• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kitob

    Kulgili sarguzashtlar haqida jiddiy asar. “Don Kixot” romani haqida

    “Daryo” kolumnisti Nurbek Alimov “Jahon adabiyotining eng buyuk asarlari” rukni doirasida mashhur badiiy asarlarni tahlil qilishda davom etadi. Bu hafta u Migel de Servantesning “Don Kixot”  romani haqida hikoya qiladi.

    Fleshbek

    Asarni ilk bor  o‘quvchilik kezlarim o‘qiganman. O‘sha paytlarda bola ongim bilan qiziqarli va kulgili deb o‘ylagan romanga keyinchalik yana qaytgach, undagi juda ko‘p jihatlarga e’tibor qarata boshladim. Davr adabiyoti bilan tanishgach esa, asar hozirgacha eng mukammal roman janridagi kitoblardan biri ekaniga amin bo‘ldim.

    Аsar haqida

    “La-manchlik ayyor idalgo Don Kixot” yoki shunchaki “Don Kixot” – buyuk ispan yozuvchisi Migel de Servantes Saavedra qalamiga mansub roman. Asar ikki jildda nashr etildi. Birinchisi 1605-yilda, ikkinchisi 1615-yilda dunyo yuzini ko‘rdi. Roman ritsarlar haqidagi asarlarga parodiya sifatida yaratildi. Keyinchalik juda ko‘p tillarga tarjima qilinib, dunyo adabiyotining eng mashhur asarlaridan biriga aylandi.

    “Don Kixot” filmidan kadr

    “Don Kixot” filmidan kadr

    Syujet

    La-Manchdagi qashshoq zodagon, keksa Аlonso Kexana ritsarlar haqida juda ko‘p romanlar o‘qiydi, oqibatda o‘zi ham jahongashta ritsar bo‘lishni xohlaydi va o‘ziga Don Kixot nomini oladi. U sodda va keng fe’lli inson bo‘lib, ritsarlar faqat kuchsiz va nochorlarga yordam berish uchun yashaganiga qattiq ishonadi va adabiy qahramonlarni takrorlashni orzu qiladi, ammo kulgili vaziyatlarga duch keladi.

    Yo‘l bo‘yidagi qovoqxonaning egasi, Don Kixotning yelkasiga qoqib qo‘yish orqali unga ritsarlik rutbasini beradi. Safarga ketishdan oldin Don Kixot dehqon Sancho Pansani xizmatkor qilib yollaydi va uni o‘z qurolbardori etib tayinlaydi. Don Kixot kelajakda erishadigan barcha yutuqlarini qalbidagi yagona ayol – Dulsineyaga bag‘ishlaydi.

    Safar davomida Don Kixot va uning xizmatkori yo‘lda shamol tegirmonlarini uchratadi. Don Kixot ularni dahshatli mahluqlar deb qabul qiladi. Uning fikriga ko‘ra, sehrgar Freston mahluqlarga shamol tegirmoni ko‘rinishini bergan. Unga qarshi jangga kirgan Don Kixot mag‘lubiyatga uchraydi – tegirmon uni “qanoti” bilan surib tashlaydi va qurolini sindiradi.

    Biroz vaqt o‘tgach, sayohatchilar qo‘ylar podasini uchratadi. Don Kixot yana Frestonning sehr-jodusi bejiz emasligiga ishonadi: ritsarning so‘zlariga ko‘ra, sehrgar jangovar qo‘shinlarini hayvonlarga aylantirgan bo‘ladi. Sancho Pansa xo‘jayinini ishontirishiga qaramay, Don Kixot o‘zi tasavvur qilgan jangda qatnashishga shoshiladi, ammo yana omadsizlik – g‘azablangan cho‘ponlar ularni toshbo‘ron qiladi.

    Yo‘lovchilar sodda ritsarni ustidan kuladi. Don Kixot qo‘lga olingan qaroqchilarni ozod qiladi va ulardan bu qahramonligi haqida ko‘nglidagi ayoliga aytib berishini so‘raydi. Аmmo qaroqchilar Don Kixotni kaltaklaydi.

    Аtrofdagi odamlar Don Kixotni jinni deb o‘ylaydi, uni uyiga qaytarishga harakat qiladi. Qarindoshlari Don Kixotni uyda bir muddat ushlab turadi. Аmmo ko‘p o‘tmay u o‘zining sarguzashtlari haqida roman chop etilganini bilib, yana yo‘lga tushish tadorigini ko‘ra boshlaydi. Bir gersog ritsarni o‘z qasriga taklif qiladi, u o‘zini uning qahramonliklaridan qoyil qolganday tutsa-da, aslida, gersog Don Kixotning ustidan kular edi.

