• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Andijonda o‘quvchi qizni poyezd urib ketgandi. Unga “o‘sha kuniyoq shifoxonadan uyiga javob berilgani” haqidagi prokuratura xabari yolg‘on bo‘lib chiqdi

    Andijonning Izboskan tumanida 11-fevral kuni soat 9:57 atrofida “Kuyganyor” va “Poytug‘” stansiyalari oralig‘idagi temiryo‘lda 2003-yilda tug‘ilgan, 9-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Nurjahon Turg‘unovani poyezd urib ketgani haqida xabar berilgan edi. Farg‘ona transport prokuraturasi axborotiga ko‘ra, qiz dugonasi bilan temiryo‘l bo‘ylab suhbatlashib kelayotgan bo‘lgan hamda teplovozning ogohlantirish signaliga e’tibor bermagan; ta’kidlanishicha, teplovoz keskin tormoz berib to‘xtayotgan vaqtida o‘smir qiz ehtiyotsizligi sabab teplovozning chap narvoniga urilib ketgan.

    “Jabrlanuvchi shifoxonaga olib borilganida unga bosh miya chayqalishi va bosh tepa qismida 2 santimetr yoriq bo‘lgan jarohat aniqlangan. O‘smir qizga zaruriy tibbiy yordam ko‘rsatilgach, o‘sha kunning o‘zidayoq uyiga javob berilgan”, — deyiladi Farg‘ona transport prokuraturasining 13-fevraldagi axborotida. Biroq prokuraturaning ushbu axborotini ishonarli deb bo‘lmaydi — “Daryo” muxbiri Umidjon Mamarasulovning xabar berishicha, o‘quvchi qiz shifoxonaga og‘ir ahvolda olib kelingan, 14-fevralda operatsiya qilingan va hali ham shifokorlar nazorati ostida qolmoqda.

    Voqea dars vaqtida yuz bergan

    Nurjahon Turg‘unova birinchi soat darsidan so‘ng 8-sinfda o‘qiydigan dugonasi Hafiza Tillayeva bilan maktabdan chiqib ketgan. Qizlar maktabdan beruxsat, hech kimni ogohlantirmay, o‘zboshimchalik bilan chiqib ketishganini o‘zlari ham tasdiqlashmoqda. Nurjahonning sinf rahbari Nafisa Mirzamatovaning ta’kidlashicha, o‘quvchisi ikkinchi va uchinchi soat darslarida qatnashmaganidan so‘ng, uni izlashga tushgan.

    Foto: “Daryo”

    “Birinchi soatda navbatchi yo‘qlamaga kirganda u darsda bo‘lgan. Ikkinchi soat darsida kech qolganlar va darsga kelmaganlar haqida so‘rash uchun kirganimda, Nurjahonning ko‘chaga chiqib ketganini aytishdi. Ikkinchi soat darsim borligi sabab darsga kirib ketdim. Uchinchi soatda sinfga o‘zim dars o‘tishim kerak edi — shunda ham uning yo‘qligi uchun havotirlanib, 15 daqiqacha qidirib, topolmaganimdan keyin 27 bolaga dars o‘tdim”, — deydi Mirzamatova.

    To‘rtinchi soat boshlanishi arafasida sinf rahbari a’lochi va faol hisoblangan o‘quvchisini qidirishga jiddiy kirishib, ko‘chaga chiqib ketayotganida qo‘l telefoni jiringlab qolgan. “Zudlik bilan shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga kelishimni so‘rashdi... Nurjahon bilan operatsiyadan keyin suhbatlashganimda, nima bo‘lganini aytib, uzr so‘radi. O‘quvchim farzandimdek, shu bois hali ham o‘zimga kelolmayapman”, — deya qo‘shimcha qildi o‘qituvchi.

    Qizlar dars vaqtida maktabdan qanday qilib chiqib ketgan?

    Qizlar o‘qiydigan Izboskan tumanidagi 9-maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Shahzoda Soliyevaning so‘zlariga ko‘ra, Nurjahon va Hafiza maktabdan ko‘chaga bino ortidagi devordan oshib chiqib ketgan, “shu sababli ham navbatchilar ularni ko‘rmagan”.

