Yevropa Chempionlar Ligasi kubogi kelasi hafta Toshkentga olib kelinadi, dey xabar bermoqda “Daryo” manbasi.
Manbaning ta’kidlashicha, Chempionlar Ligasi kubogi kelasi hafta poytaxtga olib kelinadi. Bunday voqea Markaziy Osiyo hududida ilk bor sodir bo‘lmoqda. Chempionlar Ligasi bosh sovrini kamdan kam hollarda UEFAga a’zo bo‘lmagan davlatlarga olib boriladi. Ma’lumot uchun, O‘zbekiston UEFAga emas, balki OFKga a’zo davlat hisoblanadi. Ushbu sovrin bilan suratga tushish imkoniyat yaratiladi. Rasmiy tadbir manzili va vaqti tez orada e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, Chempionlar Ligasining amaldagi g‘olibi Angliyaning “Liverpul” klubi hisoblanadi. Ular 2018/19-yilgi mavsum finalida “Tottenhem”ni 2:0 hisobida mag‘lub etgandi.
Izoh (0)