Mehnat vazirligi huzuridagi Migratsiya agentligi matbuot xizmati Janubiy Koreyaga ketish shartlari haqidagi ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, layoqatli ishchi maqomini olgan fuqarolar (VIP) quyidagi talablar bo‘yicha saralanadi va Janubiy Koreyaga ishga ketish uchun test imtihonlari talab qilinmaslik shartlari quyidagicha:
- Koreya Respublikasida 4 yil 10 oy bir korxonada mehnat faoliyatini amalga oshirgan va shartnomasi tugagandan so‘ng korxonadan qayta shartnoma bilan kelgan fuqarolar;
- bunda fuqaro birinchi mehnat shartnomasini tugatgandan so‘ng yoshi 39 yoshdan oshgan bo‘lsa ham qayta shartnoma bilan mehnat faoliyatini amalga oshirishi mumkin;
- xorijga chiqish uchun taqiqi bo‘lmagan hamda xorijga chiqish pasporti mavjud fuqarolar;
- har tomonlama sog‘lom, yuqumli kasallikka chalinmagan fuqarolar;
- Koreya Respublikasi hududiga kirishga taqiqi yo‘q fuqarolar;
- muqaddam sudlanmagan fuqarolar;
- Koreya Respublikasida 5 yildan ortiq muddatda ishlamagan fuqarolar.
Fuqarolarni Koreya Respublikasiga ishga jo‘natish (E-9 ishchi viza) huquqiga ega yagona tashkilot Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hisoblanadi, xususiy bandlik agentliklarining bunga vakolati yo‘q.
Mavzuga doir:
- O‘zbekistondagi xususiy bandlik agentliklaridan birining litsenziyasi vaqtinchalik to‘xtatildi
- Foto: Human xususiy bandlik agentligidan jabr ko‘rganlarga pullari qaytarilmoqda
- Shavkat Mirziyoyev Human agentligidan jabrlangan mingdan ortiq fuqaroning pullarini davlat hisobidan qaytarish haqida ko‘rsatma berdi
Izoh (0)