• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Po‘lat Bobojonov Xorazmda 10 nafar IIV xodimini xizmat vazifasidan ozod qildi

    O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Xorazm viloyatida o‘tkazilgan o‘rganishlar yakuni bo‘yicha Ichki ishlar boshqarmasida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Xorazm IIB axborot xizmati xabar bergan.

    Foto: Xorazm IIB axborot xizmati

    Foto: Xorazm IIB axborot xizmati

    Unda ichki ishlar vaziri, general-leytenant P.Bobojonov, viloyat hokimi F.Ermanov, viloyat va shahar-tuman sektor rahbarlari, jumladan, ichki ishlar, prokuratura, soliq, shuningdek, jinoyat va huquqbuzarliklar profilaktikasi uchun mas’ul bo‘lgan barcha davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etgan.

    Yig‘ilishda 2019-yil davomida va joriy yilning o‘tgan davrida viloyatda jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash borasida hamkorlikda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligiga qaratilib, aholi tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash va fuqarolarning mol-mulklarini ishonchli himoya qilish, yoshlar ishtirokidagi huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy tahlil qilindi.

    Foto: Xorazm IIB axborot xizmati

    Foto: Xorazm IIB axborot xizmati

    Shuningdek, ichki ishlar vaziri P.Bobojonov barcha tuman-shaharlarda 4 ta sektor rahbarlari ishtirokida shaxsiy tarkib bilan suhbatlar o‘tkazib, mahalla, huquq-tartibot idoralari va jamoatchilik bilan hamkorlikni kuchaytirish, aholi uchun xavfsiz sharoitlarni yaratish borasida topshiriqlarni berdi.

    Bundan tashqari yig‘ilish davomida Xorazm viloyatida jinoyatchilikni jilovlash va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash borasida mas’ul idoralarning o‘zaro hamkorlikdagi ishlarida kamchiliklar mavjudligi, viloyatning 254 ta mahallalarida sodir etilgan har yettinchi jinoyat “Istiqlol”, “Temir yo‘lchi”, “Olimpiya”, “Do‘stlik”, “Ma’rifat”, “Bog‘dor” va “Taraqqiyot” mahallalari hissasiga to‘g‘ri kelayotganligi ta’kidlanib mahalla hududida jinoyatlar sodir etilishining barvaqt oldini olish maqsadida tashkil etilgan “Jamoatchilik nazorati maskanlari” faoliyatini yo‘lga qo‘yish, sektor rahbarlari ishtirokida jinoyatlar muhokamasini o‘tkazish borasida hokimlik, prokuratura, soliq va ichki ishlar organlari hamda jamoatchilik yetarli darajada e’tibor qaratishi lozimligi va bu borada aniq rejaga asoslangan yo‘l xaritasini ishlab chiqish lozimligi ta’kidlandi.

    Viloyatda kriminogen vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgartirish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va jamoat xavfsizligini ta’minlash borasidagi hamkorlikdagi ishlarni kuchaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi:

    • har oyda tuman-shahar sektor rahbarlari tomonidan o‘zining hududida kriminogen vaziyati og‘ir, eng ko‘p jinoyat sodir etilayotgan mahallalar aniqlanib, kelgusida ularning jinoyatchilikni jilovlash borasidagi rejalari bo‘yicha hisoboti viloyat sektor rahbarlari huzurida muhokama qilish tartibini joriy etish;
    • jinoyatchilik tahlili 2019-yil mobaynida va 2020-yilning yanvarida jinoyatlar soni oshib ketayotgan Urganch shahriga viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari T.Qazaqov va jinoyatlar salmog‘i yuqoriligicha saqlanayotgan Qo‘shqo‘pir, Yangiariq, Yangibozor va Bog‘ot tumanlariga viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosarlarini biriktirib, ularning rahbarligida viloyat darajasidagi tegishli idora va tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzib, vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgartirish bo‘yicha choralarni ko‘rish;
    • har oyda voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, uyushmagan yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni jamiyatning faol a’zosiga aylantirish borasidagi ishlarni kuchaytirish, shuningdek, ota-onasi uzoq muddatga chiqib ketgan voyaga yetmaganlarga vasiy va homiylarni biriktirish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni belgilash bo‘yicha topshiriqlar berildi.
    Qolaversa, xotin-qizlar o‘rtasida sodir etilayotgan jinoyatlar, axloqsiz xatti-harakatlar, ajrimlar, o‘z joniga qasd qilish kabi salbiy illatning oldini olish borasidagi ishlarni tanqidiy o‘rganib, viloyat Xotin-qizlar kengashi raisi boshchiligida ishchi guruh tuzib, 2020-yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish bo‘yicha manzilli topshiriqlar berildi.

