• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Senator: Noqonuniy egallab olingan yerlarda o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joylar uchun kompensatsiya to‘lanmaydi

    14-fevral, juma kuni, Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanining “Xalqobod” mahallasi hududida aholi va hokimiyat vakillari o‘rtasida to‘qnashuv yuz bergan edi. Keyinchalik mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston IIV va Bosh prokuraturasi ma’lumot bergan edi.

    Mavzuga doir: Oltinsoy voqeasi: IIV Rossiyada yurgan fuqaroni ham aybladi, aholi esa tuman IIB boshlig‘i odamlarga qo‘l ko‘targanini ta’kidlamoqda

    Foto: Telegram

    Foto: Telegram

    Rasmiy bayonotlarga ko‘ra, olti fuqaro “Oq-oltin manzarasi” fermer xo‘jaligiga qarashli paxta va g‘allaga mo‘ljallangan ekin yer maydonining 0,39 gektar qismiga yashash imkoniyati mavjud bo‘lmagan uy-joy qurib olgan. Ushbu uy-joy egalariga dastlab 8-fevral, shanba kuni, bu inshootlarni fuqarolar o‘z hisobidan buzib tashlab, ekin maydonini bo‘shatishlari, fuqarolarga boshqa joydan yer berilishi aytib, tushuntirilgan. Bosh prokuratura axborotiga ko‘ra, fuqarolar ikki kun muhlat so‘ragan.

    Mutasaddilar 14-fevral kuni muammoli joyga qaytib kelganida, uy-joylarning uchtasiga aholi ko‘chib kirib olgani ma’lum bo‘lgan. Bosh prokuraturaning yozishicha, fuqarolar va ularning qarindoshlari qo‘llarida benzin, tayoq, belkurak, tosh va boshqa narsalar bilan qurollangan holda ishchi guruh oldiga chiqqan. Jarayonda ikki nafar IIB xodimi va bir fuqaro tan jarohati olgan.

    Mavzuga doir: “Hokimiyatning kuchi yana o‘sha himoyasiz, aldangan fuqarolarga yetayapti, xolos”

    Oliy Majlis Senati Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Odiljon Iminovning ma’lum qilishicha, mazkur masala yuzasidan viloyat va tuman hokimliklari bilan bog‘lanib, masalaning kelib chiqish sabablari, ko‘rilayotgan chora-tadbirlar o‘rganilgan.

    Senatorning qayd etishicha, belgilangan tartibga ko‘ra, 2019-yilning 1-mayiga qadar o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga amnistiya e’lon qilingan. Shu davrda 589 991 nafar fuqaroga o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joylarga mulk huquqi berilgan.

    Odiljon Iminovning ta’kidlashicha, Oltinsoy tumanining “Xalqobod” mahallasida yashovchi ayrim fuqarolar esa amnistiya muddati tugagandan keyin bu hududda joylashgan fermer xo‘jaligiga tegishli yer maydoniga noqonuniy uy-joylar qurib olgan.

    Senator tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan 20,2 million gektar yerning atigi 20,7 foizi sug‘oriladigan yerlar hisoblanadi. So‘nggi 15 yilda aholi jon boshiga sug‘oriladigan yerlar 24 foizga kamaygan. Bunda ayrim shaxslar tomonidan qonunlarni buzgan holda yerlarni egallab olish holatlarining ham ta’siri bor, albatta, deyiladi senatorning munosabatida.

    “Mamlakat aholisining qariyb 16,4 millioni (jami aholining 49,4 foizi) qishloq hududlarida istiqomat qilishini hisobga olsak, bu kabi noqonuniy harakatlarning hozir oldi olinmasa, qishloq aholisi bandligini, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashdek strategik o‘ta muhim masalalarda muammolar yuzaga kelishi tabiiy holdir”, — deydi Odiljon Iminov.

    Senatorning ma’lum qilishicha, Oltinsoy tumanining “Xalqobod” mahallasida yashovchi 6 nafar fuqaro tomonidan o‘ziga tegishli bo‘lmagan sug‘oriladigan ekin maydonlarida ruxsatnomasiz, o‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy binolar, albatta, buziladi. Ammo bu ularga qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan zaxira maydonlardan yer ajratilib, uy-joy qurib olishlariga amaliy jihatdan ko‘maklashilgandan keyin amalga oshiriladi. Ushbu hududga kelgan komissiya a’zolari ham o‘zboshimchalik bilan qurilgan uylarni buzdirish uchun emas, asl holatni o‘rganish uchun borgan, deyiladi xabarda.

