Samarqanddagi to‘y azaga aylanishiga bir baxya qoldi: qashqadaryolik 35 yashar fuqaro to‘yga borib, bir lagan osh uchun tanishi bilan janjallashib qoladi. Tortishuv pichoqbozlikka borib yetadi. Bu haqda “Zamon” axborot dasturi xabar bermoqda.
Voqea mehmonlarga tortiq qilinayotgan osh ustida boshlandi. Misliddin qozon ustida bir tovoq osh olmoqchi bo‘lganida jabrlanuvchi Aziz Qurbonov bilan tortishib qoladi. O‘rtadagi dahanaki tortishuvda Aziz nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilganidan darg‘azab bo‘lgan Misliddin uni go‘yo uzr so‘rash uchun tashqariga olib chiqadi va biqiniga pichoq uradi.
Shundan so‘ng holsizlanib qolgan yigitni uy ichiga olib kirib, yana ikki marotaba shu ishini takrorlaydi. Misliddinni muqarrar qotillikdan kuch ishlatib, chetga olgan otasi saqlab qoldi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Tayloq tuman sudida mazkur ish ko‘rib chiqilib, Misliddin Jalilovga 6 yil qamoq jazosi tayinlandi.
Izoh (0)