Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanidagi “Xalqobod” mahallasida 14-fevral kuni aholi va hokimiyat vakillari o‘rtasida to‘qnashuv yuz bergan, oqibatda bir fuqaro va ikki nafar ichki ishlar xodimi tan jarohati olgan edi. Ushbu hodisaga munosabat bildirarkan, deputat Alisher Qodirov uni “bir guruh fuqarolar tomonidan amalga oshirilgan qo‘pol qonun buzilishi” deb atagan va “ushbu jinoyat... aybdorlariga keskin jazo belgilanishi kerak”ligini takidlagan edi.
Uning shu mazmundagi posti Facebook’da muhokamalarga sabab bo‘lgani, xususan, foydalanuvchilardan birining “Sizdan nima kutish mumkin? Xalqni ayblash oson. Haqiqiy deputatlar saylanmaguncha, shu ahvol”, degan kommentiga javoban: “Men sizni umidvor qilmaganman, mendan hech narsa kutmang. Siz meni saylamagansiz, bundan keyin ham saylamaysiz... saylamasangiz ham mayli”, mazmunida qoldirgan javobi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketgani haqida xabar berilgan edi.Keyinchalik Alisher Qodirov ushbu izohni o‘chirib yubordi. Lekin izoh turli muhokamalarga sabab bo’lishda davom etmoqda. “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi matbuot xizmatidan “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishlaricha, partiya rahbari hisoblangan Alisher Qodirov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga postlarni o‘zi qo‘yadi, izohlarga ham shaxsan o‘zi javob qaytaradi.
Alisher Qodirovning Facebook’dagi bu chiqishi Twitter’da ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Quyida shulardan bir nechtasini e’tiboringizga havola qilamiz.https://twitter.com/feckrofelix/status/1229354807787286528
Америкадагидек отишга рухсат берилганини эшитган блогерлар pic.twitter.com/pSXF3sxc5r
— Navruzbek (@navik_21) February 17, 2020
Келди очилур чоғинг, ўзлигинг намоён қил!
— Файзбоғ (ТемурМалик) (@fayzboguztm) February 17, 2020
(с) Сайловдан кейинги депутатлар шиори
Алишер Кодировдан бошка хаммага хайрли тонг
— Navruzbek (@navik_21) February 17, 2020
Амалдорлар чета жим, тинчликмикан. Бирон нима бўлдимикан хукуматимизга деб хавотир олётудим беш олти кундан бери. Қодиров брад кеча хаммаси яхшилигини билдирди. Маза қилиб, хавотирларсиз ухладим бугун. Хаммаси жойида эканку...
— iBurhone (@Hazilchi) February 17, 2020
Жавобимни ўзгартириб қўйдим хали ёзган одам ўқимай туриб) pic.twitter.com/R5JjoCrTHQ
— Alimoff (@Iplosello) February 17, 2020
https://twitter.com/degustator_uz/status/1229142309721255936
Алишер Қодиров: “Мен сизларни умидвор қилмаганман”... pic.twitter.com/KLaLwyL8dQ
— Файзбоғ (ТемурМалик) (@fayzboguztm) February 16, 2020
https://twitter.com/shohruxman/status/1229059904561917955
Izoh qoldirganlar orasida Facebook foydalanuvchilari ham talaygina.
Ko‘pchilik “va’da qilmaganman” iborasini boshqa muammolar yoki mavzularda qo‘llab izohlar qoldirishni boshladi. “Va’da qilmaganman” iborasi “xakerlar hujumi”dan keyingi ikkinchi “fevral iborasi” bo‘ldi.
Rustam Amanov ismli yana bir Facebook foydalanuvchisi voqeani yoqlab chiqqan kamdan-kam shaxslarda bo‘ldi. Biroq foydalanuvchining Facebook-akkauntini tekshirsangiz, uni troll deya taxmin qilish mumkin; yana kim biladi deysiz…
Abbos Serobov ushbu posti bilan ikki quyonni bir o‘qda urdi, ya’ni kontrakt tezlik bilan oshib borayotgani muammosini ta’kidladi.
Voqea aks-sadosida “xaypsiz huvillab qolgan” Telegram kanallari yana faollashdi.
Bakiroo yuqoridagi posti bilan Andijon viloyati matbuot kotibi mavzusini yana bir karra eslatib yubordi.