    Maktab devori

    Maktab devori
    Foto: “Daryo”

    “Maktabimizga ikki tomondagi darvozadan kiriladi. Qizlarning asosiy eshikdan chiqib ketganini hech kim ko‘rmagan. Menimcha, ikkinchi darvoza yoki bino ortidagi devordan oshib o‘tib, maktabdan chiqib ketishgan. Aks holda, navbatchilar ko‘rganida, ularni qaytarib, darsga kirgizib yuborardi”, — dedi u.

    Nurjahon va Hafizaning so‘zlari esa maktab direktori o‘rinbosarining aytganlarini rad etmoqda — ular ko‘chaga asosiy darvozadan chiqib ketganini, o‘sha vaqtda eshik oldida navbatchi o‘qituvchilar bo‘lmaganini ta’kidlamoqda.

    “Tanaffus bo‘lishiga ikki-uch daqiqa borligi sabab, eshik oldida navbatchi yo‘q edi. Bundan unumli foydalanib, hech kimga bildirmay chiqib ketdik”, — dedi Nurjahon. “Tashqariga chiqish uchun bitta eshik bor. Odatda o‘g‘il bolalar devor oshib darsdan qochadi. Qizlar uchun bu imkonsiz — devor oshishga kuchimiz ham yetmaydi”, — deya qo‘shimcha qildi Hafiza.

    “Dadamga sovg‘a olmoqchi edim”

    Nurjahonning aytishicha, 13-fevral dadasining tug‘ilgan kuni bo‘lgan, shu munosabat bilan u dadasi va akasi tomonidan “tushlik va boshqa xarajatlar uchun berilgan pullardan yiqqan mablag‘i”ga sovg‘a olmoqchi bo‘lgan. “Oyijonimga maslahat solgandim, bozorga borishimga ruxsat bermadilar”, — deydi u. Buni onasi Inoyatxon Qodirova ham tasdiqladi. “Uydan maktabga chiqib ketayotib, bozorga borib dadasi uchun sovg‘a olaman degandi, ruxsat bermagandim. ‘Xo‘p’, deb chiqib ketgandi”, — dedi ona.

    Onasiga “xo‘p” deganiga qaramay, Nurjahon birinchi dars tugamasidan, o‘zining aytishicha, “o‘zboshimchalik qilib”, qo‘shnisi Hafiza bilan birga bozorga otlangan, lekin bozordagi do‘konlardan izlagan narsasini topolmay, maktab tomon qaytishni boshlagan. “Relslarga yetay deganimda uzoqdan poyezd signal chalib kelayotganini ko‘rdim. Yo‘lning narigi tomoniga o‘tishga ulgurganimni eslayman, keyin nima bo‘lganini bilmayman. Ko‘zimni ochganimda atrofimda shifokorlar yurganini ko‘rdim. Poyezdga tegib ketganimni ularning suhbatidan bildim”, — deydi Nurjahon.

    Hafizaning aytishicha, ular uzoqdan poyezd kelayotganini ko‘rib, tezroq o‘tib ketishga harakat qilishgan. “Men bir qadam oldinda edim, Nurjahon ham yarim-bir qadamcha o‘tishga ulgurgandi. Lekin o‘sha payt poyezd yetib kelib qoldi. Ortga qaraganimda u vagon narvoniga urilib, yo‘lda ag‘anab yotgandi. Unga yordam berishga harakat qildim, shu vaqt tumonat odam to‘plandi... Qolganini eslolmayman. O‘zimga kelganimda shifoxonada edim”, — deydi 8-sinfda o‘qiydigan Hafiza.

    Ikkala qiz ham bir fikrni yakdil takrorladi: “Eng katta xatoimiz — ustozlarimizdan so‘ramay chiqib ketganimiz. Kattalarning gapiga kirmaganimiz uchun endi jabrini ko‘ryapmiz. Bundan afsusdamiz”.

