Toshkent—Andijon yo‘nalishida harakatlangan yo‘lovchi poyezd 18-fevral kuni soat 18:34 da to‘xtab qoldi.
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ xabariga ko‘ra, bu texnik sabab tufayli ro‘y bergan bo‘lib, poyezd Aqcha—Obliq peregonida to‘xtagan. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida soat 19:55 dan boshlab ushbu poyezd o‘z yo‘nalishi bo‘ylab harakatini davom ettirgan.
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ ma’muriyati bunday noqulaylik uchun barcha yo‘lovchilardan uzr so‘ragan.
Izoh (0)