• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shahar va qishloq joylarida uy-joylarni qurish hamda ipoteka krediti orqali sotishning yangi tartibi e’lon qilindi

    O‘zbekiston Moliya vazirligi prezidentning tegishli farmoniga muvofiq shahar va qishloq joylarida uy-joylarni qurish va ipoteka krediti orqali sotishning yangi tartibini e’lon qildi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bergan.

    Foto: Daryo

    Foto: Daryo

    Unga ko‘ra, uy-joy qiymati maydon kengligi bilan narxlanadi. Narxlar esa uchta kategoriyada 1 kvadrat metr uchun taqdim etilgan: qishloq joylarda (4,3 million so‘m), shaharda (5 million so‘m), Toshkent shahrida (5,5 million so‘m). Masalan, ikki xonali namunali xonadon uchun (45 kvadrat metr bo‘lgan taqdirda) qishloq joylarda 193 million 500 ming so‘m, shaharda 225 million so‘m, Toshkent shahrida esa 247 million 500 ming so‘m to‘lanadi. Rejalashtirilgan uy-joyning chegaralangan maydoni va qiymati o‘rnatilmaydi.

    Qishloq joylarda uy-joylar Andijon, Buxoro Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlari shaharlariga va tuman ma’muriy markazlariga tutash hududlarda quriladi (xonadonlar soni 4000 ta).

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar shaharlari va Toshkent shahrida jami 13 ming 750 ta uy-joylar quriladi.

    Ko‘p xonali uy-joyning qurilishi qishloq joylarda ham, shaharlarda ham tadbirkorlik subyekti tomonidan o‘z mablag‘lari, tijorat banklaridan olingan kreditlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. Ko‘p kvartirali uy-joylarni qurish uchun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘oriladigan yerlar va o‘rmon fondi yerlari toifasiga kirmaydigan, tashqi muhandislik-transport kommunikatsiyalariga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lgan va aholi zich yashaydigan joylashgan bo‘sh yer ajratiladi.

    Tortib kelinadigan muhandislik kommunikatsiyalari markazlashtirilgan manbalar hisobidan hamda tegishli ravishda “Hududiy elektr tarmoqlari” va “Hududgazta’minot” korxonalarining o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

    Ta’kidlanishicha, shaharlarda ipoteka kreditining eng ko‘p miqdori 80 foizgacha bo‘lishi mumkin. Qishloq joylarida qurilgan uy-joy uchun ipoteka krediti 90 foizgacha taqdim etiladi. Ya’ni ipoteka shartlari bilan uy-joy sotib olmoqchi bo‘lgan shaxs xonadon umumiy qiymatidan 10 foiz (qishloq joylarida) yoki 20 foizni (shaharlarda) to‘lashi lozim. Masalan, uch va undan ko‘p xonali kvartira uchun (58 kvadrat metr bo‘lgan taqdirda):

    • qishloq joylarida uy-joyning boshlang‘ich badal to‘lovi 24 million 940 ming so‘m;
    • shaharlarda 58 million so‘m (subsidiya berilgan taqdirda 29 million so‘m);
    • Toshkentda 63 million 800 ming so‘m (subsidiya berilgan taqdirda 31 million 900 ming so‘m).
    Subsidiya puli past daromadli va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan 13 mingdan ortiq oilaga budjetdan ajratiladi.

    Mavzuga doir: O‘zbekiston tijorat banklari 2019-yilda 67 261 kishiga ipoteka kreditlarini bergan

    Qishloq joylarda subsidiya ipoteka krediti foizining bir qismini to‘lash uchun, shaharlarda esa ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badal va foiz to‘lovlarini bir qismini to‘lash uchun ajratiladi. Bunda:
    • qishloq joylarda — 2400 oilaga birinchi besh yil davomida ipoteka krediti bo‘yicha foiz to‘lovlarining bir qismi uchun — 10 foizlik punktdan oshgan qismiga budjetdan subsidiyalar ajratiladi;
    • shaharlarda — 10,8 ming oilaga ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badal va foiz to‘lovlarining bir qismi uchun budjetdan subsidiyalar ajratiladi.

    Mavzuga doir:

    • “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari uchun bir yilda 6,1 trln so‘m sarflandi. Bu 2018-yilga nisbatan 1,5 trln so‘mga ko‘p
    • “Uylarni endi faqat adirlarga quramiz”. Andijon hokimi “Muhtasham yuz yil” serialidagi vaziyatni namuna qilib ko‘rsatdi
    Past daromadli va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan aholining alohida toifalariga quyidagilar kiritiladi:
    • uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalar;
    • og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar;
    • yoshlar ittifoqi a’zolari (yosh oilalar);
    • mehnat muhojirlari;
    • yetimlar;
    • og‘ir kasallikka chalinganlar va nogironlar.

    Mavzuga doir: 

    • O‘zbekistonda yoshlar qatlamini 18 dan 35 yoshgacha qilib belgilash taklif qilinmoqda
    • O‘zbekistonda migrantlarga uy ajratish tartibi belgilandi
    • O‘zbekistonda 2020-yili yosh oilalar uchun quriladigan uylarning boshlang‘ich badali davlat tomonidan to‘lab berilmasligi bildirildi
     

    Ipoteka krediti 15 yil muddatga banklar tomonidan rasmiylashtiriladi. Kreditning foiz stavkasi bozor shartlari asosida 20 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Subsidiya ajratish masalasida hududlardagi Davlat xizmatlar agentligiga 1-martdan e’tiboran murojaat qilish mumkin, deyiladi xabarda.

    25.02.2020, 08:23   Izoh (0)   49128
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Yaponiya va Janubiy Koreya bilan iqtisodiy hamkorlik istiqbollari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi

    24.02.2020, 23:27

    Samarqand va Jizzaxda quyosh elektr stansiyalari qurilishi bo‘yicha tender e’lon qilindi

    24.02.2020, 22:41

    DTM IIV xodimlari farzandlariga OTMlar imtihonlarida beriladigan imtiyozlar haqida ma’lumot berdi

    24.02.2020, 22:10

    Toshkentda emizikli bolasi bor ayolni urgan ruhiy xasta erkak qo‘lga olindi

    24.02.2020, 20:22

    “Farg‘onaazot”, Qo‘ng‘irot soda zavodi va Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodidagi davlat ulushi investorlarga sotilishi mumkin

    24.02.2020, 19:08

    Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya bilan hamkorlikda ITI tashkil etish haqida ko‘rsatma berdi

    24.02.2020, 18:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Moskvada 50 yoshli nogironni o‘ldirgan o‘zbekistonlik migrantga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    Dunyo | 25 iyul, 20:50

    “Yuventus” “Chelsi”ning Kenan Yildiz bo‘yicha taklifini rad etdi

    Sport | 25 iyul, 20:35

    O‘zbekiston yerlarining yarmidan ko‘p qismi qishloq xo‘jaligiga tegishli — Kadastr agentligi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 20:30

    TASS agentligi rahbar o‘rinbosari Ozarbayjonga tashrifidan so‘ng lavozimidan ozod etildi

    Dunyo | 25 iyul, 20:09

    AQSHda IT mutaxassisi qamoqxonadan bevosita venchur startapida ish boshladi

    Dunyo | 25 iyul, 19:46

    O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 6,8 foizga tushdi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 19:26

    Erdo‘g‘on Putin va Tramp bilan Istanbulda uchrashuv o‘tkazish imkoniyatini muhokama qilmoqchi

    Dunyo | 25 iyul, 19:19
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.