Toshkent viloyati IIBB YHXBda viloyat hududidagi haydovchi tayyorlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi o‘quv tashkilotlarining mutaxassislari va o‘qituvchilari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi boshqarma matbuot xizmati.
“Viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasidagi yo‘l-transport hodisalari, qoidabuzarliklar tahliliga nazar tashlaydigan bo‘lsak, yo‘l-transport hodisalarining 42,4 foizini 18-30 yoshdagi haydovchilar sodir etmoqda.
Qoidabuzarliklar sonida ham yosh haydovchilar salmog‘i anchagina. Bu ular o‘rtasida ‘Yo‘l harakati qoidalari’ ni targ‘ib qilish ishlarini yanada kuchaytirishni, ularning bilim va malakalarini doimiy ravishda oshirib turish zarurligini ko‘rsatmoqda. Yig‘ilish ishtirokchilari bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni muhokama qildi va kelgusida amalga oshirilishi ko‘zlangan chora-tadbirlar belgilandi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)