AQSh harbiy havo kuchlari xizmatchilariga hijob kiyish, salla o‘rash, soch o‘stirish va soqol qo‘yishga ruxsat berildi, deb xabar bermoqda “Interfaks” CNN’ga tayanib.

Foto: “Newsru.com”

Qayd etilishicha, shunday yo‘l bilan harbiy rahbariyat o‘z e’tiqodlari va an’analariga rioya qilishni xohlaydigan musulmon hamda sikx harbiylarga yon bosishga qaror qilgan.

Buning uchun ularning tashqi ko‘rinishi orasta bo‘lishi va konservativ bo‘lishlari talab etilmoqda. Shu paytgacha sikxlar va musulmonlar diniy kiyimlarni kiyish uchun harbiy rahbariyatdan alohida ruxsat so‘rashlari kerak edi va bu jarayon uzoq vaqt olardi.

Yangi tartibga ko‘ra AQShda xizmat qilayotgan harbiylarning so‘rovlarini ko‘rib chiqish jarayoni 30 kundan, boshqa hollarda 60 kundan oshmasligi kerak.