• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev Yaponiya va Janubiy Koreya bilan iqtisodiy hamkorlik istiqbollari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-fevral, dushanba kuni, Yaponiya va Koreya Respublikasi bilan ikki tomonlama investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlikning joriy holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Ta’kidlanishicha, davlatlar rahbarlarining siyosiy irodasi va muntazam muloqotlari tufayli O‘zbekistonning ushbu mamlakatlar bilan munosabatlari strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgan, hamkorlikning turli yo‘nalishlarida yaqin aloqalar yo‘lga qo‘yilgan.

    2019-yilda ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochgan samarali tashriflar bo‘lib o‘tdi. Xususan, 18—21-aprel kunlari Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In O‘zbekistonda, 17—20-dekabr kunlari esa O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiyada tashrif bilan bo‘ldi. Uchrashuv va muzokaralar natijasida salmoqli hukumatlararo va idoralarlaro hujjatlar imzolandi, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy kelishuvlarga erishildi.

    Ta’kidlanishicha, yig‘ilishda ushbu mamlakatlar bilan o‘zaro savdo va investitsiya ko‘rsatkichlari izchil oshib borayotgani ta’kidlandi. O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 400 million dollardan ortdi. Bugungi kunda O‘zbekistonda Yaponiya kapitali ishtirokida 30 ga yaqin korxona faoliyat yuritmoqda.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Amaldagi loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha yangi takliflar ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratildi.

    Yaponiyalik sheriklar bilan hamkorlikda geologiya, kimyo va neft-kimyo, bank-moliya, sog‘liqni saqlash va ta’lim kabi sohalarda umumiy qiymati 6,6 milliard dollarlik 48 ta loyiha amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

    Xususan, HIS kompaniyasi bilan mehmonxonalar qurish, Isuzu va Itochu bilan “SamAvto” korxonasi ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) bilan Navoiy issiqlik energiya stansiyasida energiya bloklari (Navoiy-3) qurish bo‘yicha va ko‘plab boshqa loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

    Yig‘ilishda turli ikki tomonlama tadbirlar, jumladan, ishbilarmon doiralarning o‘zaro tashriflarini tashkil etish, yangi qo‘shma loyihalar ishlab chiqish orqali O‘zbekiston—Yaponiya hamkorligini yanada faollashtirish zarurligi ta’kidlandi.

    Qayd etilishicha, Janubiy Koreya bilan ham iqtisodiy aloqalar salmoqli darajada rivojlanmoqda. Xususan, o‘tgan yil yakuniga ko‘ra, ikki tomonlama savdo hajmi 2018-yilgiga nisbatan 27 foizga, jumladan, eksport 30,1 foizga oshdi. 2019-yilning o‘zida O‘zbekistonda Janubiy Koreya sarmoyalari ishtirokida 198 ta korxona tashkil etildi, ularning umumiy soni 800 dan oshdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Koreyalik sheriklar bilan birgalikda Toshkent shahrida bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazini qurish loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. Toshkent viloyatining Qibray tumanida Tashkent Farma Park innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmasevtika klasterini yaratish ishlari boshlandi. Mazkur loyiha ilmiy-tadqiqot markazi, laboratoriyalar, vivariy, farmakopeya markazini o‘z ichiga olgan Farmasevtika texnika universiteti hamda dori vositalari, tibbiyot buyumlari va texnikasini ishlab chiqarish uchun sanoat zonasi tashkil etishni nazarda tutadi.

    Qishloq xo‘jaligi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, sog‘liqni saqlash, kimyo, tekstil, elektrotexnika, farmasevtika va zargarlik sanoati, ta’lim va innovatsiyalar hamkorlikning yangi istiqbolli yo‘nalishlari sifatida qayd etildi.

    Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) texnik ko‘magi bilan 2019-yilda sog‘liqni saqlash va standartlashtirish bo‘yicha umumiy qiymati 13 million dollarlik ikkita grant loyihasi doirasida ish olib borildi, 29,6 million dollarlik yana 6 loyiha amalga oshirilmoqda. 2020—2022-yillarda umumiy qiymati 72,2 million dollarlik yana 10 ta loyiha masalasi o‘rganilmoqda.

    Janubiy Koreya “Eksimbank”i bilan hamkorlik doirasida investitsiya loyihalarini moliyalashtirish va birgalikda moliyalashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasiga 2 milliard dollarlik resurslar jalb qilindi va 14 ta strategik muhim loyiha amalga oshirildi. Umumiy qiymati 608 million dollarlik 6 ta loyiha ustida ish boshlandi.

    Qayd etilishicha, Yaponiya va Janubiy Koreya bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish natijasida 40 mingdan ziyod yangi ish o‘rinlari yaratish, ishlab chiqarish hajmini 4,1 milliard dollarga, eksport hajmini esa 1,14 milliard dollarga oshirish nazarda tutilgan.

    Prezident Shavkat Mirziyoyev oliy darajadagi tashriflar yakunida ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari”da 2020-yilga belgilangan chora-tadbirlarning to‘liq va sifatli ijrosini ta’minlash zarurligini ta’kidladi.

    Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlarining hisobotlari tinglandi, aniq vazifalar belgilandi.

    24.02.2020, 23:27   Izoh (0)   21637
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqand va Jizzaxda quyosh elektr stansiyalari qurilishi bo‘yicha tender e’lon qilindi

    24.02.2020, 22:41

    DTM IIV xodimlari farzandlariga OTMlar imtihonlarida beriladigan imtiyozlar haqida ma’lumot berdi

    24.02.2020, 22:10

    Toshkentda emizikli bolasi bor ayolni urgan ruhiy xasta erkak qo‘lga olindi

    24.02.2020, 20:22

    “Farg‘onaazot”, Qo‘ng‘irot soda zavodi va Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodidagi davlat ulushi investorlarga sotilishi mumkin

    24.02.2020, 19:08

    Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya bilan hamkorlikda ITI tashkil etish haqida ko‘rsatma berdi

    24.02.2020, 18:40

    O‘zbekistonda 68 ming talabaning yotoqxonaga ehtiyoji bor. Uni qondirish uchun 3 trln so‘m kerak

    24.02.2020, 18:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ukrainadagi urushni tugatishning 5 ta yo‘li ma’lum qilindi

    Dunyo | 8 avgust, 10:55

    O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 10:52

    Sog‘liqni saqlash vazirligi soxta tabiblardan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 10:36

    Malayziyada homiladorlik tufayli 28 yoshli ayol to‘satdan “qarib qoldi” (foto)

    Dunyo | 8 avgust, 10:24

    Isroil urushni tugatish uchun 5 ta shart belgiladi

    Dunyo | 8 avgust, 10:09

    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?

    Reklama | 8 avgust, 09:00

    “Lopesga ko‘rsatgan bag‘rikengligimizni dindor ayollarimizga ham ko‘rsataylik” — Alisher Qodirov

    O‘zbekiston | 8 avgust, 09:50

    Firibgarlik sxemalari haqida film va seriallar: ularning qurboniga aylanmaslik uchun nimalar qilish kerak?

    Kino | 8 avgust, 09:42

    O‘zbekistonda trener-o‘qituvchilarga malaka toifalarini berish tartibi belgilandi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 09:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.