Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 18-fevral kuni o‘tkazilgan navbatdagi majlisida O‘zbekiston Prezidentining “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonini tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi.
“Daryo” muxbirining xabar berishicha, davlat rahbarining mazkur farmoni bilan O‘zbekiston Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tashkil etilmoqda. Mazkur farmon deputatlar tomonidan tasdiqlandi.
Shuningdek, deputatlar mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri lavozimiga Rahmat Mamatov nomzodini ma’qulladi.
Rahmat Mamatov ayni paytda Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi raisining birinchi o‘rinbosari — “Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi lavozimida ishlab kelmoqda.
Izoh (0)