Toshkent shahri yo‘llarida tezlikni o‘lchovchi radarlar o‘rnatilgan bo‘lishiga qaramasdan, ayrim haydovchilar bir necha marta radarga tushib, sodir etgan qoidabuzarligi uchun javobgarlikka tortilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi YHXBB xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Lexus LX-570 rusumli transport vositasi egasi 2019-yil davomida 29 marta belgilangan tezlikni me’yordan oshirishgan.
Qayd etilishicha, ushbu toifadagi haydovchilar bilan profilaktik choralar ko‘rilishi natijasida mazkur transport vositasi haydovchisi 2020-yilda hali bunday qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ymagan.
Izoh (0)