    Odiljon Iminovning ta’kidlashicha, belgilangan tartibga ko‘ra, o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joyning ham qiymati qoplanishi lozimligi qayd etilgan. Bunda kompensatsiya fuqarolarga qonuniy tartibda tegishli bo‘lgan yer uchastkalaridagi mulklar “snos”ga tushganida, unda joylashgan o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joylar uchun to‘lanadi. Boshqa har qanday holatda o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joylar uchun kompensatsiya to‘lanmaydi. Ya’ni yer noqonuniy egallab olingan hech bir holatda kompensatsiya to‘lanmaydi.

    “Shuni inobatga olib, jamiyatdagi barcha jarayonlarga befarq bo‘lmagan yurtdoshlarimiz qonunni buzgan holda o‘ziga tegishli bo‘lmagan yerda uy-joy qurib olgan fuqarolar muammosini “snos” sifatida baholamasliklari, aholi orasida turli mish-mishlar paydo bo‘lishiga, ularda ishonchsizlikni shakllantirishga olib keladigan mazmundagi ma’lumotlardan fikrlari chalg‘imasligi, holatni ortiqcha ehtiros bilan xaspo‘shlamasliklari lozim”, — deydi senator.

    Mavzuga doir: “Tepada Xudo turibdi — formasi yo‘qlar kelib maktab o‘quvchilarining qo‘llarini qayirib, olib keta boshladi”. Surxondaryo hokimi oltinsoylik oqsoqollar bilan uchrashdi

    Avvalroq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari — parlamentdagi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov mazkur holatga munosabat bildirib, hodisani “bir guruh fuqarolar tomonidan amalga oshirilgan qo‘pol qonun buzilishi, jamoat tartibiga putur yetkazish harakatlari” deb ta’riflagan, jinoyat deb atagan. Shuningdek, u “aybdorlarga keskin jazo belgilanishi kerak”ligini ta’kidlagan. Uning mazkur munosabatiga ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri “Sizdan nima kutish mumkin? Xalqni ayblash oson. Haqiqiy deputatlar saylanmaguncha, shu ahvol”, deb fikr qoldirgan. Deputat Qodirovning bunga javobi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketgan: “Xalqni ayblash hech kimning qo‘lidan kelmaydi. Xalq ayblaydi. Qozi ham, amaldor ham xalq nomidan ish qiladi. Davlat xizmatchisiga kuch ishlatish mumkinmas. Xalq shunday qonunni ma’qullagan. Men sizni umidvor qilmaganman, mendan hech narsa kutmang. Siz meni saylamagansiz, bundan keyin ham saylamaysiz... saylamasangiz ham mayli. Fikringizdan juda ham ta’sirlanganim yo‘q”. Bir muddatdan keyin esa deputat mazkur izohini o‘chirib tashlagan.

    Keyinroq Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov voqea yuz bergan qishloq aholisi bilan uchrashdi.

    17.02.2020, 21:12   Izoh (0)   43760
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    IIB xodimi tomonidan kaltaklangan andijonlik erkak videomurojaat qilib, IIB xodimlaridan uzr so‘radi (video)

    17.02.2020, 20:42

    Qamchiq dovonida ag‘darilgan katta yuk mashinasi haydovchisining hayoti saqlab qolindi

    17.02.2020, 20:11

    Tanzila Norboyeva qoniqarsiz faoliyat yuritayotgan amaldorlarga mahalliy kengashlar tomonidan chora ko‘rish zarurligini bildirdi

    17.02.2020, 19:54

    O‘zbekistonda barcha turdagi litsenziyalarni berish jarayoni elektron tizimga o‘tkaziladi

    17.02.2020, 19:42

    Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonda “Yil odami” sifatida e’tirof etildi

    17.02.2020, 19:26

    Shavkat Mirziyoyev Human agentligidan jabrlangan mingdan ortiq fuqaroning pullarini davlat hisobidan qaytarish haqida ko‘rsatma berdi

    17.02.2020, 19:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.