O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, 21-fevral kuni shahar ko‘chalaridan birida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi M.K. vafot etgan. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Bosh konsulxona zarurat tug‘ilganda O‘zbekiston fuqarosining jasadini dafn etish uchun O‘zbekistonga yuborishda uning qarindoshlariga konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarda yordam berish uchun vaziyatni nazoratga olgan.
Avvalroq, Rossiyaning Krasnodar shahridagi qurilish obyektlaridan birida 18-fevral kuni O‘zbekiston fuqarosi M.A. balandlikdan yiqilib tushib vafot etgan, 19-fevral kuni boshqa bir o‘zbekistonlik Rossiyaning Volgograd viloyati Ilovlya tumanida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)