Moskvadagi barlardan birida 23 yoshli qiz shirinlikdan tiqilib o‘ldi, deb xabar bermoqda “Komsomolskaya pravda” huquq-tartibot idoralaridagi manbalariga asoslanib.
Ma’lum bo‘lishicha, 12-fevral kuni Moskvadagi “Kilfish” barida shirinlik yeyish bo‘yicha tanlov o‘tkazilgan. Unda 12 nafar ko‘ngillilar qatorida qiz ham ishtirok etgan. Baland musiqa, qarsaklar va shovqin-suron orasida qizning tiqilib qolganiga guvoh bo‘lganlarning “yordam bering” degan qichqirig‘i eshitilgan. Qiz nafas ololmay qolgan va hushdan ketib yiqilgan.
Voqea joyiga yetib kelgan shifokorlar qizning vafot etganini aniqlagan.
Xabarda aytilishicha, qiz barga do‘stlari bilan dam olgani kirgan bo‘lgan. Qizning o‘zi tanlovda ishtirok etish uchun ko‘ngilli ravishda qatnashgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, u g‘alabaga yaqin bo‘lgan. Final qo‘ng‘irog‘i chalinishiga bir necha soniya qolganida bir vaqtning o‘ziga bir necha shirinlikni og‘ziga tiqqan, oqibatda havo yetishmay tiqilib o‘lgan.
Holat yuzasidan tergov ishi ochilgan. “Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan xizmatlarni taqdim etish” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Izoh (0)