• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Beshtasidan uchtasi jinoyatchi. O‘zbekistonning sobiq bosh prokurorlari haqida

    O‘zbekiston Harbiy sudida 25-fevral, seshanba kuni, sobiq bosh prokurorlar Otabek Murodov hamda Ixtiyor Abdullayevning jinoyat ishlari bo‘yicha hukm e’lon qilindi. Ulardan avvalgi bosh prokuror — Rashid Qodirov ham bir qator jinoyatlarni sodir etishda ayblangandi. O‘zbekiston hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi bosh prokurorlarning jinoyatchi bo‘lishi — mantiqsizlik. Lekin mamlakatning mustaqillik yillaridagi boshqa bosh prokurorlari ular kabi jinoyatlarda ayblanmagan — ular orasida vafotiga qadar yuqori lavozimlarni egallab turganlari ham, hozirgi kunda faoliyatini tinchgina olib borayotganlari ham bor.

    Birinchi bosh prokuror — Bo‘ritosh Mustafoyev

    Bo‘ritosh Mustafoyev.

    Bo‘ritosh Mustafoyev.
    Foto: Konstitutsiyaviy sud

    1949-yil o‘sha vaqtlarda Samarqand viloyatiga qarashli bo‘lgan Xatirchi tumani (hozirda Navoiy viloyati tarkibidagi tuman)da tug‘ilgan Bo‘ritosh Mustafoyev O‘zbekistonning birinchi bosh prokurori hisoblanadi. Bo‘ritosh Mustafoyev bu lavozimga O‘zbekiston mustaqilligidan oldin, ya’ni 1990-yilda tayinlangan. U 1998-yilga qadar bosh prokuror bo‘lib ishlagan.

    Bosh prokuraturadan ketganidan so‘ng Prezident maslahatchisi o‘rinbosari, adliya vaziri o‘rinbosari, Konstitutsiyaviy sud raisi, Markaziy saylov komissiyasi raisi, adliya vaziri, Oliy sud raisi lavozimida ishlagan. 2014-yildan umrining oxirigacha Konstitutsiyaviy sud raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan. Bo‘ritosh Mustafoyev 2017-yil 12-aprelda 68 yoshida vafot etgan.

    Ikkinchi bosh prokuror — Usmon Xudoyqulov

    Usmon Xudoyqulov haqida ochiq manbalarda juda kam ma’lumot bor. Uning qachon tug‘ilgani va suratini topishning imkoni bo‘lmadi.

    Qashqadaryoda tug‘ilgan Usmon Xudoyqulov 1998-yil dekabrida bosh prokuror etib tayinlangan. Bungacha esa bosh prokuror o‘rinbosari va Prezident davlat maslahatchisi lavozimida ishlagan. Usmon Xudoyqulov O‘zbekiston bosh prokurorlari orasida bu lavozimda eng kam muddat ishlagan prokuror hisoblanadi — 1 yil 1 oy 26 kun. Aynan u bosh prokuror bo‘lib ishlagan paytda Toshkentda 16-fevral voqealari bo‘lgan. Usmon Xudoyqulovning Bosh prokuraturadan ketganidan keyingi taqdiri noma’lum. Ammo 2017-yildagi ma’lumotlarga ko‘ra, u “O‘zbekiston temir yo‘llari” yuridik boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlayotgan bo‘lgan.

    Uchinchi bosh prokuror — Rashid Qodirov

    Rashid Qodirov.

    Rashid Qodirov.
    Foto: RFE/RL

    1952-yilda Andijonda tug‘ilgan Rashid Qodirov O‘zbekistonning uchinchi bosh prokurori hisoblanadi. Rashid Qodirov bu lavozimda ishlash bo‘yicha rekordchi hisoblanadi — 15 yil 2 oy.

    Andijon viloyati prokuraturasida faoliyatini boshlagan Rashid Qodirov 80-yillarda Davlat xavfsizligi qo‘mitasida ishlagan. 1991—1994-yillarda MXX raisi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. Keyinchalik “MXXda 25 yil fidokorona xizmati uchun” medali bilan ham taqdirlangan. 1994-yildan 2000-yilgacha bosh prokuror o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Qodirov O‘zbekistonda ro‘y bergan bir necha teraktlarni tergov qilishga mas’ul bo‘lgan.

    2015—2017-yillarda Konstitutsiyaviy sud a’zosi bo‘lgan. 2018-yil 23-fevralda Rashid Qodirov tovlamachilik, mansab vakolatini suiiste’mol qilish, pora olishda ayblanib hibsga olindi. 2019-yil iyunida Rashid Qodirovga 10 yil ozodlikdan mahrum qilish va eng kam oylik ish haqining 500 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

    To‘rtinchi bosh prokuror — Ixtiyor Abdullayev

    Ixtiyor Abdullayev (arxiv).

    Ixtiyor Abdullayev (arxiv).
    Foto: “Gazeta.uz”

    1966-yil Farg‘onada tug‘ilgan Ixtiyor Abdullayev 1990—1997-yillarda Farg‘ona viloyatida adliya va sudlov organlarida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan. 2000—2001-yillarda Andijon viloyati sudiga raislik qilgan, 2002—2006-yillarda adliya vaziri birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan.

    U 1997—2000-yillarda Prezident davlat maslahatchisi xizmatida referent, 2001—2002-yillarda Prezident davlat maslahatchisi o‘rinbosari, 2006—2010-yillarda Prezident davlat maslahatchisi bo‘lgan. 2010-yildan 2015-yilga qadar senator bo‘lgan Ixtiyor Abdullayev 2015-yil aprelida Bosh prokuratura rahbari etib tayinlangan. 2018-yil yanvarida esa u Milliy xavfsizlik xizmatining 23 yillik rahbari — Rustam Inoyatov o‘rniga xizmat negizida tashkil etilgan yangi tuzilma — Davlat xavfsizlik xizmati raisi etib tayinlangan edi.

