Kolumbiya Vakillar palatasi (parlamentning quyi palatasi) prezident Ivan Dukega nisbatan tergov ishini ochdi. U 2018-yilgi prezidentlik saylovlarida saylovchilarning ovozini sotib olishga gumonlanmoqda. Bu haqda ayblov komissiyasi rahbari Jon Xayro Kardenasga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Foto: Yandex News

“Biz respublika prezidentiga nisbatan rasman tergov boshlashga qaror qildik”, — deydi Kardenas.

Kardenasning ta’kidlashicha, komissiyaga deputat David Raserodan prezidentga nisbatan shikoyat kelib tushgan. Unda siyosatchi Kongressning sobiq a’zosi Aida Merlanoga tayanib, Dukeni 2018-yilgi prezidentlik kampaniyasida korrupsion sxemalardan foydalanishda ayblagan.