    “Don Kixot” filmidan kadr

    “Don Kixot” filmidan kadr

    “Ko‘zgular ritsari”ga qarshi kurashda yutqazgandan keyin uyga qaytgan Don Kixot shunchaki odamlarga kulgu bo‘lganini anglaydi va qayg‘uga cho‘mib kasal bo‘lib qoladi.

    Don Kixot o‘z mol-mulkiga vasiyatnoma yozadi, hamma narsani jiyaniga qoldirmoqchi bo‘ladi, lekin u vasiyatnomaga hech qachon ritsarlar haqidagi bema’ni romanlarni o‘qigan odamga turmushga chiqmaslik shartini kiritib qo‘yadi.

    Tahlil

    Ispan adabiyotining eng buyuk asarini qisqa satrlarda tahlil qilib chiqish juda murakkab ish. Bu asar haqida ko‘p narsa yozilgan bo‘lsa-da, u hali-hanuz ko‘plar uchun noma’lum bo‘lib qolmoqda. Uzoq asrlar davomida o‘z yurtida adabiyot titani deb qaralgan Servantes, uni endi qo‘liga olgan o‘quvchiga eski uslubdagi, og‘ir va qiyin muallif sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. Ko‘p sahifali Don Kixotni o‘qib chiqish ulkan vazifa sifatida ko‘rinishi tabiiy, ammo asar tili juda yaxshi, muallif so‘zlashish tilidan foydalangani sababli o‘qish oson.

    Kanonik matnga birinchi marta duch kelganimdan keyingi uni eng yaxshi tasvirlaydigan so‘z “kulgili” so‘zi edi. Dastlab, kitobga murojaat qilgan o‘quvchi asardagi kulgili vaziyatlar ko‘pligidan hayratda qoladi. Ishoning, agar “Don Kixot” dunyoning eng buyuk romanlaridan biri bo‘lsa, bu aniq uning shunchaki mutoyiba uchun yozilganidan emas. Davrlar o‘tsa-da, oddiy, bachkana yumordan uzoq bo‘lgan, istehzo va parodiyaga asoslangan Servantesning uslubi bugungi kunda ham dolzarb hisoblanadi.

    Don Kixot adabiyotga qiziquvchilar uchun qimmatli marvarid, chunki unda Servantes katta muvaffaqiyat bilan davr adabiyotini to‘liq ko‘rsatib beradi: psixologik hikoyalar, pastoral sarguzashtlar, har xil she’riy kompozitsiyalar... Yevropa adabiyoti oltin asri urf-odat va ritorikalari ko‘z oldimizda yoqimli va oson hazm bo‘ladigandek namoyon bo‘ladi.

    Аdabiyotga uning ichidan qarashni yoqtiradigan yoki romantik ijodning yirik novatorligiga duch kelmoqchi bo‘lgan kishi uchun Don Kixot asari juda muhim. Unda biz o‘sha davrning boshqa har qanday asarlariga qaraganda to‘liqroq va hozirgi zamonaviy tushunchasidagi asl romanni topamiz. Аdabiy janrlar katalogida Don Kixotni zamonaviy roman va hatto postmodern ritorikasining tarkibiy qismi sifatida ham ko‘rib chiqishimiz mumkin: arxetiplar oldida belgilar yaratish, satrlarda polifonik dialoglardan foydalanish, erkin uslub va romanning eng ko‘p ishlatiladigan mexanizmi bo‘lgan uzilishlar orqali noaniqlik muhiti shunday xulosaga olib keladi. Chunki siz Servantesning buyuk adabiy zamondoshlari bo‘lgan Lope de Vega, Fransua Rable, Mishel de Montan va Uilyam Shekspirlar ijodida yuqorida sanab o‘tilgan xislatlarni topa olmaysiz.

    Garchi ommaviy fikr Don Kixotni kulgili asar deb bilsa-da, roman juda ko‘p narsalarni o‘z ichiga olgan. Asarni ikki marta boshqa-boshqa taassurot bilan o‘qib chiqish mumkin, biri yuzaki va shunchaki dam olish maqsadida, ikkinchisi chuqur tahlil bilan. Asar asta-sekin, ehtimol muallif ko‘zlamagan inson tabiati va uning ikki tomonlama psixologik faoliyatining chuqur tahliliga aylangan. Bu olijanob, ammo voqelik idealizmi va amaldagi realizm tomonidan ezilgan inson psixologiyasi.

