• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    IIB xodimi tomonidan kaltaklangan andijonlik erkak videomurojaat qilib, IIB xodimlaridan uzr so‘radi (video)

    Andijonlik Jasurbek Hamroqulov Andijon shahar 6-son IIB profilaktika inspektori Sardor Abdumannopov tomonidan 2019-yil 11-sentabr kun IIB binosida kaltaklangani haqida xabar berilgan edi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi mazkur holat yuzasidan ma’lumot bergan edi. Vazirlik tomonidan ma’lum qilinishicha, Jasurbek Hamroqulov 2019-yilning 11-sentabrida soat chamasi 22:30 da Andijon shahri Nodira ko‘chasida joylashgan “Kamelot” kafesi oldida janjal chiqargan. Voqea joyiga yetib kelgan IIB profilaktika inspektori Sardor Abdumannopov uni tinchlantirishga uringan paytida faol qarshilikka uchragan. Qayd etilishicha, shundan so‘ng fuqaro Jasurbek Hamroqulov hududiy ichki ishlar bo‘limiga olib kelinib, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Mast holatda bo‘lgan Jasurbek Hamroqulov bu yerda ham xodimlarga faol qarshilik ko‘rsatgan.

    Mazkur holat Andijon viloyatining prokuratura organlari tomonidan atroflicha o‘rganib chiqilib, Jasurbek Hamroqulovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 1-qismi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) va 277-moddasi 2-qismi (Bezorilik) bilan ayb e’lon qilingan. Hozirda jinoyat ishi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 388-moddasi tartibida sud muhokamasiga yuborilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Bosh prokuratura ham mazkur holat yuzasidan xabar bergan va ochilgan jinoiy ish tafsilotlarini ma’lum qilgan. Unga ko‘ra, IIB profilaktika inspektori Jasurbek Hamroqulovni tinchlantirishga uringan paytda u IIB xodimiga bo‘ysunishni xohlamagan. Jasur Hamroqulov inspektorning qonuniy talablarini bajarishdan bo‘yin tovlab, unga faol qarshilik ko‘rsatgan hamda xodimning egnida bo‘lgan xizmat kiyimidagi pogonini yulib olgan.

    2020-yilning 9-yanvar kuni Jasur Hamroqulovga nisbatan mazkur jinoyat ishi yuzasidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 1-qismi, 277-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan ayblov e’lon qilinib, unga nisbatan munosib xulq-atvorda bo‘lish haqida tilxat ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

    Yuqoridagilarga asosan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan ishning inspektor Sardor Abdumannopovga tegishli bo‘lgan qismi tergov muhokamasidan chiqarib tugatilgan. Mazkur jinoyat ishi 2020-yil 11-yanvar kuni mazmunan ko‘rib chiqish uchun ayblov xulosasi bilan Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudiga yuborilgan.

    Keyinroq O‘zbekiston Oliy sudi ham mazkur holat bo‘yicha olib borilayotgan ish yuzasidan ma’lumot bergan edi.

    O‘zbekiston Oliy sudi tomonidan ma’lum qilinishicha, 7-fevral, juma kuni, “Sevimli” telekanali orqali fuqaro Jasurbek Hamroqulov ishiga oid sud jarayoni boshlangani haqida ko‘rsatuv namoyish etilgan. Ko‘rsatuvda muallif, “Sevimli” telekanalining Andijon viloyati bo‘yicha muxbiri G.Rustamova tomonidan jurnalistlarning sud zaliga qo‘yilmaganligi ta’kidlangan. Oliy sud tomonidan qayd etilishicha, “Sevimli” telekanali orqali namoyish etilgan telelavhada ta’kidlanganidek, 7-fevral kuni bo‘lib o‘tgan birinchi sud majlisiga jurnalistlarning kiritilmagani masalasi o‘rganilganida, sud raisiga sud jarayonini tasvirga olish, jurnalistlarning ishtirok etishi bo‘yicha yozma murojaat yoki iltimosnoma kelib tushmagan.

    Mazkur voqealar ortidan holatning asosiy qahramoni bo‘lgan Jasurbek Hamroqulov videomurojaat bilan chiqdi va IIB xodimlaridan uzr so‘radi.

    Jasurbek Hamroqulovning aytishicha, bir necha kun avval “Sevimli” telekanalida uning ichki ishlar idoralari xodimlaridan kaltak yeganligi haqida efirga uzatilgan lavhada voqealar bo‘rttirib ko‘rsatilgan.

    Uning ma’lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan prokuratura tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilgan va ichki ishlar xodimlari noqonuniy harakat qilmaganligini aniqlangan. Mazkur ish sudga yuborilgan va ayni paytda sud jarayoni ketmoqda.

    Jasurbek Hamroqulov “Sevimli” telekanali mazkur holatni bo‘rttirib yuborgani uchun ichki ishlar idoralari xodimlaridan uzr so‘ragan. Shuningdek, u mazkur videoni olishga uni hech kim majbur qilmagani va tazyiq o‘tkazmaganini aytgan.

    2018-yilda Andijon viloyati Bo‘z tumanida IIB xodimidan kaltak yegan yigitning otasi IIB xodimini emas, balki bu voqeani videoga olgan shaxsni jazolashni so‘ragan edi.

    17.02.2020, 20:42   Izoh (0)   71601
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qamchiq dovonida ag‘darilgan katta yuk mashinasi haydovchisining hayoti saqlab qolindi

    17.02.2020, 20:11

    Tanzila Norboyeva qoniqarsiz faoliyat yuritayotgan amaldorlarga mahalliy kengashlar tomonidan chora ko‘rish zarurligini bildirdi

    17.02.2020, 19:54

    O‘zbekistonda barcha turdagi litsenziyalarni berish jarayoni elektron tizimga o‘tkaziladi

    17.02.2020, 19:42

    Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonda “Yil odami” sifatida e’tirof etildi

    17.02.2020, 19:26

    Shavkat Mirziyoyev Human agentligidan jabrlangan mingdan ortiq fuqaroning pullarini davlat hisobidan qaytarish haqida ko‘rsatma berdi

    17.02.2020, 19:11

    O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

    17.02.2020, 18:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shveysariyada plastik chiqindilar muammosini hal qilish bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlandi

    Dunyo | 15 avgust, 18:05

    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi

    Reklama | 15 avgust, 18:11

    Transfermarket jarohat olgan futbolchilardan “ramziy terma jamoa” tuzdi

    Sport | 15 avgust, 18:00

    Ishlab chiqarish sohasida eng ko‘p soliq to‘lagan korxonalar ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 17:40

    Jeff Bezosning rafiqasi “Jeyms Bond” filmida suratga tushishi mumkin

    Kino | 15 avgust, 17:20

    Pokistonda otishma va mushakbozlik oqibatida 100 dan ortiq odam jarohatlandi

    Dunyo | 15 avgust, 17:05

    Yovuz qahramonlarni mahorat bilan gavdalantiradigan Gollivud aktyorlari (foto)

    Kino | 15 avgust, 16:45

    Ukraina qurol-yarog‘ ortilgan Rossiya kemasiga hujum qildi

    Dunyo | 15 avgust, 16:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.