“Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski jarohat tufayli taxminan to‘rt hafta maydonga tusha olmaydi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi.
Polshalik futbolchi Chempionlar Ligasi 1/8 final ilk bahsi doirasida “Chelsi”ga qarshi kechgan uchrashuvda (3:0) tizzasini shikastlab olgan. Levandovski o‘n kun mobaynida gipsda yurishga majbur bo‘ladi. Shundan keyin futbolchi tiklanish muolajalarini boshlaydi.
Levandovski “Chelsi”ga qarshi kechgan bahsda bitta gol va ikkita samarali uzatmaga muallif bo‘ldi. Robert Chempionlar Ligasi joriy mavsumida 11 ta gol urgan holda to‘purarlar ro‘yxatini boshqarmoqda.
“Bavariya” va “Chelsi” jamoalari o‘rtasidagi bahs 18-mart kuni Myunxenda bo‘lib o‘tadi. Polshalik futbolchi mazkur o‘yinni o‘tkazib yuboradi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)