    2019-yil fevralida sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sabab DXX rahbarligidan ketgani e’lon qilindi. Oradan bir necha oy o‘tganidan so‘ng Ixtiyor Abdullayevga nisbatan jinoyat ishi ochilgani ma’lum bo‘ldi. 2019-yil 27-sentabrda O‘zbekiston Harbiy sudi Ixtiyor Abdullayevni jinoiy uyushma tashkil etib, mansab vakolatini suiiste’mol qilib, uyushgan guruh va jinoiy uyushma manfaatlarini ko‘zlab, juda ko‘p miqdorda pora olish, O‘zbekiston manfaatlariga xilof ravishda bitimlar tuzish, tovlamachilik, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilish, bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish va shu kabi bir qator jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topib, jinoyatlar majmui tariqasida unga 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan edi.

    2020-yil 25-fevralda Harbiy sud Ixtiyor Abdullayevni pora olish va boshqa jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topib, 19 yil muddatga ozodlikdan mahrum etdi.

    Beshinchi bosh prokuror — Otabek Murodov

    Otabek Murodov.

    Otabek Murodov.
    Foto: “Daryo”

    1975-yil Qashqadaryoda tug‘ilgan Otabek Murodov 1998—2005-yillarda prokuratura tizimida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan. 2005—2011-yillarda Prezident devonida ishlagan. 2011—2014-yillarda adliya vaziri o‘rinbosari, 2015—2018-yillarda Prezident maslahatchisi bo‘lib ishlagan.

    2018-yil 31-yanvarda bosh prokuror etib tayinlangan. U yangi lavozimda ish boshlaganidan bir muddat o‘tib, sobiq bosh prokuror Rashid Qodirov qo‘lga olingandi.

    Otabek Murodov ham boshqa bir qashqadaryolik Usmon Xudoyqulov kabi bosh prokuror lavozimida bir yildan ortiq ishlay olmadi. 2019-yil 20-iyunda ishdan olinib, uning o‘rniga Senat raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev bosh prokuror etib tayinlandi. Bir kun o‘tib Prezident Shavkat Mirziyoyev Otabek Murodovga nisbatan jinoyat ishi ochilganini ma’lum qildi.

    Keyinroq Bosh prokuratura matbuot xizmati Otabek Murodov o‘zidan avvalgi bosh prokuror, DXX sobiq raisi Ixtiyor Abdullayev ishi doirasida tergov qilinayotganini ma’lum qildi. 2019-yil sentabrida esa Otabek Murodovning qamoqqa olingani ma’lum bo‘lgan edi.

    2020-yil 25-fevral kuni Otabek Murodov Harbiy sud tomonidan bir qator jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi. Sudlanuvchining sodir etgan jinoyatlari uchun chin ko‘ngildan pushaymon ekanligi va jinoiy qilmishlarni fosh qilishda faol yordam berganligi hamda jinoyat oqibatida yetkazilgan zarar to‘la qoplanganligi e’tiborga olinib, Otabek Murodovga 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

    26.02.2020, 07:44   Izoh (0)   188977
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Davlat ekologiya qo‘mitasi Andijonda atrof-muhitga zarar yetkazgan sement korxonasi faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi

    26.02.2020, 07:13

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi va 4 ta viloyatda IIV huquqbuzarliklar profilaktikasi boshliqlari almashdi

    26.02.2020, 06:12

    O‘zbekistonda 25-fevralgacha 1225 ta namuna koronavirus infeksiyasiga tekshirildi. Ularda kasallik aniqlanmadi

    25.02.2020, 23:43

    Shavkat Mirziyoyev Moliya, Iqtisodiyot va sanoat hamda Tashqi ishlar vazirliklaridagi tayinlovlarni tasdiqlovchi farmon va qarorlarni imzoladi

    25.02.2020, 23:12

    Samarqand—Toshkent—Sankt-Peterburg yo‘nalishida doimiy avtobus qatnovi boshlandi

    25.02.2020, 22:42

    Toshkentda 8-yo‘nalishda qatnaydigan Mercedes avtobusi yonib ketdi (video)

    25.02.2020, 22:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Sistit — bu uyat emas!


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Pokiston va Afg‘oniston chegarasida ISHID yetakchisidan biri ushlandi

    Dunyo | 1 iyun, 18:25

    Rossiyaning yadroviy qurol tashiydigan samolyotlari saqlanayotgan aerodromlar yalpi hujumga uchradi

    Dunyo | 1 iyun, 17:41

    Fransiyada “PSJ” g‘alabasidan keyingi tartibsizliklarda ikki kishi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 1 iyun, 17:30

    “Manchester Siti” “PSJ” futbolchisi uchun da’vogarlik qilmoqda

    Sport | 1 iyun, 17:10

    Rossiyada ayrim migrantlarga rus tili imtihoni bekor qilinishi mumkin

    Dunyo | 1 iyun, 17:00

    Buyuk Britaniya AQSHdan qo‘shimcha F-35 yadroviy qiruvchilarni sotib oladi

    Dunyo | 1 iyun, 16:25

    Jarima ballari, talabalarga maxsus stipendiya, vizasiz rejim: 1-iyundan kuchga kirgan asosiy o‘zgarishlar

    O‘zbekiston | 1 iyun, 15:42

    Antoni faoliyatini Bundesliga grandi safida davom ettirishi mumkin

    Sport | 1 iyun, 15:13
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.