• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirgan, xorij saytiga kirgan, ijtimoiy tarmoqlarda “chalg‘ituvchi aloqalarga ega”. Uyg‘urlar nima uchun Xitoy lagerlariga jo‘natilmoqda

    Uyg‘ur-musulmonlarining Xitoydagi lagerga yuborilishiga har qanday maishiy hodisa sabab qilib ko‘rsatilishi mumkin: dinga aloqador harakatlar yoki xorijda yashovchi yoxud xorijga chiqish pasportiga ega qarindoshlarning bo‘lishi ushbu jazo uchun yetarli asos bo‘la oladi. Shinjon-Uyg‘ur avtonom hududining minglab aholi shaxsiy axborotlari joylangan hukumat hujjatida ham ushbu ikir-chikirlar aks etgan. Hujjat uyg‘ur qochoqlaridan biri tomonidan G‘arbdagi OAV vakillariga berilgan. Uning haqiqiy yoki haqiqiy emasligini isbotlab bo‘lmaydi, lekin Xitoy siyosati bo‘yicha ekspertlar XXRning uyg‘urlarga nisbatan oxirgi vaqtdagi munosabati asosida ushbu hujjatdagi qaydlar rost bo‘lishi mumkinligini bildirgan. Kommunizm qurbonlari xotirasi fondi xodimi, Xitoyning Shinjondagi siyosati bo‘yicha ekspert Edrian Zenz Journal of Political Risk jurnalidagi maqolasida ushbu hujjatni tahlil qilgan. BBC hamda CNN ushbu tahlilni qisqartirgan holda e’lon qilgan, deb yozmoqda Meduza.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Hujjat elektron jadval shaklida va unda Shinjonning uch mingdan ziyod aholisi haqidagi ma’lumotlar kiritilgan, ular orasida qayta tarbiyalashga muhtoj 311 nafar uyg‘ur ham bor. Hujjatda hech qanday sana yo‘q, lekin Edrian Zenz uning 2019-yil martidan iyuligacha tuzib chiqilganini taxmin qilmoqda — u ushbu xulosaga hujjatda qayd etilgan insonlarning keyingi taqdiri haqida boshqa manbalardan olgan axborot asosida kelgan.

    Lagerga jo‘natilishning eng ko‘p uchrayotgan sababi (311 tadan 150 holatda) “tug‘ilish nazorati siyosatini buzish” — oilada uchta yoki undan ko‘p farzandning ulg‘aytirilayotgani ko‘rsatilgan. BBC’ning qayd etishicha, ushbu vaziyat Pekinda xavotir paydo qilmoqda, chunki ko‘p bolali uyg‘urlar o‘z an’analarini dunyoviy davlat qonunlaridan ustun qo‘yadi. Yana boshqa aksar sabablar — dinga berilganlik, ushbu bahona bilan lagerga olib ketilganlarga boshqa qo‘shimcha ayblovlar ham e’lon qilinadi. 311 nafardan 24 kishi qonunni buzgani uchun ramiylashtirilgan holda lagerlarga jo‘natilgan.

    Hujjatda odamlarning qanday sabab bilan lagerga joylashtirilgani haqida aniq ma’lumotlar ham keltirilgan. Masalan, bir ayol hijob bilan o‘ranib yurgani uchun, boshqa bir erkak esa — uzun soqol qo‘ygani uchun lagerga yuborilgan: qizig‘i ikkala vaziyatda ham aybdorlar bir necha yilga qamalgan. Boshqa sabablar ham avvalgilaridan qolishmaydi:

    • “Internetda kutilmaganda xorij saytiga kirib qolgani uchun”;
    • “Xorijdagi odamlar bilan gaplashgani uchun”;
    • “Xorijga chiqish passportini ramiylashtirgani, biroq u bilan mamlakatdan tashqariga chiqmagani uchun”;
    • “Ijtimoiy tarmoqlarda chalkash aloqalarga ega ekani uchun”.
    Hujjatda hukumat vakillarining hukm qabul qilishda, jamoaviy javobgarlikka tortish prinsipiga amal qilayotgani oydinlashgan: ro‘yxat ustunlaridan birida har bir gumondorning qarindoshlari va yaqinlari sanab o‘tilgan, ularning dinga berilganlik holati, lagerlardan bo‘lgan yoki bo‘lmagani haqida axborotlar ham berilgan. Masalan, lagerga yuborilgan ro‘yxatdagilardan biriga deyarli barcha qarindoshlari “qayta tarbiyalanayotgani” uchun uni ham qamoqqa olish haqida hukm chiqarilgan.