    Аsarda Servantes o‘z davrining buzuq jamiyatini tahlil qiladi, ammo axloq-odob va nasihat ohangidan foydalanmaydi. Hazil – bu tanqidiy mulohaza yuritishning eng yaxshi usuli.

    Madrid maydonidagi Don Kixot va Sancho Pansa haykali

    Madrid maydonidagi Don Kixot va Sancho Pansa haykali

    Shuni yodda tutish kerakki, Servantes Madrid adabiyot doiralarining yopiq dunyosida katta muvaffaqiyatga erishishga harakat qildi. Boshqa mualliflardan farqli o‘laroq, u eshiklarni ochish uchun imtiyozga ega emasdi. Biroq bunga loyiqligini asar orqali isbotladi.

    Xulosa

    Kitobni o‘qib chiqmagan odamlar Don Kixot haqida eshitishi bilan uning kulgili qiyofasini eslaydi, shamol tegirmonlariga qarshi jang qilgan telba haqidagi qalin kitobni tasavvur qilib, o‘qishdan voz kechadi. Birinchi yondashuvda kitob yuqorida aytilgani kabi tuyulishi tabiiy, ammo bu tushunchalaringiz sizni aldayotgan bo‘lishi ham mumkin. Kitobni albatta o‘qib chiqing.

    Iqtiboslar

    – Senyor, – dedi Sancho, – buyruq berish har doim yoqimli deb o‘ylab qoldim, hatto qo‘ylar podasiga bo‘lsa ham;

    Osilib o‘lgan odamning uyida arqon haqida gapirmaydilar;

    Dunyodagi eng yaxshi dori ham, agar bemor uni qabul qilishdan bosh tortsa, unga yordam bermaydi;

    – Hamma ayollar shunday, – dedi Don Kixot. – Ular tabiatining o‘ziga xos xususiyati shundaki, ularni sevganlarni mensimaydilar va ulardan nafratlanganlarni sevadilar;

    Eshak asal bilan boqilmaydi;

    Qiziqarli faktlar

    Roman syujeti Servantes qamoqda bo‘lgan paytida o‘ylab topilgan;

    Don Kixotning mashhurligi hozirgi ispan tilining rivojiga katta ta’sir ko‘rsatgan;

    Аyrim hisob-kitoblarga qaraganda, asar dunyoda eng ko‘p sotilgan kitoblardan sanaladi.

    Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

    Mavzuga doir:

    • “Men insonman. Men sevishim kerak”. “Eljernon uchun gullar” romani haqida
    • “Bu hayotda yo ovchisiz, yo o‘lja”. “Buyuk Getsbi” romani haqida
    • O‘smirlikdan o‘tish qiyinchiliklari va Jerom Selinjerning “Javdarzordagi xaloskor” romani haqida
    • “Qancha urinma, og‘ritganda og‘riydi”. Xaruki Murakamining “Norvegiya o‘rmoni” romani haqida
    • Xolokost dahshatlari yosh bolakay ko‘zi bilan. “Yo‘l-yo‘l pijamali bola” romani haqida
    • Daydi bola daftari. Dikkensning “Oliver Tvist” romani haqida
    • “Ayol yig‘lay olmasa, bu dahshatli narsa”. “Shamollarda qolgan hislarim” romani haqida
    • “Ochlik hatto sherlarni ham yuvosh qilib qo‘yadi”. “Robinzon Kruzo” romani haqida
    • “Mag‘rurlik kambag‘allar uchun hashamatdir”. “Shaxmat novellasi” haqida

    25.02.2020, 16:24   Izoh (0)   133542
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shavkat Mirziyoyev quruvchilarni kasb bayrami bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 9 avgust, 19:47

    “Endi prezidentlikka nomzodimni qo‘ymayman” — Belarus prezidenti

    Dunyo | 9 avgust, 19:35

    “Barselona” Ferran Torres uchun kelgan ikkita taklifni rad etdi

    Sport | 9 avgust, 19:31

    Tanqid va gumonlarga duch kelgan mashhur turk juftliklari

    Kino | 9 avgust, 19:01

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Dilmurod Islomov vafot etdi

    O‘zbekiston | 9 avgust, 18:26

    “AQSH harbiylari mamlakatga kiritilmaydi” — Meksika prezidenti

    Dunyo | 9 avgust, 18:15

    O‘zbekiston Ozarbayjon—Armaniston tinchlik kelishuvini olqishladi

    O‘zbekiston | 9 avgust, 17:46

    Ekspert Habib va Konor o‘rtasidagi revansh jang nega o‘tkazilmaganini ochiqladi

    Sport | 9 avgust, 17:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.