Yaponiya avtokonsernlari 17-fevraldan Xitoydagi koronavirus tarqalgani sababli to‘xtatilgan zavodlari ishini tikladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: Kyodo

Kyodo agentligiga ko‘ra, Toyota Motor kompaniyasi Chanchun va Guanchjou shaharlaridagi korxonalarini qayta ishga tushirdi.

Kompaniya Xitoydagi zavodlarini mahalliy Yangi yil bayramlaridan so‘ng, fevral boshida ishga tushirmoqchi bo‘lgandi. Biroq Xitoydagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tufayli bu muddat avval 10-fevral, so‘ng esa 17-fevralga surildi.

Yaponiyaning boshqa konserni — Mazda ham bugundan Nankindagi zavodi faoliyatini tikladi