Massachusetsning Boston shahrida 18-fevral, seshanba kuni, bir necha o‘smirlar Lamborghini dilerlik markaziga kirib, ko‘cha poygalarini uyushtirish uchun ikkita Urus krossoverini o‘g‘irlab ketdi, deb yozmoqda Motor.
Avtosalon tunab ketilgani shaharda ikkita lyuks avtomobilning katta tezlikda yurgani haqida politsiyaga xabar kela boshlaganidan keyin ertasi kuni ertalab ma’lum bo‘lgan.
Patrul mashinalari balog‘atga yetmagan huquqbuzarlar iziga tushgan, ammo o‘smirlarning haydashni bilmasligi (ularda haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan) ularga pand bergan va boshqaruvni yo‘qotib, bir biriga urilgan.
Har ikkala avtomobil ham shikastlangan. Yetkazilgan zarar miqdori hozircha e’lon qilinmagan, ammo AQShda yangi Lamborghini Urus’ning narxi 200 ming dollarni tashkil qilishi ma’lum.
Izoh (0)