    Foto: Xorazm IIB axborot xizmati

    Foto: Xorazm IIB axborot xizmati

    Yig‘ilish davomida o‘z xizmat vazifalarni bajarishda mas’uliyatsizlik va beparvolik bilan yondashib, xizmat vazifasini lozim darajada bajarmaganligi uchun viloyat IIB harbiy safarbarlik bo‘limi boshlig‘i R.Xodjiyev, Ekspert-kriminalistika bo‘limi boshlig‘i Q.O‘rinov, Xiva tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari D.Madraximov va Hazorasp tumani IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi boshlig‘i A.Yusupov va yana 6 nafar profilaktika inspektorlari egallab turgan lavozimlaridan ozod qilindi. Shuningdek, bir qator xodimlarga intizomiy jazo choralari qo‘llanildi.

    Uchrashuv yakunida so‘z olgan viloyat hokimi F.Ermanov yig‘ilishda ta’kidlangan kamchiliklar yuzasidan fikr bildirib, kelgusida ushbu yo‘nalishdagi ishlarni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish, jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish bo‘yicha yo‘l xaritalarni ishlab chiqish va amalga oshirish yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berdi, deyiladi Xorazm IIB axborot xizmatining xabarida.

    Mavzuga doir: Po‘lat Bobojonov Navoiyda qator ichki ishlar xodimlarini ishdan bo‘shatdi

    20.02.2020, 11:31   Izoh (0)   26718
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yangiyo‘lda yo‘lovchi tashuvchi Istana mikroavtobusi yonib ketdi

    20.02.2020, 11:16

    O‘zbekistonda haydovchilik guvohnomasini olish uchun avtomaktablarda o‘qish majburiyligini bekor qilish taklif etildi

    20.02.2020, 10:57

    Jurnalist Davlatnazar Ro‘zmetovni urib yuborgan haydovchiga sud hukmi o‘qildi

    20.02.2020, 10:18

    Toshkent viloyati hokimiga uch nafar yangi o‘rinbosar tayinlandi

    20.02.2020, 09:29

    Yana bir agentlik Toshkent propiskasiga iltimosnoma kirita oladigan davlat organlari ro‘yxatiga kirdi

    20.02.2020, 07:46

    “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish kiritilishi mumkin

    20.02.2020, 06:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Misrdan O‘zbekistonga gepatit C ga qarshi dori vositalari to‘rtinchi partiyasi yetkazildi

    O‘zbekiston | 22 iyun, 13:40

    Eron yadroviy obyektlari AQSH hujumidan oldin evakuatsiya qilingan — OAV

    Dunyo | 22 iyun, 13:07

    Ukraina tez orada qurol eksportini yo‘lga qo‘yadi

    Dunyo | 22 iyun, 12:54

    O‘zbekistonda hafta boshida 44 darajagacha issiq bo‘ladi

    O‘zbekiston | 22 iyun, 12:20

    Tramp Eronga hujum sabab impichment bilan yuzlashishi mumkin

    Dunyo | 22 iyun, 11:55

    Fransiya klubi skauti Eldor Shomurodov atrofidagi vaziyatni kuzatmoqda

    Sport | 22 iyun, 11:51

    Ishga borish taqiqlanadi: Isroildagi o‘zbekistonliklar yangi cheklovlar haqida ogohlantirildi

    O‘zbekiston | 22 iyun, 11:18

    Eron yadro obyektlaridagi ehtimoliy halokatning O‘zbekistonga ta’siri bormi?

    O‘zbekiston | 22 iyun, 10:54
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.