Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi savdo majmualarining birida 24-fevral kuni soat 05:37 da yong‘in sodir bo‘ldi.
FVV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, savdo majmuasi “Bahoriston” mahallasi Mustaqillik ko‘chasi joylashgan bo‘lib, yong‘in 2 qavatli binoning 2-qavatida yuz bergan.
Oqibatda, 18 ta savdo obyektlari, umumiy maydoni 630 metr kvadrat qismi yong‘indan zararlangan.
Voqea joyiga Surxondaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan. Qutqaruvchilarning olib borgan tezkor harakatlari natijasida binoning 1 680 metr kavadrati yong‘indan saqlab qolingan.
Tan jarohati olganlar yo‘q. Yong‘in sababi va moddiy zarar aniqlanmoqda.
Avvalroq Yunusoboddagi xonadonda yong‘in yuz bergani xabar berilgan edi.
Izoh (0)