    Hujjatda shaxsiy axborotning qayerdan olingani ham alohida qayd etilgan. Uyg‘urlar haqidagi ma’lumotlarning asosiy qismi qishloq ishchi guruhlari a’zolari tomonidan to‘plangan: 2014-yildan beri 200 mingdan ortiq agent Shinjonning alohida qishloqlariga maxsus missiya bilan yuborilgan, josuslar u yerda mahalliy aholining ishonchiga kirib, ular bilan muloqot qilib, birga ishlab, uyg‘urlar, ularning qo‘shnilari, qarindoshlar haqidagi ma’lumotlarni hukumatga yetkazib turadi. Axborotlarning qolgan qismi tashqi kuzatuv kameralari tahlili va uyg‘urlaning telefon so‘zlashuvlarini tinglash orqali to‘plangan.

    Hujjatdan mahbuslarning lagerlarda asosan bir yoki ikki yil hibsda saqlanishi oydinlashadi. Ro‘yxatdagi familiyalarning 87 foizining (ayrimlari 2017, ayrimlari esa 2018-yilda lagerlarda “qayta tarbiyalangan”) ro‘parasiga yaqin oylar ichida lagerdan chiqarilishi yozilgan, 12 foizi “tarbiyalanishda davom etadi”, 0,6 foiziga nisbatan jazo choralarini qat’iylashtirish zarurligi qayd etilgan. Lagerdan ozod qilinganidan keyin ham sobiq mahbuslar hayoti nazoratga olinadi, ular ko‘pincha majburiy mehnatga jalb qilinadi.

    CNN bu Xitoy hukumatining uyg‘urlarga nisbatan zo‘ravonlik siyosatini olib borayotgani haqida axborot sizib chiqishi bo‘yicha uchinchi katta ish ekanini ta’kidlagan.

    “Ushbu ma’lumotlar asosida vaziyat og‘ir ekanini, Pekinning strategik maqsadi ug‘urlarni madaniy va diniy qadriyatlaridan mahrum qilib, ushbu harakatlarni vatanparvarlikka zid ekanligini majburlab singdirishga urinish hamda ularga bosim o‘tkazish ekani ma’lum bo‘lmoqda”, — deyiladi telekanal xabarida.

    Mavzuga doir: 

    • Xitoy hukumati maxsus lagerlarda qayta tayyorlangan musulmonlarning baxtli ekanligini aytmoqda
    • AQSh uyg‘urlarga zulm yetkazishda gumon qilingan Xitoy mansabdorlariga nisbatan viza cheklovlarini joriy etdi
    • Xitoyning Shinjon lageri mahbuslarining boshqa yerga ko‘chirilish videosi paydo bo‘ldi

    19.02.2020, 11:38   Izoh (0)   39592
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Koronavirus sabab karantinda turgan Diamond Princess kemasining yo‘lovchilari qirg‘oqqa chiqa boshladi

    19.02.2020, 09:54

    Xitoyda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 2 ming kishidan oshib ketdi

    19.02.2020, 09:22

    Qrimda teraktlar uyushtirishni rejalashtirgan ikki nafar o‘smir hibsga olindi (foto)

    19.02.2020, 06:18

    Xitoy fuqarolarining Rossiyaga kirishi taqiqlab qo‘yildi

    18.02.2020, 23:41

    Shayx Zayd masjididagi Saida va Ivanka, niqobli Mona Liza, “Bo‘ston”da yakunlangan karantin. 18-fevralning eng qiziqarli suratlari

    18.02.2020, 23:26

    Qozog‘iston maxsus xizmatlari Olmaotada terakt amalga oshirmoqchi bo‘lgan 2 kishini qo‘lga oldi

    18.02.2020, 20:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Turkiyada payg‘ambarlarni karikatura qilgan 4 nafar shaxs qo‘lga olindi (video)

    Dunyo | 1 iyul, 14:25

    Rossiyada biometrik ma’lumot topshirmagan xorijliklar mobil aloqadan uziladi

    Dunyo | 1 iyul, 13:58

    Enn Heteuey “Qattiqqo‘l xonim” filmining davomida suratga tushadi

    Kino | 1 iyul, 13:47

    “O‘zgidromet” harorat 46 darajagacha ko‘tarilishidan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 13:42

    FIDE reytingi yangilandi. Nodirbek Abdusattorov pastladi, Javohir Sindorov keskin ko‘tarildi

    Sport | 1 iyul, 13:30

    Rossiyaliklar farzandlari uchun xitoylik enagalar yollamoqda — NYT

    Dunyo | 1 iyul, 13:22

    “Ular sahnada aytayotgani — ko‘cha gaplari”. Iskandar Hamroqulov kulgi jamoalarining konsertlari haqida fikr bildirdi

    Madaniyat | 1 iyul, 13:12
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.