Mavzuga doir:
Bloger Alimov o‘quvchilariga mavzuga munosabat bildirilgan bir necha postlar ulashdi.
“Davletovuz” Telegram-kanali voqeaga munosabat so‘ralgan yuqoridagi shakldagi so‘rovnomani joylashtirdi:
Boshqa bir bloger so‘rovnomaga quyidagicha munosabat bildirdi:
Nurjahon Farmonov yana xakerlar mavzusini yodga oldi:
Turonchi Nurqul ham mavzu doirasida bir-biridan qiziqarli bir nechta memlarni ulashdi:
Yuqoridagi mem mavzu shedevrlaridan bo‘ldi deyish mumkin.
Bir nechta bloger va Telegram-kanali mavzuni izohlab postlar yozdi.
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarni “Milliy tiklanish” partiyasi lideri va Oliy Majlis spiker o‘rinbosari Alisher Qodirovning “Siz meni saylamagansiz, mendan hech narsa kutmang” qabilidagi gaplari tarqadi. Albatta, ehtiyotkor siyosatchi bu gaplarini o‘chirib yubordi, ammo “aytilgan so‘z – otilgan o‘q” iborasi ayni hozirgi internet zamonida o‘z aktualligini qayta kashf qilganday. Albatta, agar tor doirada oladigan bo‘lsak, Alisher Qodirov o‘zini oddiy Oliy Majlis deputati sifatida bu gaplarni o‘zi saylangan hududda yashamaydigan fuqaroga nisbatan aytib o‘tdi deb tushunishimiz mumkin, ammo... Parlamentda 36 ta mandatga ega bo‘lgan partiyaning lideridan bunday gap chiqishi juda katta ehtiyotsizlik oqibatidir.Meni xursand qilgan narsa shundaki, siyosatchilarimizning har qanday qadami xalq obyektivi ostida kuzatuvda turibdi va biror-bir qovun tushirilgan zahoti ommaviy muhokamaga sabab bo‘lmoqda. Mening shaxsan kulgimni keltiradigan narsalardan biri shundaki, “Milliy tiklanish” partiyasida ishlaydigan ishchilarning ayrimlari ijtimoiy tarmoqlarda bu masalani tanqid qilayotgan xalqqa nisbatan “chiyabo‘rilar”, “hasadgo‘ylar”, “ichi qoralar” kabi navbatchi epitafiyalarni ishlatilishi bo‘ldi. Balki bu narsa yuqoridan buyruq asosida bo‘lgandir...
Bu borada faqat bizdagina bunday emas, bunday qovunlar butun dunyoda bo‘lib turadi. Masalan, AQShdagi prezidentlik saylovlari paytida Hillari Klintonning G‘arbiy Virjiniya shtatidagi saylovchilar bilan uchrashuvda o‘ylamay gapirgan gapi unga ushbu shtatdagi mag‘lubiyatni olib kelgan edi. Gap shundaki, Hillari Klinton ayni ko‘mir sanoati bilan shug‘ullanuvchi shtatda, agar prezident bo‘lsa ko‘mir konlarini yopib tashlashini aytgan, u aslida atrof muhit va ekologiya uchun kurashuvchi qilib ko‘rsatib ochko olmoqchi edi... Natija esa aks ta’sir bo‘ldi.
Rossiya Federatsiyasining Sverdlovsk viloyatining yoshlar siyosati bo‘yicha departamenti boshlig‘i, avval olimpiyada chempioni bo‘lgan Olga Galitskix esa “Davlat siz yoshlar uchun hech narsaga majbur emas, sizning ota onangiz majbur, davlat ulardan sizlarni tug‘ishni so‘ramagan” degan gaplari uchun ommaviy tavqi la’natga uchradi va bosimlar natijasida 2018-yil so‘ngida ishdan ketishga majbur bo‘ldi. IAC kompaniyasining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi sobiq direktori Jyustin Sakko esa Twitter ijtimoiy tarmog‘ida qoldirgan tviti uchun 10 soniyada ishidan ayrilgan edi. Jumladan, u “Afrikaga uchyapman. Umid qilamanki, SPID yuqtirib olmayman. Hazil. Men oqman!” deb yozgan irqchilik ruhidagi ushbu tviti uchun ishdan ayrilgandi.
