• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda barcha turdagi litsenziyalarni berish jarayoni elektron tizimga o‘tkaziladi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-fevral, dushanba kuni, tadbirkorlik faoliyatida litsenziyalash va ruxsatnomalar berish tartibini tubdan takomillashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Qayd etilishicha, davlat rahbari Oliy Majlisga yo‘llangan Murojaatnomada tadbirkorlik faoliyatida litsenziyalash tartibini qayta ko‘rib chiqish va yaxshilash yuzasidan aniq vazifalar belgilab bergan.

    Ilg‘or xorijiy tajriba asosida litsenziya va ruxsatnomalar turlarini qisqartirish, ularni berish tartibini soddalashtirish va tegishli talablar bajarilishini monitoring qilishning oshkora mexanizmlarini ishlab chiqish hozirgi davr talabidir, deyiladi xabarda.

    Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va Biznes-ombudsman tarkibida maxsus Ishchi guruh tuzilgan.

    Yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev mazkur Ishchi guruh ishini tashkil etishdagi asosiy yo‘nalishlarni belgilab berdi.

    Binobarin, avvalo inson sog‘lig‘iga va jamiyatga ziyon yetkazmaydigan faoliyat turlari litsenziyalashdan chiqarib tashlanishi lozimligi ta’kidlandi.

    Masalan, o‘quv markazlaridagi o‘qitish jarayoni fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga ziyon yetkazmasa-da, litsenziyalanadi.

    Ayni paytda ayrim litsenziya shartlari sohada raqobatni ham cheklamoqda.

    Xususan, kredit tarixi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tarqatish bilan yagona kredit byurosi shug‘ullanib, bozorga boshqa tadbirkorlar kirishiga deyarli imkon yo‘q. Kredit byurosini ochish uchun kamida 10 ta tijorat bankining roziligini olish talab etiladi. Mavjud 30 ta bankdan 26 tasi ushbu yagona kredit byurosining muassisi hisoblanib, qolgan 4 ta bank yangi byuro tashkil etishga rozilik bergan taqdirda ham tashabbuskor litsenziya ololmaydi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shu bilan bir qatorda, tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishning muqobil usullarini keng joriy etish lozimligi qayd etildi.

    Ta’kidlanishicha, Xorijiy tajribada litsenziyalash o‘rniga xabardor qilish, majburiyatni sug‘urtalash, o‘zini-o‘zi boshqarish, texnik tartibga solish kabi muqobil usullar mavjud. Misol uchun, turar joy obyektlarini noturar sifatida qayd etish uchun tadbirkor alohida ruxsatnoma olishi kerak. Vaholanki, buning uchun davlat idoralari xabardor qilinsa, kifoya bo‘lishi mumkin.

    Xuddi shunday, rieltorlik, auditorlik, sud boshqaruvchiligi kabi faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchilarning javobgarligini sug‘urtalash yoki o‘z-o‘zini boshqarish tizimlariga o‘tkazish mumkin.

    Shu munosabat bilan, Adliya va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga ikki oy muddatda tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishning muqobil usullarini joriy qilish vazifasi yuklatildi.

    Davlat rahbari litsenziya va ruxsatnomalar berish tartibi va muddatlarini ham qayta ko‘rib chiqish zarurligini ta’kidladi.

    Adliya vazirligiga bir oy muddatda litsenziya va ruxsatnoma berish muddatlari va to‘lovlarini o‘rganib chiqib, ularning shartlarini aniq belgilash yuzasidan topshiriq berildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Undan tashqari, ba’zi holatlarda tadbirkor litsenziya olish uchun uzoq vaqt davomida sarson bo‘lib, kerakli hujjatlarni to‘plab topshiradi, biroq arzimagan sabablar bilan uning arizasi qaytariladi.

    Yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev litsenziyalash jarayonlariga zamonaviy texnologiyalarni to‘liq joriy qilish zarurligini qayd etdi.

    Litsenziyalarning 79 foizi, ruxsat beruvchi hujjatlarning 80 foizi hanuzgacha qog‘oz shaklida berilmoqda. “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksi 2014-yilda tashkil etilganiga qaramay, bugungi kunda bu portal deyarli faoliyat yuritmayapti. O‘tgan yili 4 mingdan ortiq litsenziya “bir darcha” tamoyiliga rioya qilinmasdan berilgan.

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Adliya vazirligiga joriy yil 1-avgustga qadar litsenziya berish bilan bog‘liq barcha jarayonlarni to‘liq avtomatlashgan yagona elektron tizimini ishga tushirish vazifasi qo‘yildi.

    Davlat rahbari, shuningdek, litsenziya talablariga rioya etishni (post-litsenzion) monitoring qilishning yangi, oshkora tizimini joriy qilish lozimligini ko‘rsatib o‘tdi.

    Masalan, yong‘in nazorati organlari yong‘inga qarshi vositalarni o‘rnatuvchilar faoliyatini nazorat qilishi kerak bo‘lsa-da, bunday nazorat tizimi amalda mavjud emas.

    Ilg‘or xorijiy tajriba asosida barcha litsenziya talab qiluvchi faoliyat turlarida avtomatlashtirilgan risk-analiz tizimini va masofaviy nazoratni yo‘lga qo‘yish zarurligi aytib o‘tildi.

    Bundan tashqari, Prezident ta’kidlaganidek, sohada korrupsiya va turli suiiste’molchiliklarning oldini olish maqsadida jamoatchilik nazorati tizimini joriy qilish talab etiladi.

    Yig‘ilishda mutasaddilar olib borilayotgan ishlar hamda har bir tarmoq kesimida qaysi litsenziya va ruxsatnomalarni qisqartirish mumkinligi to‘g‘risida axborot berdi.

    17.02.2020, 19:42   Izoh (0)   12498
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonda “Yil odami” sifatida e’tirof etildi

    17.02.2020, 19:26

    Shavkat Mirziyoyev Human agentligidan jabrlangan mingdan ortiq fuqaroning pullarini davlat hisobidan qaytarish haqida ko‘rsatma berdi

    17.02.2020, 19:11

    O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

    17.02.2020, 18:56

    Samarqandda bosqinchilik qilib, o‘zganing mulkini egallamoqchi bo‘lgan jinoyatchilarga sud hukmi o‘qildi

    17.02.2020, 18:25

    O‘zini payg‘ambar deb e’lon qilgan buxorolik ayol jazolandi

    17.02.2020, 17:55

    Sirdaryoda yong‘in oqibatida halok bo‘lgan oila a’zolarini dafn qilish uchun 30 mln so‘m ajratildi

    17.02.2020, 17:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.