    “Bemor og‘ir holatda, qo‘l-oyoqlarida sezgi va harakat yo‘q edi”

    Farg‘ona transport prokuraturasining axborotida jabrlanuvchi Nurjahon Turg‘unova shifoxonaga olib borilganida unga bosh miya chayqalishi tashxisi qo‘yilgani, boshining tepa qismida ikki santimetr yoriq bo‘lgan jarohat aniqlangani, qizga zaruriy tibbiy yordam ko‘rsatilgach, shu kunning o‘zida unga uyiga javob berilgani ta’kidlanadi. Biroq “Daryo” muxbirining o‘rganishlari prokuratura bayonotini mutlaqo rad etdi — qizning ahvoli yetarlicha og‘ir bo‘lgan, shu boisdan u 14-fevral kuni operatsiya ham qilingan.

    Foto: “Daryo”

    Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Andijon filiali bosh shifokori Azizbek Mamadiyevning aytishicha, bemor Nurjahon Turg‘unova 11-fevral kuni poyezd urib ketishi oqibatida shikast olib, Izboskan tuman shoshilinch tibbiy yordam bo‘limining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. U shu yerning o‘zida SAS tizimi orqali neyroxirurg tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilib, reanimobilda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialining travmatologiya bo‘limiga olib kelingan.

    Bemorning holati og‘ir bo‘lgani bois u zudlik bilan neyroreanimatsiyaga yotqizilgan, bosh miya va bo‘yin sohasi multispiral kompyuter tomografiyasi tekshiruvidan o‘tkazilgan. “Olib kelinganida umumiy ahvoli og‘ir, qo‘l va oyoqlarida sezgi va harakatlar yo‘q edi. Bemorga professor K.Xudoyberdiyev tomonidan tashxis qo‘yilib, zudlik bilan operatsiya belgilangan. Operatsiya 14-fevral kuni o‘tkazildi”, — deydi bolalar neyrotravmatologiya bo‘limi vrach-neyroxirurgi Soyibjon Jabborov.

    “Daryo” muxbirining Nurjahonga qarayotgan shifokorlarga asoslanib ma’lum qilishicha, “ayni paytda Nurjahonning holati RShTYoIMga olib kelingan vaqtdagiga nisbatan yaxshi, u shifokorlarning doimiy nazoratida”. Lekin Farg‘ona transport prokuraturasi axborotida ta’kidlanganidek, hali uyiga javob berilmagan va u RShTYoIMda qolmoqda.

    20.02.2020, 17:27   Izoh (0)   61056
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qo‘qondagi choyxonada yuz bergan otishma tafsilotlari ma’lum qilindi

    20.02.2020, 16:41

    O‘zbekistonda eng arzon go‘sht qaysi bozorlarda sotilayotgani ma’lum qilindi

    20.02.2020, 15:50

    Jaguar Land Rover koronavirus tufayli avtomobil ishlab chiqarishni to‘xtatadi

    20.02.2020, 15:21

    Navoiy erkin iqtisodiy zonasiga 2023-yilgacha ingliz huquqi joriy etiladi

    20.02.2020, 15:06

    O‘zbekiston kompaniyalari Qirg‘izistondagi pansionatlar sotilishiga qarshi chiqdi

    20.02.2020, 14:44

    Foto: Human xususiy bandlik agentligidan jabr ko‘rganlarga pullari qaytarilmoqda

    20.02.2020, 14:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp “Amerika ovozi”ning 639 nafar muxbirlarini ishdan bo‘shatdi

    Dunyo | 21 iyun, 23:50

    FVV aholiga soat 10:00 dan 17:00 gacha tik tushadigan quyosh nurlari ostida bo‘lmaslikni tavsiya qildi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 23:30

    Braziliyada havo shari qulashi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 21 iyun, 23:10

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Mamelodi Sandauns” — “Borussiya Dortmund” bahsida yettita gol urildi

    Sport | 21 iyun, 23:00

    Farg‘ona aeroportida tanasiga 250 gramm quyma oltinni yashirib olib o‘tayotgan shaxs to‘xtatildi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 22:50

    Panamada favqulodda holat e’lon qildi

    Dunyo | 21 iyun, 22:30

    Ko‘r-ko‘rona ishonmang: makiyaj bo‘yicha blogerlar tarqatadigan xavfli layfxaklar

    Ayollar sahifasi | 21 iyun, 22:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.