Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Shovot tumani bandlikka ko‘maklashish markazi direktori B.A. 300 AQSh dollari pora olayotganida ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura “Daryo”ga ma’lum qildi.

Markaz direktori fuqaro J.K.dan uni ushbu markazga ishga qabul qilish evaziga pora talab qilib, o‘z xizmat xonasida 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan B.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.