Bizda so‘nggi paytlarda davlat xizmatchilari, saylangan deputatlar ichida ehtiyotsizlik oqibatida xalq nafratini qo‘zg‘aydigan gaplar ko‘payib ketmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarning asosiy kun tartibi ham shunda bo‘lib qolgan. Albatta, bizda deputatlik odobi bo‘yicha nizomlar va davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi vazirlar mahkamasining qarorlari mavjud. Ammo har ikkala qonunda ham “ijtimoiy tarmoqlar odobi”, umuman ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini tutish haqida hech narsa yo‘q. Ushbu pretsedentlar esa bizda allaqachon “Davlat xizmatchilarining etika va odob axloq kodeksi” yaratilishi va u yerda alohida bobda ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini tutish qoidalarini ham kiritishni talab qiladi. Alisher Qodirovning ijtimoiy tarmoqlarda xalq bilan gaplashishi, o‘zini ayrimlarga o‘xshab “zvizda” sanab olmasdan ochiq muloqot qilishi yaxshi albatta, ammo bunday katta figuraning o‘z gaplarida ketma-ket xatoliklarga yo‘l qo‘yaverishi uning hurmatini ham, unga bo‘lgan ishonchni ham so‘ndiradi. Sizni aynan sizning okrugingizdagilardan boshqalar saylamagan bo‘lsa-da, ammo butun xalq to‘lamoqda oyligingizni. Ha aytgancha, hurmatli deputatlar! Biz sizning ish beruvchingizmiz, shunga yarasha hurmat talab qilamiz!
Tushunmadim, bu Oliy Majlis deputati, “Milliy tiklanish” partiyasi liderining gapimi??? Yoki Alisher Qodirovning profili xakerlar hujumiga uchragan. Deputat xalq manfaatlari himoyachisi emasmidi, “mendan hech narsa kutmang, meni siz saylamagansiz” deyish deputatning gapimi?! Sizni xalq saylamagan ekan, demak allaqanday qo‘llar silab-siypalab deputatlikka ko‘tarib qo‘ygan ekan-da. Siz xalqning manfaatini himoya qilishingiz uchun butun xalq sizni saylashi kerakmi?! Alisher Qodirov bilan bahslashgan odam yuz foiz haq: yig‘ishtiring karamsho‘rvangizni.
O‘zini xalq tomonidan saylanmaganiga ishonch hosil qilgan va og‘ir kunida ortida fuqarolar emas, balki boshqa kuchlar turishini his qilgan siyosatchigina “meni siz saylamagansiz” deb ochiq ayta oladi. Deputat kimlar tomonidan saylangan/tayinlangan bo‘lsa, o‘shalarni himoya qiladi, o‘shalarning manfaatlarini himoya qilishga intiladi. Xalq va davlat organlari o‘zaro to‘qnash kelishganda, Alisher Qodirov hech ikkilanmay, hattoki vaziyatni to‘liq o‘rganmay turib, ikkinchi tomon yonini olmoqdami, demak, bu yerda hammasi ayon. Bu tabiiy jarayon. Oddiy arifmetika. Shu o‘rinda Mark Tvenning bir mashhur iqtibosini eslatib o‘tishni lozim topdim: “Agar xalq ovozi biron narsani hal qilganida edi, ularni saylovlarga yaqinlashtirishmasdi”.
