24—28-fevral kunlari Litvaning Seym (parlament) vitse-spikeri Irena Shyaulene boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga keladi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Litva delegatsiyasining tashrifi davomida mehmonlar bilan Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari, Savdo-sanoat palatasi rahbariyati bilan hamda Toshkent shahri va Samarqand viloyati hokimliklarida uchrashuvlar o‘tkaziladi.
Shuningdek, xorijiy davlat delegatsiyasi Toshkent va Samarqand shaharlarida EDUFAIR — Education and Career Exhibition — 2020 xalqaro namunali ko‘rgazmada ishtirok etadi.
Izoh (0)