Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yunusobod tumani Ichki ishlar organlari (IIO) faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi (FMB)ning 1, 2 va 3-ichki ishlar bo‘lim (IIB)lariga rahbarlar tayinlandi.

Podpolkovnik Sarvar Saribayev

Podpolkovnik Sarvar Saribayev
Foto: Toshkent shahar IIBB

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, podpolkovnik Sarvar Saribayev Yunusobod tumani IIO FMB 1-IIB boshlig‘i, leytenant Dilnoza Norinboyeva esa uning o‘rinbosari etib tayinlangan.

Leytenant Dilnoza Norinboyeva

Leytenant Dilnoza Norinboyeva
Foto: Toshkent shahar IIBB

Shuningdek, podpolkovnik Sherzod Shokirov Yunusobod tumani IIO FMB 2-IIBga, podpolkovnik Alisher Ziyoyev esa esa tumandagi 3-IIBga boshliq etib tayinlangan.

Podpolkovnik Sherzod Shokirov

Podpolkovnik Sherzod Shokirov
Foto: Toshkent shahar IIBB

Ma’lumot uchun, Yunusoboddagi “Bodomzor”, “Xiyobontepa”, “Bo‘zsuv”, “Shayx Shibliy”, “Firdavsiy”, “Yangi tarnov”, “Mirzo Ulug‘bek”, “Buyuk Turon” mahalla fuqarolar yig‘in (MFY)lari 1-IIB, “Matonat”, “Qashqar”, “Minor”, “Jomiy”, “Usta Shirin”, “Iftixor”, “Yangiariq”, “Turkqo‘rg‘on” MFYlar 2-IIB, “Husniobod”, “Anorzor”, “Shahriston”, “G‘ayratiy”, “Qo‘shchinor”, “Adolat” va “Billur” MFYlar 3-IIB mas’ul hisoblangan hududlar hisoblanadi.

Podpolkovnik Alisher Ziyoyev.

Podpolkovnik Alisher Ziyoyev.
Foto: Toshkent shahar IIBB

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda IIB xodimi xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida o‘ldirib ketildi
Madaniyat
Bir-biriga mutlaqo qarama-qarshi rollarni o‘ynab, tomoshabinlarni ishontira olgan aktyor va aktrisalar (foto)
Dunyo
“KamAZ”da harbiylarni bosib ketgan: Qozog‘istonda yanvar voqealari ishtirokchisi 17 yilga qamaldi (video)