Alisher Qodirovning Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumanida ro‘y bergan nizoga munosabati ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. “Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumanida bir guruh fuqarolar tomonidan amalga oshirilgan qo‘pol qonun buzilishi, jamoat tartibiga putur yetkazish harakatlari qonunlarimizga ham, qadriyatlarimizga ham zid bo‘lgan jinoyat sifatida baholanishi kerak”. Siz jinoyatchi, deb aytayotgan o‘sha fuqarolar, o‘zidan o‘zi davlat xodimni kaltaklab ketmagandir? Albatta, davlat xodimni kaltaklash to‘g‘ri emas! Lekin kaltaklaganlar, qonunlarni qo‘pol buzganlar faqat oddiy fuqarolar emasdir? Rasm, videolarni ko‘rgandirsiz, yuzi qonga belangan fuqarolar... Alisher aka, siz birinchi navbatda xalqni himoya qilishingiz kerak! Chunki o‘sha “jinoyatchilar” sizni saylagan. Ha, aytgancha, siz meni saylamagansiz, bundan keyin ham saylamaysiz, deb yozibsiz. Alisher aka, sizni unda kim sayladi? Nega fuqarolarni jinoyatchiga chiqardingiz? Tergov bo‘ldimi? Sud hukmi o‘qildimi? Qonunchilikni mendan ko‘ra yaxshi bilasiz!Menga sizning yondashuvingiz umuman ma’qul kelmadi. Qars ikki qo‘ldan chiqadi. Bir tomonni aybdor sanash, siz rahbarlik qilayotgan partiyani qarashlariga ham to‘g‘ri keladimi? Aybdor kimligini bilsangiz, hujjat bilan isbotlab yozing. “AQShda ko‘rsatma bajarilmasa, otib tashlash huquqi berilgan. Bizda unday emas-ku!”. AQShda xususiy mulk daxlsizligi bor! Shu gapni o‘zi yetadi, menimcha. “Men sizni umidvor qilmaganman, mendan hech narsa kutmang”. Alisher aka, shundoq ham sizdan umidimiz katta emas edi. Bu gapingizdan keyin o‘ylab qoldim, sizdan hech narsa kutmas ekanmiz, nima qilib Milliy tiklanish demokratik partiyasi yetakchisi bo‘lib o‘tiribsiz? Xalqning soliq pullaridan moliyalashtirilayotgan partiyangiz unda nimaga kerak? Fikrlashingizni o‘zgartiring, xalq sizga dushman emas. Yana o‘zingiz bilasiz...
Avval Safar Ostonov, endi Alisher Qodirov. Deputatlar o‘z saylovchisiga xizmat qilishi kerak. Menimcha, ular shundoq ham “haqiqiy saylaganlari”ga xizmat qilyapti. Afsus. Parlamentda kimlar o‘tiribdi o‘zi? Ertaga nevaralarimiz “Bobo, siz shunday odamlar bilan bir zamonda qanday yashagansiz?”, deb so‘rashsa rosa mulzam bo‘lsam kerak. Parlament deputati, partiya rahbari qanday bo‘lishi kerak? Shu savolni o‘zingizga berib ko‘ring, Alisher Qodirov. 25 yilni tanqid qilasiz. Bu safargi faoliyatingizda ham o‘sha-o‘sha gaplar emasmi? Bu milliy tiklanish emas, millatni cho‘ktirish-ku. Xalq haqini talab qilsa, birinchi zarbani deputatdan qabul qiladimi?Bloger Nozim Safari voqeani o‘zbek parlamentining chuqur tanazzuli deya baholadi.
Marshrutkada ketyapman, odam to‘la. Bir payt haydovchi yo‘l chetida, to‘xtab, piyoda keta boshladi. “E aka qayerga ketyapsiz? Ishga, o‘qishga kech qolyapmiz“ deb ortidan baqirdik. U shunday burildi-da: “Mendan hech narsa kutmang, men sizni umidvor qilmaganman“ — deb, to‘xtamay yurib ketdi.Bloger va jurnalist Eldar Asanov voqea haqida shunday yozadi:
Oldiga muayyan missiya qo‘ygan odam bo‘lmaganimda, Alisher akaga shunday javob bergan bo‘lardim va, menimcha, fikrlarim mantiqan to‘g‘ri bo‘lardi:Bugun yana bir marta “zvezda” bo‘lgan deputat aka va unga o‘xshab fikrlaydigan boshqa amaldorlar, bizdan ham hech narsa kutmanglar. Biz o‘z ixtiyorimiz bilan bu yerda tug‘ilmaganmiz, bizga xohlaganimizday hayot ham ta’minlab berolmayapsiz, shu bois siz xohlaganday fidoyi bo‘lishga majbur emasmiz. Imkon topdik deguncha suramiz. O‘zingiz qonun o‘ylab topib, o‘zingizni o‘zingiz qattiq jazolab, o‘zingiz o‘zingizga soliq to‘lab, o‘zingizni o‘zingiz boqib, o‘zingizni o‘zingiz himoya qilib, o‘zingizni o‘zingiz saylab yuravering. Ko‘ramiz bizsiz kim bo‘lasiz. Mashinangiz benziniga ham pul topolmaysiz menimcha.
Izoh (0)