi xaosdan xalos bo‘la olmasangiz (masalan, tennis korti shundoqqina aeroportning oldida joylashgan edi) — shunchaki xayrlashishga to‘g‘ri keladi.

    Australian Open kaminada oldin bo‘lmagan yuksak ishonch holatini berdi. Ba’zi odamlar bu ishonchni “to‘lqin” ham deb ataydi. Tushuntirib bera olmayman-u, ammo u bilan bo‘lish yoqimli edi.

    “Rollan Garros”ning tuproqli kortlari esa barcha zaif jihatlarimni ochib berdi. Masalan, men bunday kortlarda “suzish”ga qodir emasdim, biroq ushbu musobaqa barchasini yengishga yordam berdi. Ya’ni ikki marta! Bu ham juda yoqimli edi.

    Bu kortlar asl tabiatimni yuzaga chiqardi. Faoliyatimda muvaffaqiyatga erishishimda hech qachon ortga va hech qachon oldinga qaramaganim muhim rol o‘ynadi. Ammo tennisni butkul egallashning ilojisi yo‘q: shunchaki u talab qiladigan narsani bajarish lozim. Bu orqali esa miyaga quyidagi fikrlar kelaveradi:

    Keyingi raqibga qarshi yetarlicha yoki keragidan ortiq tayyorgarlik ko‘rdingmi?

    Bir necha kun dam olding, endi jiddiyliging yo‘qoladi.

    Pitssaning ortiqcha bo‘lagi? Undan ko‘ra tonggi mashg‘ulotlardan ko‘proq ishla!

    Ushbu ovozlarning alomatlari paydo bo‘lishidan to yakuniga qadar chidadim.

    Ulardan biri o‘tgan yili avgustdagi US Open vaqtida paydo bo‘ldi. Kortga chiqishdan 1,5 soat oldin yopiq eshiklar ortida yelkamdagi og‘riqlarni bartaraf etish uchun muolajalarni amalga oshirdik. Hammasi o‘yinda qatnashish uchun edi. Yelkamdagi jarohatlar men uchun yangilik emas. Vaqti-vaqti bilan bog‘lamlar sim kabi ishqalanib turardi. Bir nechta jarrohlik amaliyotini amalga oshirganman. Ulardan biri 2008-yilda, biri esa o‘tgan yili. Ko‘plab oylarni fizioterapiya bilan o‘tkazishga majbur bo‘ldim.

    O‘sha kuni kortga chiqishning o‘ziyoq menga so‘nggi g‘alabam singari ko‘rindi, biroq bu, albatta, g‘alaba qozonish uchun birinchi qadamning o‘zi bo‘lishi kerak edi, xolos. Buni vaziyatni tushuntirish yoki yumshatish uchun emas, balki yangi voqelikni anglatish uchun aytmoqdaman: tanam men uchun muammoga aylangandi.

    Faoliyatim mobaynida hech qachon bunday savol bermaganman: “U shunga arziydimi?”. Chunki yakunda u bunga arzishi oydinlashardi. Ruhiy bardamlik har doim asosiy qurolim bo‘lib xizmat qilgan. Hattoki raqiblarim jismoniy va ruhiy jihatdan ustun bo‘lsa-da, men sabr qilardim. Ularga bardosh bera olardim. Oqibatda esa g‘alaba qozonardim.

    Hech qachon ishdagi sa’y-harakatlar, o‘jarliklar haqida gapirmaganman. Har qaysi sportchi jim turib qilingan qurbonliklar muvaffaqiyat sari yetaklab borishini biladi. Mukamallikka intiladigan yo‘l boshidagilarga esa shularni aytmoqchiman: sizni oldinda yuzlab muvaffaqiyatsizliklar kutmoqda, bunga butun dunyo guvoh bo‘ladi. Kamtar bo‘ling, o‘zingizga ishoning. Hamma narsani yenga olishingizga va’da beraman.

    Tennisga hayotimni bag‘ishladim, biroq u aynan menga hayot berdi. Uni har kuni sog‘inib qolaman. Mashg‘ulotlarni, jamoani, murabbiylarni sog‘inaman. Otam bilan mashg‘ulot maydoni yonida o‘tirgan vaqtlarimizni sog‘inib qolaman. G‘alaba va mag‘lubiyatlardan so‘ng qo‘l siqishlarimizni sog‘inaman. Ular biladimi yoki yo‘q, aynan shu narsalar meni eng yaxshi jismoniy holatimga olib chiqqan.

    Ortga nazar solar ekanman, tennis mening qahramonim bo‘lganini ko‘ryapman. Vodiylar va qir-adirlarda qoldirilgan izlarga yuqoridan qarash ajoyib edi. Biroq oradan 28 yil o‘tdi va 5 ta “Ulkan toj” sovrini, endi esa yangi cho‘qqilarni egallashga tayyorman.

    G‘alabalarga chanqoqlik? U hech qayerga ketmaydi. Oldinda meni nimalar kutib turganidan qat’i nazar ularga diqqat-e’tibor xuddi avvalgidek mehnatsevarlik bilan yondashaman. O‘z yo‘limda olgan darslarimdan foydalanaman. Hozir esa bir nechta oddiy narsalarni kutyapman. Jumladan, oila bilan birga tinch, xotirjam bo‘lish hissini. Tonggi qahva ustida bemalol birgalikdagi o‘tirishlarni kutyapman. O‘zim tanlaydigan mashg‘ulotlarni kutyapman (salom, raqs!).

    Tennis menga nimadan yaralganimni ko‘rsatdi. Shunday tarzda men o‘zimni va bo‘yimni o‘lchab ko‘rdim. Endi nima qilsam ham, mening yangi suyangan tog‘im nima bo‘lsa ham olg‘a borishda davom etaman. O‘sishda davom etaman.

    Mariya Sharapova, sobiq tennischi.

    Mariya Sharapova — 1987-yil 19-aprel sanasida Tyumen viloyatida tug‘ilgan. “Ulkan toj” turkumidagi 5 ta musobaqada g‘olib chiqqan. Dunyoning sobiq birinchi raqamli tennischisi. WTA turkumidagi 39 ta musobaqada g‘alaba qozongan. 2012-yilgi London Olimpiadasining yakkalik bahslarida bronza medal sohibi.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

    27.02.2020, 16:56   Izoh (0)   38961
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Gvardiola Chempionlar Ligasida bir nechta rekord qayd etdi

    27.02.2020, 16:08

    YChL 1/8 final bahslarining eng chiroyli goliga da’vogarlar ma’lum bo‘ldi (video)

    27.02.2020, 15:04

    “Paxtakor”—“Navbahor” uchrashuvi bilan Superliganing 2020-yilgi mavsumiga start beriladi

    27.02.2020, 14:33

    Levandovski jarohat oldi. U “Chelsi”ga qarshi javob o‘yinini o‘tkazib yuboradi

    27.02.2020, 13:47

    YChL. Haftaning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga da’vogarlar ma’lum bo‘ldi

    27.02.2020, 13:16

    Jismoniy tarbiya va sport vazirligi “Tokyo 2020” mobil ilovasini ishga tushirdi. Unda sportchilar vazirga 24/7 rejimida murojaat qilishi mumkin

    27.02.2020, 08:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.